Toʻplam muallifi haqida ma’lumot
Jamoa bo‘lib hikoya tuzish usuli
Download 1.57 Mb.
|
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Hikoyani qismlar bo‘yicha tuzdirish usuli.
4.Jamoa bo‘lib hikoya tuzish usuli.
Bu usul o‘ziga xos bo‘lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatishda foydalaniladi. Oidindan belgilab qo‘yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o‘ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So‘ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan cng yaxshi jumlalarnmg va o‘zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi. Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so‘ngra 2—3 bola takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mash-g‘ulotda barcha bolalar faollik ko‘rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: bolalarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish, so‘zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan. 5.Hikoyani qismlar bo‘yicha tuzdirish usuli. Ayrim mashg‘ulotlarda hikoyani qismlar bo‘yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni ycngillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg‘ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo‘lib, hikoyalar to‘liq va chuqur maznuinga ega bo‘ladi, ko‘p bolalardan so‘rash imko-niyati vujudga keladi. Maznuini alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo‘yicha tasvirlash mumkin. Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo‘yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk bolalari bilan", „Echki bolalari bilan1', „Sigir buzog‘i bilan", „Qishki o‘yinlar" va hokazolar. Tarbiyachi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan avval rasmni kichik-kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda tarbiyachi bolalarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo‘la emas, balki quyonlar haqida harnma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So‘ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan; „Hozir, bolalar quyonni tanasi nima bilan qoplan-ganUgini, Lining tumshug‘i qanday ekanligini, u qanday harakat qilishini (yurishini) cslaymiz". Bu reja asosida 2 — 3 bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o‘tiladi: „Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So‘ngra quyonning oziqlari, kim ularga g‘amxo‘rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin. Mashg‘ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir bola rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling