To‘lonov Shukrullo Istamovichning


Download 276.96 Kb.
bet9/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Ommalashtirish

6-mavzu: Alisher Navoiy
1. “Makorim ul-axloq” kimning asari?
a) Xondamir b) Mirxond c) Nasaviy d) Navoiy

2. “Makorim ul-axloq” asari necha bobdan iborat?


a) 12 b) 10 c) 20 d) 14

3. “Makorim ul-axloq” asarini kim tarjima qilgan?


a) Abduqodir Hayitmetov c) Dilmurod Qur’onov
b) Abdug‘afur Rasulov d) Komiljon Rahimov

4. “Xusraviya” madrasasi qaysi shaharda barpo etilgan?


a) Marv b) Hirot c) Mashhad d) Sabzavor

5. Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,


Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.
Navoiyning shu bayt bilan boshlanuvchi g‘azaliga o‘zining 10-12 ming bayt ijodini almashtirmoqchi bo‘lgan shoir kim?
a) Sakkokiy b) Binoiy c) Jomiy d) Lutfiy

6. “Xamsa” asari necha baytdan iborat?


a) 29 ming b) 27 ming c) 30 ming d) 28 ming

7. “Saddi Iskandariy” “Xamsa”ning nechanchi dostoni?


a) uchinchi b) ikkinchi c) beshinchi d) to‘rtinchi

8. “Navid” so‘zining ma’nosi nima?


a) xushxabar b) qochqin c) fikr d) fe’l-atvor

9. “Saddi Iskandariy” dostonida Mallu ibn Mabok qaysi davlatning hukmdori?


a) Hind b) Chin c) Rum d) Kashmir

10. “Saddi Iskandariy” dostonida Mallu yashiringan joy tilsimini topgan olim kim?


a) Faylaqus b) Arastu c) Aflotun d) Suqrot

11. O‘t va yelning o‘g‘irlanish voqeasi qaysi asarda uchraydi?


a) “Sabbai sayyor” c) “Hayrat ul-abror”
b) “Saddi Iskandariy” d) “Mahbub ul-qulub”

12. Mehmonga jonini tortiq qilgan mezbon qaysi asarda uchraydi?


a) “Sabbai sayyor” c) “Hayrat ul-abror”
b) “Saddi Iskandariy” d) “Mahbub ul-qulub”

13. “Saddi Iskandariy” dostonida Malluning o‘g‘li kim?


a) Fishog‘urs b) Faylaqus c) Feruz d) Farhod

14. “Tarab” so‘zining ma’nosi nima?


a) nodonlik b) shodlik c) titroq d) xarob

15. “Day” so‘zining ma’nosi nima?


a) qish b) xarob c) go‘zal d) xitob

16. “Saddi Iskandariy” dostoniga nasriy bayonni kim yozgan?


a) N.Karimov b) N.Fozilov c) A.Hayitmetov d) D.Qur’onov

17. “Safar qilmag‘on odami xomdur, Sovuqda to‘ngar kimga oromdur”. Ushbu misralar qaysi asardan olingan?


a) “Saddi Iskandariy” c) “Naqliya so‘zlar”
b) “Mahbub ul-qulub” d) “Hayrat ul-abror”

18. “Xamsa” dostonlari ichida hajmiga ko‘ra eng yirik doston qaysi?


a) “Saddi Iskandariy” c) “Layli va Majnun”
b) “Farhod va Shirin” d) “Hayrat ul-abror”

19. “Saddi Iskandariy” dostonidagi nechanchi boblar asosiy qismni tashkil etadi?


a) 10-80 b) 15-87 c) 14-90 d) 10-90

20. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarni yoshligida kim topib oladi?


a) Arastu b) Aflotun c) Naqumohis d) Faylaqus

21. Iskandarga dastlab kim ustozlik qiladi?


a) Naqumohis b) Aflotun c) Faylaqus d) Arastu

22. Qayu ishni ta’lim qilg‘on zamon,


Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon…
Bilik kasbini qildi to joni bor,
Hunar bildi onchaki imkoni bor.
Ushbu ta’rif qaysi qahramon haqida?
a) Farhod b) Suhayl c) Xusrav d) Iskandar

23. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qaysi davlatning podshosi edi?


a) Kashmir b) Hind c) Rum d) Chin

24. “Saddi Iskandariy” dostonida Faylaqus Doroga necha tilla tuxum boj to‘lagan?


a) 1000 b) 5000 c) 2000 d) 10000

25. Jang paytida ham o‘ng yonida ilm-kamolot egalari, so‘l tomonida esa harbiy rahbarlar qurshovida tasvirlangan podshoh kim?


a) Sulaymon b) Iskandar c) Xusrav d) Sultonxon

26. “Saddi Iskandariy” dostonida Doroning qizining ismi nima?


a) Huroyim b) Mehr c) Zulxumor d) Ravshanak

27. “Saddi Iskandariy” dostonida quyidagilardan qaysi birini Doro o‘limi oldidan vasiyat qilmagan?


a) suiqasd qilganlarni jazolash


b) boyliklarini xalqqa taqsimlab berish
c) qavm-qarindoshlariga zulm qilmaslik
d) qizi Ravshanakka uylanish

28. “Saddi Iskandariy” dostonida Ravshanak qaysi sulola merosxo‘ri?


a) afrig‘iylar b) kushonlar c) kayoniylar d) sosoniylar

29. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar qayerga yurish qilganida unga 500 olim yo‘ldosh bo‘ladi?


a) Hind b) Kashmir c) Xuroson d) Arron

30. Navoiy qaysi asarning yakunida “Manga davlat ilgi rahnamun bo‘ldi” deb yozadi?


a) “Mahbub ul-qulub” c) “Xamsa”
b) “Lison ut-tayr” d) “Nasoyim ul-muhabbat”

31. Kim Navoiy haqida: “Agar faqat “Xamsa” yozishga ketgan vaqt hisoblanadigan bo‘lsa, u 6 oydan oshmas edi”,-deya lutf qiladi?


a) A. Jomiy b) Lutfiy c) S. H. Ardasher d) H.Boyqaro

32. “Saddi Iskandariy” dostoni aruzning qaysi vaznida yozilgan?


a) mutaqoribi musammani mahzuf
b) hazaji musaddasi mahzuf
c)mutaqoribi musaddasi solim
d) sariyi musaddasi matviyi makshuf

33. “Xamsa” dostonlari ichida hajmi eng kichik doston qaysi?


a) “Farhod va Shirin” c) “Layli va Majnun”
b) “Sab’ayi sayyor” d) “Saddi Iskandariy”

34. “Saddi Iskandariy” dostoni necha baytdan iborat?


a) 5782 b) 5009 c) 3988 d) 7215

35. “Saddi Iskandariy” dostoni necha bobdan iborat?


a) 89 b) 38 c) 63 d) 54



Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling