Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet15/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

MAVZU № 24 Bolalarni o‘z tajribalaridan (xotiradan) hikoya qilib berishga o‘rgatish.
Reja:
1.O‘z tajribalaridan (xotiradan) hikoya qilishning ahamiyati.
2.Bolalarni o‘z tajribalaridan hikoya qilib berishga yo‘naltirish.
3.Hikoya qilishni bu turining ahamiyati.
O‘z tajribalaridan hikoya tuzish o‘rta guruhdan boshlanadi. Bolalarga o‘zlariga tanish bo‘lgan, yaqinda bo‘lib o‘tgan aniq-ravshan voqealar mavzu sifatida taklif etiladi: „Bizning bayram", „Biz onamizga qanday sovg‘a tayyorladik?", „Biz anhorga qanday bordik?". Yaqin atrofdagi kishiiar mehnati bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularni ham taklif etish mumkin: „Oshxonada kim ishlaydi?", „Zulfiya opa — bizning farroshimiz". Shuningdek, ota-onalarning mehnatlari bilan bog‘Iiq bo‘lgan mavzularda („Mening otam va onam qayerda ishlaydilar?") hikoyalar tuzdirish mumkin. Yuqoridagi mavzularda mashg‘ulot o‘tkazishdan avval tarbiyachi
bolalarni oshxonaga о lib boradi, farrosh mehnati bilan tanishtiradi, ota-onalarga bolalariga o‘z kasblari haqida (Qayerda kim bo‘lib ishlaydi? Bu kasb nimasi bilan muhim?) gapirib berishlarini aytadi. Sayrlar, bolalarning mehnat, tabiat to‘g‘risida kichik hikoyalar tuzishlari uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Avval bolalar narsa-buyumlar yokitabiatdagi mehnat va turli hodisalar haqida voqeaviy hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi. („Biz tomorqada qanday ishladik?", „Biz qanday qilib kuchukchani boqdik?1') Tarbiyachi hikoya uchun mavzu tanlar ckan, u bolalarni bog‘chaga yaqin bo‘lgan tabiat manzaralari bilan tanishtiradi, sayohat yokisayrning mazmunini va maqsadini belgilaydi. Bolalarni hikoya tuzishga tayyorlash ishlari sayohat, kuzatishlar vaqtida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga sayohatda, sayrda ko‘rgan-kuzatganlari bo‘yicha savollar beradi. Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi: „Bizning bog‘imiz haqida nima deyish mumkin, u qanday?" degan savol beradi va hajmi uncha katta bo‘imagan hikoyaning namunasini beradi. Tarbiyachi bolalarning taassurotlarini mustahkamlash maqsadida ta'limiy o‘yin o‘tkazadi. Rasrnni ko‘rishni taklif etadi yokishe'r aytib beradi. Taklif etilgan mavzuda hikoya qilishga o‘rgatishni jamoa bo‘lib hikoya tuzishdan boshlash ma'qul, Tarbiyachi hikoyani boshlaydi, bolalar csa uncha kata bo‘imagan tasvirlashlar bilan hikoya qilib beradilar. Tarbiyachi hikoyani yozib borishi va mashg‘ulotning oxirida o‘qib berishi maqsadga muvoflqdir. O‘z tajribalaridan (xotiradan) hikoya tuzishning muhim metodik usullaridan biri — bu bolalar diqqatini qaysidir, qandaydir voqeani eslash va uni o‘z hikoyasi yuzasidan o‘tkazadigan suhbatida esga tushirishni aytadi, hikoyaning asosiy qismlarini belgilaydi (avval nimani hikoya qilamiz, keyin-chi, nima bilan (qanday yakunlaymiz). Shuningdek, bu hikoya turida tarbiyachining namuna-hikoyasi ham katta rol o‘ynaydi. Bolalarni o‘z tajribalaridan hikoya qiiishga o‘rgatish uiarni o‘zlariga yaqinroq bo‘lgan mavzuda ancha uzoq so‘zlashishga o‘rgatadi va ijodiy hikoya tuzishga zamin tayyorlaydi. Katta va maktabga tayyorlov guruhida bu hikoya tunning roli ancha ortadi, bu guruhdagi bolalar ko‘rgazmali qurolsiz hikoya tuza boshlaydilar. Xotiradan hikoya tuzishning hamma turlari bo‘yicha (shaxsiy, jamoa tajribalaridan, ko‘rgazmali qurolsiz tasvirlashga oid ta'limiy o‘yinlar) mashg‘ulotlar tashkil ctiladi. Bolalarning ijtimoiy hayot hodisalari, kishilar mehnati bilan tanishish doirasi kengayadi. Shuning uchun ham ularning hikoya mavzulari murakkablashishi mumkin. Masalan, katta guruh bolalari qurilishdagi kishilarning mehnatlarini kuzatganlaridan so‘ng, tikuv ustaxonasiga (atelyega) va boshqalarga sayohatga borishgach, ularga quyidagi mavzularda hikoya tuzish taklif etilishi mumkin: „Bu uyni kim qurgan?", „Kiyimlarni qanday tikadilar?", „Bizning dam olishimiz uchun kimlar mehnat qilgan?" va hokazo. 1 Bolalarni o‘z tajribalaridan hikoya qilib berishga o‘rgatish. 2.Hikoya qilishni bu turining ahamiyati. Maktabga tayyorlov guruhida csa quyidagi mavzular berilishi mumkin; „Biz kutubxonada bo‘ldik", „Maktabdagi darslar", „Biz shirinliklar fabrikasida nimalarni ko‘rdik?" va hokazo. Ushbu guruhda tabiat to‘g‘risidagi mavzular ham murakkablashadi. Keyinchalik bolalar hikoyasi uchun bayramlar, kattalar mehnati, tabiat manzaralari haqida kichik rasmli albo‘lcha tuzish mumkin. O‘z shaxsiy tajribasidan hikoya tuzishga bcmor o‘rtog‘iga yokiboshqa shahardagi tengdoshlariga jamoa bo‘lib xat matni tuzish ham kiradi.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling