Toʻplam muallifi haqida ma’lumot
Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov savollari
Download 1.57 Mb.
|
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU № 25. Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish bo`yicha didaktik o`yinlarni o`tkazish Reja
- Kim qanday o‘ynaydi“ didaktik o‘yini.
Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov savollari.
1.Bolalarni o‘z tajribalaridan hikoya qilib berishga o‘rgatish necha yoshdan boshlanadi? 2.Hikoya qilishni bu turining ahamiyati nimadan iborat? 3. “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturida o‘rta guruhda bolalarga qanday hikoyalarni o‘qib berish belgilab berilgan? MAVZU № 25. Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish bo`yicha didaktik o`yinlarni o`tkazish Reja: 1.Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni o`tkazish. 2. Hikoya qilishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni davlat o‘quv dasturi asosida tanlash 3. Didaktik o‘yinlarni davlat o‘quv dasturi asosida o‘tkazish. 4. Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirishda didaktik o`yinlarni o`tkazish „Kim qanday o‘ynaydi?“ didaktik o‘yini. Mashg‘ulotning maqsadi: savollar yordamida rasmga qarab hikoya qilishga o‘rgatish. Asosiy ranglar (ko‘k, qizil, yashil) to‘g‘risidagi tasavvurlarini mustahkamlash, bu ranglarni rasmlarni ko‘rish jarayonida bilish, lug‘atida tez, jarangli, sekin, xushchaqchaq kabi so‘zlarni faollashtirish, a tovushining aniq talaffuz etilishini mustahkamlash. Didaktik material. 20x30 hajmdagi sujetli rasm. bola kopto‘ o‘ynayapti; qizcha piramidani yig‘yapti; bola uy qurayapti; bola avtomobil boshqaryapti; qizcha qo‘g‘irchoqni allalayapti. Fayzi Shohismoilning „ To‘p - to‘p “ she’rini o‘qib berish.
Ish usullari: „Kim kopto‘ o‘ynayapti?” „Kim piramidalarni yig‘yapti?” „Kim uy quryapti?“, „Kim avtomobil boshqaryapti“, „Kim qo‘g‘irchoqni allalayapti?“, „Bu bola nima qilyapti?“, ,,Bu qizcha nima qilyapti?“, „ Bola avtomobilni qanday haydayapti?“ (tez), „Qizcha qo‘g‘irchoqni qanday allalayapti?“ (sekin), „Kopto‘ qanday?“, ,,U qanday sakraydi?“. Ko‘rsatma: „Rasmga diqqat bilan qara“, „Yana bir marta eshit“, „Yana bir marta balandroq ayt“, „Hammasini birgalikda aytamiz“. Fayzi Shohismoilning „ To‘p - to‘p “ she'rini ifodali o‘qish. O‘yin usullari: „Kopto‘ni qanday otib o‘ynashingizni ko‘rsating “, „ Kopto‘ yuqoriga qanday sakrab -sakrab o‘ynaydi, ko‘rsating“. „Ana bu rasmdagi qizcha qo‘g‘irchog‘ini allalagandek, sizlar ham qo‘g‘irchog‘ingizni allalang“. Sekin aaa....aaa....aaa..“ deb qo‘g‘irchoqni allalaymiz, shunda u tez uxlab qoladi „Sholg‘om“ ertagini hikoya qilib berish.Mashg‘ulotning maqsadi: bolalarning sholg‘om haqidagi tasavvurlarini aniqlash: dumaloq, qattiq, shirin. Badiiy nutqni eshitishga o‘rgatish. Ertakni takroriy eshitish istagini (ko‘rgazmali qurolsiz) uyg‘otish va tarbiyachi bilan birgalikda ertakni aytib berishda ishtirok etishga undash. Bolalar tomonidan ushbu so‘zlar tushunilishini aniqlash, takrorlash: tortishibdi-tortishibdi, uni tortib olisholmabdi. Ertakni ko‘rgazmali qurolsiz aytibberish. Bolalarga savollar. „Birinchi bo‘lib sholg‘omni tortib olishga kim kelibdi?“, „Sichqon mushukdan oldin cholga yordamga kelibdimi?“. Sholg‘omni qanday tortishganini ko‘rsatishga undash (tortishibdi-tortishibdi). Kelinglar, bolalar ertakni boshidan aytamiz. Ko‘rsatma: „Ertakni birgalikda aytamiz“. Ertakdagi ketma-ketlikka rioya qilganlari uchun rag‘batlantirish. O‘zbek xalq ertaklaridan „Bo‘ri bilan echki“ ertagini hikoya qilib berish. Tarbiyachi hikoyani boshlaydi, bolalar davom ettiradilar. Indamas, tortinchoq, uyatchan bolalarni savollar berish orqali ertak mazmunini aytib berishga jalb qilish va ularni ruhlantirib turish. Ertak mazm unini hikoya qilib berishda ishtirok etgan bolalarni rag‘batlantirish. Nazorat savollari. 1. Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish uslubiyoti nimalardan iborat? 2. Ikkinchi kichik guruhda mashg‘ulot o‘tkazishda tarbiyachi oldiga qanday vazifalar turadi? 3. Maktabga tayyorlov guruhida dastur bo‘yicha bolalar oldiga qanday vazifalarni qo‘yadi? 4. Maktabga tayyorlov guruhida asar o‘qib berilgach, bolalar bilan nimalar haqida suhbat o‘tkazish mumkin? Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling