To‘lonov Shukrullo Istamovichning
«Alp Er To‘nga marsiyasi» haqida PISA testi
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
«Alp Er To‘nga marsiyasi» haqida PISA testi
«Devonu lug‘ot at-turk»da qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga molik. Unda Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parchalar ko‘p. «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang» kabi parchalar shular jumlasidandir. Ularda jang manzarasi, dushman lashkarining qiyofasi va holati, botirlarning ularga qarshi shiddatli va matonatli kurashlari juda yorqin, badiiy ta’sirchan tarzda ifodalangan. Bu silsilada Alp Er To‘nga haqidagi marsiya ham mavjud. Alp Er To‘nga – turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er – yo‘lbars kabi kuchli bahodir demakdir. «Devon»da uning Barman, Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar bor. «Qaz – Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shahrini shu qurgandir. Bu so‘zning asli qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy demakdir. Chunki u shu yerda turar va shu yerda o‘ynar edi. Shuning uchun ba’zi turklar Qazvinni turk shaharlaridan hisoblaganlar. Shuningdek, Qum shahri ham chegara hisoblanadi. Chunki qum turkcha so‘zdir. Afrosiyobning qizi u yerda ov qilar va o‘ynar edi. Ba’zilar turk shaharlari chegarasi Marvash – Shohijondan boshlanishini so‘zlaydilar. Chunki Qazning otasi To‘nga Alp Er – Afrosiyobdir. U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro‘yindir. U sariqligiga ko‘ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o‘ldirilgan. Majusiy-otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday». Topshiriqlar 1. Kim Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deyishini aytgan? a) Mahmud Koshg‘ariy c) Yusuf Xos Hojib b) Nosiruddin Rabg‘uziy d) Alisher Navoiy 2. To‘nga Alp Er – …… kabi kuchli bahodir demakdir. _______________________________________________________ 3. Alp Er To‘nganing o‘g‘illari ismini yozing. _______________________________________________________ 4. Marv shahrini Afrosiyobdan 300 yil oldin kim qurgan? a) Siyovush b) Tahmurasp c) Qaz d) Barsg‘an 5. Siyovush qaysi dinga sig‘ingan? a) islom b) buddaviylik c) xristianlik d) otashparastlik 6. Siyovushning dindoshlari har yili bir kun kelib, uning qabri ustiga nima to‘kishgan? a) qurbonlik qilingan mol qoni c) vafot etgan qarindoshlarining xoki b) birinchi yog‘gan yomg‘ir suvi d) g‘oz pati 7. Siyovush Afrosiyobga kim bo‘ladi? a) o‘g‘li b) kuyovi c) vaziri d) akasining o‘g‘li 8. Moslikni toping. 1) O‘rdukent a) G‘oz o‘ynaydigan joy. 2) Qazvin b) U sariqligiga ko‘ra mis shahri. 3) Shohijon c) Turk shaharlari chegarasi shu yerdan boshlanadi. 4) Marv d) Afrosiyob shu shaharda turar edi. 5) Dizro‘yin e) Afrosiyob Tahmuraspdan 300 yil keyin bu yerni bino qilgan 9. Mahmud Koshg‘ariy va Afrosiyobni bog‘lab turuvchi shahar qaysi va buning sababini yozing. _______________________________________________________ 10. Matndan kelib chiqib Afrosiyobga ta’rif bering. _______________________________________________________ Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling