Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet17/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

Mavzu№ 26 Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda MTT tarbiyachisi oldida turgan vazifalar.
Reja:
1.Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati.
2.Bolalarni adabiyot bilan tanishtirishda oila va MTMning oldida turgan vazifalari.
3. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va cstetik tarbiya berishda, nutqini har
taraflama rivojlantirishda va boyitishda katta ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat bayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg‘ularini va o‘zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. Bu namunalar o‘zining ta'siri jihatidan xilma-xildir: hikoya orqali bolalar so‘zlarning aniqligini, ma'nodorligini anglab oladilar; she'rlardan esa ularning musiqaviyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar, xalq ertaklari bolalarga tilning ifodaliligini, mazmundorligini ochib beradi, nutqning xilma-xilligini, hazil-mutoyibaga boyligini bolalarning ko‘z oldida namoyon qiladi.
Badiiy adabiyot bolalarga kishilarning hayoli va mchnatlari ishlari va qahramonliklari,
bolalikdagi cng qiziqarli voqealar, ularning o‘yinlari, mehnatlari haqida hikoya qilib beradi. Badiiy adabiyot bolalarga hayotni tushuntiradi va shu orqali bola hayotiy tajribasining ortib borishiga ta'sir etadi. Badiiy adabiyot kishilarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg‘ularini, xaraktcrlarini ochib berishi bilan bolalarni hayajonlanishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o‘rgatadi. Badiiy asarning eng yaxshi namunalari bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga: yaxshi — yomon, haq — nohaq, rost — yolg‘on va h.k. so‘zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog‘chasining tarbiyachisi oldida turgan vazifalar Bolalar bog‘chasi tarbiyachisining oldida bar bir badiiy asarni san'at asari sifatida bolalar ongiga yetkazish, uning mazmunini ochib berish, badiiy asarda qatnashuvchi personajlarga nisbatan emotsional munosabatda bo‘lish, muallifning lirik kechinmalarini his etishga, ya'ni asarda qatnashuvchi qahramonlarga nisbatan o‘z munosabatlarini ifodalashga o‘rgatish kabi murakkab vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachining o‘zi, bolalarni badiiy asar bilan tanishtirishdan awal, uni his etishi va tushunishi, mazmunini tahlil eta olishi zarur. Shuningdek, pedagog o‘qish va hikoya qilib berish texnikasini, ya'ni aniq diksiyani, ifodali o‘qish vositalarini (mantiqiy urg‘uni to‘g‘ri qo‘ya olish, pauza, ovoz toni va tempi) egallagan bo‘lishi kerak.
Badiiy asarning har bir janrini ifodali tarzda bolalarga yetkaza olingandagina, uning g‘oyaviy mazmunini to‘g‘ri idrok ettira olish mumkin. Bolalarda badiiy asarni idrok etish qobiliyati o‘zo‘zidan vujudga kelmaydi, uni bolaning ilk yoshidan boshlab rivojlantirish va tarbiyalash kerak, shundagina bola keyinchalik badiiy asarlarni diqqat bilan tinglashga, badiiy nutqqa e'tibor berishga o‘rganadi. Bolalar ongiga badiiy asarlarning axloqiy, cstetik mohiyatini yetkazish — bu murakkab vazifa hisoblanadi.
Pedagogik rahbarlikning bir maqsadga qaratilishi bolalar tomonidan badiiy asarlarning
estetik jihatlarini va ularning mazmunini, badiiy ifoda vositalarini idrok etish imkonini yaratadi.


Nazorat savollari.
1.Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati.
1.Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati haqida gapirib bering.
2.Bolalarni adabiyot bilan tanishtirishda oila va MTTning oldida turgan vazifalari nimalardan iborat?
3.Bolalarga she’rni yod oldirishning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
4.Bolalarga she’r yod oldirishda tarbiyachining asosiy vazifasi qaysilar?
5.Turli guruhlarda she’r yod oldirish metodini sanab bering.


MAVZU №27 Badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodlari.
Reja:
1.Badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi.
2.O‘qilgan asarni mustahkamlash usullari.
3. Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish uslubiyoti.
Tarbiyachi bolalarga o‘qilgan asarni chuqurroq o‘zlashtirib olish, uni eslab qolishlariga

yordam berish uchun turli metodikusullardan: takroriy o‘qib berish, hikoya qilib berish,
sahnalashtirish va boshqalardan foydalanadi.
Takroriy o‘qib berish. Bolalarda qiziqish uyg‘otgan kichik asarni o‘qib yokihikoya qilib
bergach, yana 1 — 2 marta takrorhikoya qilib berish yokio‘qib berish yaxshi natija beradi. Agar hikoya qilib beriladigan asar hajmi yirik bo‘lsa, u vaqtda eng qiziqarli yokibolalarga yoqqan joyi takror o‘qib beriladi. Tarbiyachi takror o‘qib berishni 2—3 hafta o‘tgach o‘tkazgani ma'qul. Katta guruhlarda tanlab o‘qish (asarning eng qiziqarli joylariniboshlanishini, xotima qismini, bolalarga yoqqan joyini) usuliham qo‘llaniladi. Bunday o‘qish o‘yin usulida, topishmoq aytish, viktorina tarzida berilishi mumkin. (Bu parcha qaysi asardan? Bu ertak yokihikoya nima bilan tugadi? Bu asarning qaysi joyisizlarga juda yoqdi? Bu parcha hikoyadanmi yokiertakdanmi vahokazo.) Sahnalashtirish va inssenirovka bolalarni badiiy asar bilanikkinchi marta
tanishtirish vositasidir. Eshitilgan asar mavzusi bo‘yicha dramalashtirilgan o‘yinni hamma yosh guruhlaridao‘tkazish mumkin. Dramalashtirilgan o‘yin odatdagi o‘yindanrollarga bo‘linib o‘ynaladigan tayyor voqea borligi bilan farqqiladi. Dramalashtirilgan o‘yin uchun qahramonlarning nutqi dialog shaklida yozilgan asarlarni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, bunday o‘yinlar uchun „Qizil Shapkacha“, „Tulki“, ,,Xo‘roz bilan mushuk“, ,,Bo‘g‘irsoq“ va boshqalardan foydalanish mumkin. Tarbiyachi badiiy asarni o‘qib yokihikoya qilib bergandan so‘ng, bolalar bu asar mazmuniga taalluqli rasmlarni ko‘radilar. So‘ngra tarbiyachi kim qaysi qahramon rolini o‘ynashini so‘rab, bolalarni rollarga bo‘lib chiqadi. Dastlab o‘zi boshqaruvchi bo‘ladi. Bolalar matnni yaxshi o‘zlashtirib olishgach, takror o‘ynashda hamma rollarni o‘zlari o‘ynaydilar. Ertak yokihikoyani dramalashtirish uchun tarbiyachi oldindan qahramonlarning (obrazlarning) kastum elementlarini (masalan , „Qizil Shapkacha “ ertagini dramalashtirish uchun qizil shapkacha, bo‘ri, kampir, quyon, tulki, ayiq va hokazolarning niqobini) tayyorlab qo‘yadi.
Bolalar bog‘chasida badiiy asar inssenirovkasidan foydalaniladi. Bolalar oldindan
rollarni yod oladilar, repetitsiya qiladilar. Dekoratsiya, kastum kengroq qo‘llanilib, kerakli musiqa tanlanadi. Bunday spektaklni bayram kunlari, ota-onalar majlisiga bag‘ishlab tayyorlash mumkin.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling