Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov


Download 1.57 Mb.
bet19/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov
savollari.
1.Bolalarga she’rni yod oldirishning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
2.Bolalarga she’r yod oldirishda tarbiyachining asosiy vazifasi qaysilar?
3.Turli guruhlarda she’r yod oldirish metodini sanab bering.
MAVZU № 29 MTTda kitob burchagini tashkil etish.
Reja:
1. Turli yosh guruhlarda kitob burchagini tashkil etish
2. Kitob burchaklari uchun adabiyotlar tanlashga qo`yilgan talablar.
3. Bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish.
Bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini va undan foydalanishning eng oddiy
malakalarini tarbiyalash maqsadida bolalar bog‘chasining har bir guruhida kitob burchagi tashkil etiladi. Kitob burchagi uchun yorug‘ va qulay joy tanlanadi. Shuning uchun kitob burchagiga stol lampasini qo‘ygan ma’qul. Chunki bu guruhda kitob boshqa guruhlarga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. kitob burchagi o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan bolalarni o‘ziga jalb qilishi kerak. Kitob burchagiga bolalar hayotidan, ertaklardan olingan rasmlardan osib qo‘yish mumkin. Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa shoir va yozuvchilarning, masalan, Zulfiya, Q.Muhammadiy, E.Vohidov, P.Mo‘min, A.Oripov va h.k.larning portretlarini osib qo‘yish mumkin. Bu adiblar bilan ularning yozgan asarlari haqida ularning kitoblarini bolalarga o‘qib berayotgan vaqtda tanishtirib boradi. Har bir guruh uchun “Dastur” asosida kitoblar tanlanadi. Qo‘shimcha adabiyotlar ham tarbiyachi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi. O‘rta guruhning kitob burchagida kichik guruh bolalari uchun “Dastur ro‘yxati”ga kiritilgan kitoblar ham bo‘lishi mumkin, xuddi shunday katta guruhning kitob burchagida ham kichik, o‘rta guruh uchun mo‘ljallangan kitoblar bo‘lishi kerak. Katta guruhda tashkil etilgan kitob burchagi mavzular bo‘yicha tashkil etilib, ular bir-biridan ko‘rsatkich taxtacha bilan ajratib qo‘yiladi, ya’ni ko‘rsatkich taxtachaga kitob mavzusiga taalluqli rasm yopishtiriladi. Masalan,
tabiat to‘g‘risidagi kitobni yokiertak kitobni bola osonlik bilan topib olishi uchun tabiat
manzarasi tasvirlangan yokiertak mazmuniga taalluqli rasm yopishtirilgan taxtacha bilan birbiridan ajratib qo‘yiladi. Kichik guruhda bir nomdagi kitobdan bir necha nusxadan qo‘yiladi, chunkikichik guruh bolalarining bir qanchasi bir vaqtda ko‘rishni istaydi. Kitob burchagidagi kitoblarni vaqti- vaqti bilan almashtirib turish kerak. Agar tarbyachi kitob burchagidan qaysidir kitob onda-sonda olinayotganini ko‘rsa, bu kitobni vaqtincha olib qo‘yib, bir qancha vaqt o‘tgach, yana kitob burchagiga qo‘yishi kerak. Kitob uzoq saqlanishi, yirtilmasligi uchun bolalar kitob betini yaxshilab ko‘rib bo‘lishgach, u muqovalanib qo‘yiladi. Kitobni shinday muqovalash kerakki, uning yuza qismi, undagi rasmlar ko‘rinib tursin. Kitob burchagida kitoblardan tashqari bolalarning o‘zlari mustaqil ko‘rinishlari uchun albo‘llar ham bo‘lishi kerak. Tarbiyachi albo‘llarning mavzusini “Dastur”dan, ya’ni bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish bo‘limlarining dastur talablari va vazifalari asosida tanlaydi. Bular bolalar bog‘chasining maishiy- xo‘jalik, jamoat hayoti mavzulariga taalluqli rasmlar bo‘lishi mumkin. Hamma guruhlardagi kitob burchaklarida har qaysisida 8-10ta rasm yokifotosuratlar solingan bir necha papka hamda bolalar chizgan rasmlar solingan bir necha papka bo‘lishi kerak. Papkalarga undagi materiallarga tegishli illustratsiyalar yokimanzaralar tasviri solib qo‘yilgan bo‘ladi. bolalar rasmlarni ko‘zdan kechirib bo‘lganlaridan keyin “Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti”, “Qadimiy va navqiron Buxoro”, “Samarqand- qadimiy obidalar shahri”, “O‘zbek milliy hunarmandchiligi”, “Buxoro zardo‘zligi”, “Onalarimiz mehnati”, “Bizning bayramlar”
“Ertaklar olamida” va h.k. nomlardagi albo‘l va papkalar bo‘lishi mumkin.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling