Toʻplam muallifi haqida ma’lumot
Download 1.57 Mb.
|
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Baholash usuli.
6.Savollar berish usuli.
Bu usul hikoya qilishga o‘rgatishda ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Savollar, asosan, hikoya aytib berilgandan keyin aniqlik kiritish va to‘ldirish maqsadida beriladi. 7.Aytib turish usuli. Hikoya qilish jarayonida bola qandaydir xatoga yo‘l qo‘yishi yokiayrim joyini csdan chiqarganda so‘z yokigapni aytib turishdan foydalanish o‘rinli. Bolaning xatosini to‘g‘rilash yokihikoyaning esdan chiqargan joyini aytib turish yetarlicha baland ovozda, samimiy bo‘lishi kerak, Bola tarbiyachining tuzatishlfi takrorlashi shart emas, aks holda u o‘z hikoyasining davomini yo‘qotib qo‘yadi. Bolalar hikoya qilib berayotganlarida ular nutqidagi xatolarni e'tiborsiz qoldirish kerak etnas — xatoni hikoya jarayonida to‘g‘rilash mumkin, agar ko‘pchilik bolalarda xato uchraydigan bo‘lsa, tarbiyachi ular bilan lug‘at ustida ishlash yokigrammatik to‘g‘ri nutqni, nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda shug‘ullanadi. 8. Baholash usuli. Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta'sir ctib qolmasdan, balki hikoya tuzishi lozim bo‘lgan boshqa bolalarga ham ta'sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan mashg‘ulot davomida foydalaniladi. Mashg‘ulot oxirida berilgan baho, o‘z mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoyalarning sifati qanday bo‘lganligini bola esda saqlashda qiynaiadi, mashg‘ulotning oxirida ular toqatsizlanadilar va buning natijasida tarbiyachining ko‘rsatmalarini idrok eta olmaydilar. Har bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, izchillikni, yangilikni yokikamchi-liklarni (lug‘ati, ovoz kuchi, qomatini noto‘g‘ri tutish va hokazo) aytib o‘tish kerak. Masalan, ikkita o‘yinchoqni stol bo‘ylab yurgizib, harakat-laririi aniq aytib, hikoya qilib berish topshirig‘i berilgan. Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: „Yasha, Salim. Sen birinchi bo‘lib hikoya qilib bersang-da, o‘rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni esingdan chiqarmading. Sening hikoyangni qiziqib tingladik". Ba'zan o‘rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bola-larning o‘zini ham jalb qilish mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo‘llaniladi. Chunk! 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini (to‘liq-ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o‘rgatishda foydalaniladigan hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg‘ulot uchun yetakchi usuilni tanlashi kerak. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling