To‘lonov Shukrullo Istamovichning


-mavzu: Mahmud Koshg‘ariy


Download 276.96 Kb.
bet5/15
Sana16.02.2023
Hajmi276.96 Kb.
#1203642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ommalashtirish

3-mavzu: Mahmud Koshg‘ariy

1. Mahmud Koshg‘ariy nechanchi asrda yashagan?


a) XV asr b) XI asr c) IX asr d) XIII asr

2. Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylari qaysi davlat tarkibiga kirgan?


a) G‘aznaviylar b) Turk xoqonligi
c) Xorazm d) Qoraxoniylar

3. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga keladi?


a) Bolasog‘un b) To‘qmoq c) Qashqar d) Marv

4. Mahmud Koshg‘ariyning otasi va bobosi qaysi shahardan bo‘lgan?


a) Quz O‘rdu b) Sayram c) Raboti O‘g‘uz d) Barsg‘an

5. Mahmud Koshg‘ariyning ilk ustozi kim?


a) Husayn Xalifa b) Ofoq Xoja
c) Abdulla To‘qmullin d) Yunus Latif

6. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi Mahmud Koshg‘ariy haqida emas?


a) U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug‘atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olim.
b) U “arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini” ko‘klarga ko‘taradi.
c) U adabiyotimizdagi ilk g‘azal muallifi.
d) U “qo‘shiq” atamasini ilk bor ishlatgan.

7. “Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so‘zlar, saj (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim… Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim”. Ushbu fikrlar qaysi asarga tegishli?


a) “Qutadg‘u bilig” c) “Lison ut-tayr”
b) “Devonu lug‘ot at-turk” d) “Muhokamat ul-lug‘atayn”

8. Mahmud Koshg‘ariy qachon “Devonu lug‘ot at-turk” asarini yozishni boshlagan?


a) 1070 b) 1072 c) 1075 d) 1074

9. “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarni to‘pladim”. Ushbu jumlalar qaysi olimga tegishli?


a) Yusuf Xos Hojib c) Nosiruddin Rabg‘uziy
b) Mahmud Koshg‘ariy d) Alisher Navoiy

10. Hijriy 464-466-yillarda yozilgan asar qaysi?


a) “Devonu lug‘ot at-turk” c) “Qutadg‘u bilig”
b) “Qissasi Rabg‘uziy” d) “Hibat ul-haqoyiq”

11. “Devonu lug‘ot at-turk” asari kimga bag‘ishlangan?


a) Nosiruddin To‘qbo‘g‘a c) Al – Muqtado
b) Faxriddin Bahromshoh d) Tavg‘ach Bug‘roxon

12. “Arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini” ko‘klarga ko‘targan ijodkor kim?


a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib
c) Alisher Navoiy d) Fuzuliy

13. “Men turkcha so‘zlarni yovvoyi tog‘ kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni avaylab-asrab qo‘lga o‘rgatdim”. Ushbu jumlalar qaysi ijodkor tomonidan yozib qoldirilgan?


a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib
c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy
14. Alp Er To‘nga marsiyasi, “Oltin qon” rivoyati, yabog‘ular, tangutlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar qaysi asarda uchraydi?
a) “Hibat ul-haqoyiq” c) “Devonu lug‘ot at-turk”
b) “Qutadg‘u bilig” d) “Qisasi Rabg‘uziy”

15. Rajaz nima?


a) to‘rtlik shaklidagi she’r
b) barcha misralari o‘zaro qofiyalangan ruboiy
c) omonim so‘zlar ishtirok etgan she’r
d) misralari nisbatan uzunroq bo‘lgan she’r turi

16. Yir so‘zining ma’nosi nima?


a) misralari nisbatan uzunroq she’r turi c) she’r, qasida, qo‘shiq
b) kuy, maqom d) hikmatli so‘zlar

17. “Qo‘shug‘” so‘zining ma’nosi nima?


a) she’r, qasida, qo‘shiq c) misralari nisbatan uzunroq she’r turi
b) kuy, maqom d) to‘rtlik, ruboiy

18. “Devonu lug‘ot at-turk”dagi qaysi parchada marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlariga urg‘u beriladi?


a) “Erdi ashin taturg‘an” c) “Yigitlarig ishlatu”
b) “Qo‘shni-qo‘nim ag‘ishqa” d) “Iqilachim erig bo‘ldi”

19. Qo‘shiq atamasi ilk marta kim tomonidan qayd etilgan?


a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib
c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy

20. “Bang va chog‘ir” munozarasini kim yozgan?


a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy
c) Yaqiniy d) Nishotiy

21. “Boz va bulbul”, “Gul va daf ”, “Binafsha va chang” munozaralari muallifi kim?


a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy
c) Yaqiniy d) Nishotiy

22. “O‘q va yoy” munozarasini kim yozgan?
a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy
c) Yaqiniy d) Nishotiy

23. “Qish va bahor” munozarasiga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan ijodkor?


a) Yusuf Amiriy b) Mahmud Koshg‘ariy
c) Yaqiniy d) Nishotiy

24. Alp Er To‘nga marsiyasi, “Qish va bahor” munozarasi qanday she’riy shaklda yozilgan?


a) musaddas b) masnaviy c) murabba’ d) muxammas

25. Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashini kim yozib qoldirgan?


a) Mahmud Koshg‘ariy b) Yusuf Xos Hojib c) Alisher Navoiy d) Rabg‘uziy

26. Alp Er To‘nga haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri xato?


a) Uning Barman, Barsg‘an ismli o‘g‘illari va Qaz ismli qizi bo‘lgan.
b) Uni tojiklar Afrosiyob deb atashgan.
c) Uning ismi “bo‘ri kabi kuchli pahlavon” degan ma’noni anglatadi.
d) U Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi.

27. Afrosiyob Tahmaruspdan necha yil keyin Marv shahrini bino qilgan?


a) 100 b) 200 c) 300 d) 400
28. “U sariqligiga ko‘ra mis shahri”. Ushbu ta’rif qaysi shahar haqida?
a) Marvash b) Dizro‘yin c) Qazvin d) Qum

29. Afrosiyobning kuyovi – Siyovush qayerda o‘ldirilgan?


a) Marvash b) Dizro‘yin c) Qazvin d) Qum

30. “Esiz” so‘zining ma’nosi?


a) vaqt b) taqdir c) dunyo d) yomon

31. “Ajun” so‘zining ma’nosi?


a) manfur b) dunyo c) yaramas d) zamon

32. “O‘dlak” so‘zining ma’nosi nima?


a) manfur b) dunyo c) yaramas d) zamon

33. Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq nima deb ataladi?


a) mustasne b) mustag‘riq c) marsiya d) munojot

34. Alp Er To‘nga marsiyasi qay tarzda qofiyalangan?


a) a-a-a-a b) a-a-a-b c) a-b-a-b d) a-b-d-b

35. Marsiyalar mumtoz adabiyotimizda asosan qaysi vaznda bitilgan?


a) barmoq b) erkin c) aruz d) aralash

36. Alp Er To‘nga marsiyasi qaysi vaznda bitilgan?


a) barmoq b) erkin c) aruz d) aralash
37. “Qul savi qalmas, Qag‘il bag‘i yazilmas”. Ushbu maqolning ma’nosini ayting.
a) Dushmanga qarshi qurol hozirlagan kishi qulun (toy)ga ega bo‘ladi, Qurol hozirlamagan kishi asir bo‘ladi.
b) Keksalar so‘zi, nasihati bekor ketmaydi, Tolning ho‘l novdasining bog‘i yozilmaydi.
c) Tog‘ arqon bilan egilmaydi, Dengiz qayiq bilan bekilmaydi.
d) Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, Inson bolasi mangu qolmas.

38. “Uma kelsa, qut kelur”. “Uma” so‘zining ma’nosi nima?


a) mehnat b) omad c) baxt d) mehmon

39. “Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur”. “Kur” so‘zining ma’nosi nima?


a) dovyurak b) mehribon c) aqlli d) tadbirkor

40. “Yazmas atim – yag‘mir, Yangilmas bila yangqu”. “Yangqu” so‘zining ma’nosi nima?


a) chaqmoq b) yomg‘ir c) shamol d) aks-sado


Download 276.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling