To‘lonov Shukrullo Istamovichning
-mavzu: Boborahim Mashrab
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-mavzu: Anbar Otin
8-mavzu: Boborahim Mashrab
1. Boborahim Mashrab qayerda tug‘ilgan? a) Navoiy b) Namangan c) Farg‘ona d) Toshkent 2. “Otashnafas shoir” sifatida shuhrat qozongan shoir kim? a) Lutfiy b) Jomiy c) Mashrab d) Navoiy 3. Boborahim Mashrabning onasi kim? a) Komila aya b) Oysha bibi c) Hakima aya d) Bibi Salima 4. Mashrab kimga 7-8 yil davomida muridlik qiladi? a) Ofoq Xoja b) Arslonbobo c) Bozor Oxund d) Husayn Xalifa 5. Boborahim Mashrabning “Bulbuldayinkim faryod etarman…” deb boshlanuvchi murabbasida har band oxirida takrorlanuvchi misrani toping. a) Ko‘ngullarimni man shod etarman. b) Sham’i firoqing ko‘ksumda yondi. c) Ming dod-u faryod ushbu alamdin! d) Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar? 6. Boborahim Mashrabning qaysi she’rida “Dastingdin” so‘zi radif qilib olingan? a) g‘azal b) muxammas c) murabba d) ruboiy 7. Soldim tun-u kun nafs itin birla urushni, Tanho qilichi birla urub, hay-haylab o‘ttum. Ushbu bayt kimning qalamiga mansub? a) Navoiy b) Rabg‘uziy c) Mashrab d) Yassaviy 8. “Tariyqi ishq aro noyob” shoir kim? a) Jomiy b) Bobur c) Navoiy d) Mashrab 9. Hayotiy hikmatlarga aylanib ketgan quyidagi qaysi bayt Mashrab qalamiga mansub emas? a) Oqqan ariqqa oqar suv. b) Umr emasdur – oshiqing bir lahza bo‘lsa yorsiz. c) Hech ilme siynaga jo bo‘lmadi takrorsiz. d) Qaroqchi qo‘rqitar har yerda topsa karvon yolg‘iz. 10. Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! Ushbu baytda qaysi she’riy san’atlardan foydalanilgan? a) tazod, tashbeh c) husni ta’lil, tajnis b) tanosub, tazod d) istiora, takrir 9-mavzu: Anbar Otin 1. Anbar Otin nechanchi yillarda yashab o‘tgan? a) 1865-1899 b) 1870-1910 c) 1800-1850 d) 1880-1920 2. Anbar Otinning ota-onasi qaysi kasb bilan shug‘ullanishgan? a) do‘ppido‘zlik b) bo‘yoqchilik c) novvoychilik d) belbog‘chilik 3. Anbar Otin o‘zining “Tarjimayi hol” asarida ota-onasining kambag‘al ekanligini eslab, qaysi o‘zbek xalq maqolini keltiradi? a) Kulol mo‘ndida suv ichadi b) Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopar c) Bo‘zchi belboqqa yolchimas d) Faqirligim faxrimdir 4. Anbar Otin kimga turmushga chiqadi? a) Umarxon b) Olimxon c) Zohidxo‘ja d) Nosirhoji 5. Anbar Otinning yoshligida vafot etgan farzandi nomini toping. a) Mo‘minxo‘ja b) Bibixon c) Usmonxo‘ja d) Ominaxon 6. “Anbaroy bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur…” Ushbu ta’rif kim tomonidan berilgan? a) Zavqiy b) Furqat c) Dilshod Barno d) Uvaysiy 7. Anbar Otin she’rlarida kimning ta’siri sezilib turadi? Bu adib Anbar Otinga ota tomondan qarindosh ham edi. a) Uvaysiy b) Dilshod Barno c) Furqat d) Nodira 8. Anbar Otin ustozlarning ulug‘i sifatida kimni tilga oladi? a) Navoiy b) Furqat c) Uvaysiy d) Nodira 9. Adabiyotimizda ilk bor falsafiy-publitsistik yo‘nalishda ijod qilgan ijodkor kim? a)Furqat b) Anbar Otin c) Bobur d)Boborahim Mashrab 10. Anbar Otin “Risolayi falsafayi siyohon” asarida qaysi so‘zning turli ma’nolarini izohlab, ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi? a) adolat b) go‘zallik c) qora d) ilm 11. Anbar Otin “Risolayi falsafayi siyohon” (“Qarolar falsafasi”) asarining ikkinchi faslida “farqi qarolar” taqdiri haqida bayon qiladi. “Farqi qarolar” kim? a) qora tanli xalqlar c) ayollar, onalar b) toat-ibodat qilmaganlar d) umri mehnat bilan o‘tganlar 12. Anbar Otin “Risolayi falsafayi siyohon” (“Qarolar falsafasi”) asarining ikkinchi faslida “baxti qarolar” taqdiri haqida bayon qiladi. “Baxti qarolar” kim? a) qora tanli xalqlar c) ayollar, onalar b) toat-ibodat qilmaganlar d) umri mehnat bilan o‘tganlar Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling