To‘lonov Shukrullo Istamovichning


-mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur


Download 276.96 Kb.
bet10/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ommalashtirish

7-mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur
1. Bobur nechanchi yillarda yashab o‘tgan?
a) 1394-1447 b) 1336-1405 c) 1483-1530 d) 1441-1501

2. Sayid Sabohiddin Abdurahmonning “Mo‘g‘uliy ahd” kitobida yozilishicha Bobur Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasida o‘z saltanatini barpo qilgan. Undan oldin oxirgi marta bu ishni qaysi sulola amalga oshirgan?


a) temuriylar b) kushonlar c) eftalitlar d) mo‘g‘ullar

3. “Bobur turkiy she’riyatda Alisher Navoiydangina keying o‘rinda edi. U sof va nafosatli turkiyda devon tartib etdi”. Ushbu ta’rif kim tomonidan berilgan?


a) Hasanxo‘ja Nisoriy c) Denison Ross
b) Sayid Sabohiddin Abdurahmon d) Xondamir

4. Boburning “Xazon yaprog‘i yanglig‘…” deb boshlanuvchi g‘azali haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri?


a) g‘azalda tanosub san’atining juda go‘zal namunalari berilgan
b) g‘azal 7 baytdan iborat
c) dastlabki baytda kuz manzarasining o‘ziga xos belgilari aks etgan
d) g‘azalda xazonning daraxtdan uzilib chetga chiqishi bilan insonning olam uyidan ketishi o‘rtasida ham yaqinlik bor

5. Boburning “Xazon yaprog‘i yanglig‘…” deb boshlanuvchi g‘azalida sarvning sarkashligiga urg‘u berib, bu obrazning mazmuniga yangilik kiritgan. “Sarkash” so‘zining ma’nosini toping.


a)itoatsiz, o‘jar b)adil, tik
c)go‘zal, yam-yashil d)nozik, nafis

6. Boburning “Topmadim” radifli g‘azali haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri?


a) g‘azalda ritmik-sintaktik parallelizmdan foydalanilgan
b) muallif g‘azalda ko‘zga “usruk” deb ta’rif bergan
c) bir qarashda oshiqona ruhda yozilgan bo‘lsada, g‘azalda ijtimoiy ohanglar ustun
d) ushbu g‘azal ham aruz, ham barmoq talablariga javob beradi

7. Alisher Navoiydan keyin g‘azal janrini ijtimoiy ohanglar bilan boyitgan adib kim?


a) Ogahiy b) Bobur c) Mashrab d) Fuzuliy

8. Ruboiyning dubaytiy va tarona degan nomlar bilan ham yuritilishini kim aytib o‘tgan?


a) Bobur b) Navoiy c) Fuzuliy d) Muqimiy

9. Ruboiy asosan qaysi vaznda yozilgan?


a) hazaj b) ramal c) mutaqorib d) rajaz

10. Tuyuq aruzning qaysi vaznida yoziladi?


a) hazaji musammani solim c) hazaji musaddasi mahzuf
b) ramali musammani mahzuf d) ramali musaddasi maqsur

11. Bobur tuyuqning necha turini misollar bilan ko‘rsatib bergan?


a) 2 b) 7 c) 5 d) 10

12. Musoviyat tarafayn she’rlar kimlarning ijodida uchraydi?


a) Bobur va Navoiy c) Ogahiy va Fuzuliy
b) Bobur va Ogahiy d) Muqimiy va Lutfiy

13. Qaysi asar qahramoni kechqurun bo‘sh vaqtida “Boburnoma” mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘ladi?


a) “O‘tkan kunlar”da Otabek c) “Mehrobdan chayon”da Anvar
b) “Qutlug‘ qon”da Yo‘lchi d) “Kecha va kunduz” da O‘lmas

14. Qadimni firoq mehnati yo qildi. (1)


Ko‘nglum g‘m-u anduh o‘tig‘a yoqildi. (2)
Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi. (3)
Tuyuqdagi tajnis san’atini yuzaga keltiruvchi shakldosh so‘zlar ma’nolarini ketma-ketlikda to‘g‘ri toping.
a) 1-qildi, 2-yondi, 3-egdi c) 1-egdi, 2-yondi, 3-qildi
b) 1-yondi, 2-qildi, 3-egdi d) 1-egdi, 2-qildi, 3-yondi

Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling