To‘lonov Shukrullo Istamovichning


Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” asaridan PISA testlari


Download 276.96 Kb.
bet12/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ommalashtirish

Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” asaridan PISA testlari


Avvalg‘i fasl

Bu faslda barcha qarolar borasida bu aqli qosir (aybli) va noraso ilan bayon qilurman.


Aslida, qaro nimarsalar qarong‘ulikda ko‘zga ko‘runmas, ammo bu falaki kajraftor (makkor) o‘z shevalari ilan zamonani zulmat ichra qaro chodirga burkabdurki, bu chodir o‘z qarolig‘i qirq yilg‘i jilosida ichidagi barcha qarolarni ham namudor etgay (namoyish etar)...
Har kishida o‘tkur idrok bo‘lsa bilurki, qarong‘u tunda qaro baxt, qaro niyat va qaro fikr nechuk robita (aloqa) birla zulmat quchog‘ida harakat qilur. Qaro tunda qaro baxt harakat qilg‘oni shu bo‘lurki, barcha mazlumlar bedor va vahshat biym (qo‘rquv, vahm)ida og‘ir zahmat va mehnatg‘a giriftor bo‘lurlar...
Aksar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Eron, Afg‘on, Seylon, Hind va Kashmir xalqlari qaro yuz, oq ko‘ngul xaloyiq erurlar. Ul xaloyiq aslzoda oq tanlar kabi
andom, a’zoyi badan, qo‘l-oyoq, til, ko‘z, aql-hush, g‘ayrat, quvvat va tafakkurga moyildurlar...
Ul qaro xalq oftob so‘zonida (taftida) mehnat qilib, o‘zlari har qancha kuyganlari holda, hosillarini hamtavoqlarig‘a tuhfa qilurlar. Misol andoqdurki, qazon bovujud qarodur, o‘zi o‘tda kuyub qaro bo‘lg‘oni holda ovqat pishirub odamlarni to‘ydurur...
Qarolar bordurlarki, alar o‘zlari qaro bo‘lg‘onlari holda ma’rifat nuri siyratlarida to‘ladur va ul nurlarni fasohat (so‘zning ochiq va ravon bo‘lishi) va til durdonalari vositasi ila olamg‘a oq shu’la socharlar. Misol uldurki, qaro charog‘ o‘zi qaro yog‘ va kuyundig‘a giriftor bo‘lg‘oni holda nuri ilan kulbani ravshan qilur.
Husn bobidagi eng muqaddam omillar ham qaroliqdurlarki, go‘zal siymoni asosi qaro qosh-u qaro soch va qaro xol bo‘lur.
Topshiriqlar

1. Asarda qanday narsalar haqida fikr yuritilgan?


a) mehnatkash b) qora c) xunuk d) foydali

2. Qaro tunda qanday kishilar harakat qilur?


a) qaro baxt, qaro niyat va qaro fikr
b) qaro yuz, qaro so‘z va qaro fikr
c) qaro qosh, qaro soch va qaro ko‘z
d) qaro kasb, qaro hunar va qaro qiliq

3. Qora yuzli, ammo oqko‘ngil xalqlar qaysi? 6 ta misol yozing.


_______________________________________________________

4. Parchada tasvirlangan o‘zi qora bo‘lsa ham yaxshi, ezgu ishlarga xizmat qiladigan 2 ta predmetni yozing.


_______________________________________________________

5. Parchada mustamlaka xalq nimaga o‘xshatilgan? Sababini ham yozing.


_______________________________________________________

6. Parchada qanday odamlar qora charog‘ga o‘xshatilgan?


_______________________________________________________

7. Husn bobidagi eng muqaddam omillar ham qaroliqdurlarki, go‘zal siymoni asosi qaro …-u qaro … va qaro … bo‘lur. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.


_______________________________________________________



Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling