To‘lonov Shukrullo Istamovichning
Download 276.96 Kb.
|
Ommalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni
- Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonidan PISA testlari
- Javob: Go‘ro‘g‘libek go‘rga kirolmay, bir chinqirdi.
- «Alp Er To‘nga marsiyasi» haqida PISA testi 1. Kim Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deyishini aytgan c) Yusuf Xos Hojib
- Javob: 1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b 9. Mahmud Koshg‘ariy va Afrosiyobni bog‘lab turuvchi shahar qaysi va buning sababini yozing. Javob: Qashqar. Ikkalasi ham shu shaharda yashagan.
Topshiriqlar
2-mavzu: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni
“Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonidan PISA testlari 1. Go‘ro‘g‘li yoshligida kim unga homiylik qiladi? c) Xizr alayhissalom 2. Qabristonda Go‘ro‘g‘liga nima hujum qiladi? b) sher 3. Xizr alayhissalomning yosh Go‘ro‘g‘liga doimiy g‘amxo‘rlik qilishini 3 ta misol bilan isbotlang. Javob: 1. Xizr go‘rni teshib, Go‘ro‘g‘lining yorug‘ dunyoga chiqishiga yordamlashadi. 2. Xizr Rustambekning baytali bo‘yniga qo‘riq solib, Go‘ro‘g‘lining qoshiga olib keladi, so‘ng baytal bolani emizadi. 3. Qabristonda Go‘ro‘g‘liga hujum qilgan sherni bir tarsaki urib, nimta-nimta qilib yuboradi. 4. Go‘ro‘g‘li necha yoshida qabrdan yorug‘ dunyoga chiqadi?c) 3 5. Go‘ro‘g‘li qabristonda qanday o‘yin o‘ynab yurar edi? _______________________________________________________ Javob: U go‘rlarning ustida o‘ynab, u yoqdan chiqa, bu yoqdan chiqa, «Os!», «Bos!» deb go‘rlarni tayoq bilan sanchib, o‘ynab yura berdi. 6. Yilqichilardan qabristondagi bola (arvoh) haqida eshitgan Rustambek Bibi Hilolning qornida bolasi borligini eslaydi. Shu bola uning bolasi bo‘lishini taxmin qiladi. Mana shu jarayon dostonda qaysi o‘zbek xalq maqoli bilan ifodalangan? a) Es berganga dast berar, Dast berganga es berar. 7. Rustambekning go‘rdan chiqqan bolani ko‘rgandagi ilk taassurotini toping. d) Juda suluv, quvi o‘n to‘rt kunlik oyga o‘xshaydi. 8. Rustambek qabrdan chiqqan bolaning o‘g‘il yoki qiz ekanligini aniqlash uchun o‘zi bilan nimalar olib boradi? (5 ta javob tanlash kerak). 1) 3 ta oshiq; 2) yog‘och ot o‘yinchog‘i; 3) 1-2 ta qo‘g‘irchoq; 4) koptok; 5) 1-2 ta ro‘mol; 6) 3 ta bolalar o‘ynaydigan soqqa; 7) yog‘och qilich; 8) ko‘zgu; 9) puflab chalinadigan karnay; 10) bir qizil egar. Javob: 1, 3, 5, 6, 10 9. Rustambek joyidan turib, tez chopdi. Go‘ro‘g‘li ham buni ko‘rib, go‘riga qarab chopdi. Rustambek Go‘ro‘g‘lining go‘rga kiradigan yeriga yetib borib, yota ketdi. Bola go‘rga kirolmagach o‘zini himoya qilish uchun nima qiladi? Natijada Rustambekning yuragi yorilib, o‘lib qolay deydi. Javob: Go‘ro‘g‘libek go‘rga kirolmay, bir chinqirdi. 10. Matndan kelib chiqib Go‘ro‘g‘li qanday xislatlarga ega inson ekanligini yozing. (Eng kami insonlarga xos 3 ta xislat yozing). Javob: Avliyolar, payg‘ambarlar qo‘llaydigan, yigit bolaga xos qiziquvchan, intiluvchan, jangovar, suluv, botir bola 3-mavzu: Mahmud Koshg‘ariy
«Alp Er To‘nga marsiyasi» haqida PISA testi 1. Kim Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deyishini aytgan? c) Yusuf Xos Hojib 2. To‘nga Alp Er – …… kabi kuchli bahodir demakdir. Javob: yo‘lbars 3. Alp Er To‘nganing o‘g‘illari ismini yozing. Javob: Barman, Barsg‘an 4. Marv shahrini Afrosiyobdan 300 yil oldin kim qurgan? b) Tahmurasp 5. Siyovush qaysi dinga sig‘ingan? d) otashparastlik 6. Siyovushning dindoshlari har yili bir kun kelib, uning qabri ustiga nima to‘kishgan? a) qurbonlik qilingan mol qoni 7. Siyovush Afrosiyobga kim bo‘ladi? b) kuyovi 8. Moslikni toping. 1) O‘rdukent a) G‘oz o‘ynaydigan joy. 2) Qazvin b) U sariqligiga ko‘ra mis shahri. 3) Shohijon c) Turk shaharlari chegarasi shu yerdan boshlanadi. 4) Marv d) Afrosiyob shu shaharda turar edi. 5) Dizro‘yin e) Afrosiyob Tahmuraspdan 300 yil keyin bu yerni bino qilgan Javob: 1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b 9. Mahmud Koshg‘ariy va Afrosiyobni bog‘lab turuvchi shahar qaysi va buning sababini yozing. Javob: Qashqar. Ikkalasi ham shu shaharda yashagan. 10. Matndan kelib chiqib Afrosiyobga ta’rif bering. Javob: U turk xalqlari qahramoni. Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurashgan 4-mavzu: Yusuf Xos Hojib
Download 276.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling