To‘lonov Shukrullo Istamovichning
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kogon tuman - 2022-yil Mazkur uslubiy qo‘
- 11-sinf adabiyot 1-qism 1-mavzu: Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Buxoro viloyat Kogon tuman 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi To‘lonov Shukrullo Istamovichning 11-sinf 1-qism adabiyot darsligi asosida tayyorlagan testlar to‘plami (PISA mashg‘ulotlari bilan birgalikda) Kogon tuman - 2022-yil Mazkur uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar va fan bilan mustaqil shug‘ullanuvchilar uchun «Adabiyot» fani masalalarining bayoniga bag‘ishlangan. Uslubiy qo‘llanmadan umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi - o‘qituvchilar, abituriyentlar, shuningdek, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin. Tuzuvchi: Kogon tuman 13-umumta’lim maktabi “Filologiya fanlari” metod birlashmasi o‘qituvchisi To‘lonov Shukrullo Kogon tuman 13-maktabning “Filologiya fanlari” metod birlashma 202_-yil “___” _________ №___-sonli majlisida ko‘rib chiqildi va ilmiy pedagogik kengashiga tavsiya etildi. Ilmiy pedagogik kengash raisi A.O‘.Ro‘ziyev Metod birlashma rahbari N.Mahmudova Maktab IPK kotibi A.Temirova 11-sinf adabiyot 1-qism 1-mavzu: Kirish 1. Qaysi ijodkor asarining bosh qahramonini kitobning doimiy yo‘ldoshi sifatida tasvirlab, shunday yozadi: Elig bir kun o‘ldurdi yangluz o‘zun, Kemishti kitab, o‘tru baqti ko‘zun. a) M.Koshg‘ariy c) Nosiruddin Rabg‘uziy b) Yusuf Xos Hojib d) Xoja 2. Yusuf Xos Hojib qaysi kasb uchun ham kitob o‘qish, so‘zning mohiyatini bilish muhimligini yozadi? a) sarkarda b) vazir c) diplomat d) tarixchi 3. Alisher Navoiy qaysi asarda insonni ulug‘laydi, imon, karam, adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm haqida so‘z yuritadi? a)“Hayrat ul-abror” b) “Lison ut-tayr” c) “Mahbub ul-qulub” d) “Saddi Iskandariy” 4. Alisher Navoiy qaysi asarida quyidagi baytni yozadi? O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil, Har ne istarsen – o‘zungdin istagil. a) “Hayrat ul-abror” b) “Lison ut-tayr” c) “Mahbub ul-qulub” d) “Saddi Iskandariy” 5. Bobur “Boburnoma” asarida otasining botirligi, shijoati kabi fazilatlari haqida gapirib, ayniqsa, qaysi asarni zo‘r ishtiyoq va qiziqish bilan o‘qishiga urg‘u beradi? a) “Shohnoma” b) “Xamsa” c) “Guliston” d) “Bahoriston” Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling