Toʻplam muallifi haqida ma’lumot


Download 1.57 Mb.
bet18/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1627466
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA

Nazorat savollari.
1. Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish uslubiyoti nimalardan
iborat?
2. Ikkinchi kichik guruhda mashg‘ulot o‘tkazishda tarbiyachi oldiga qanday
vazifalar turadi?
3. Maktabga tayyorlov guruhida dastur bo‘yicha bolalar oldiga qanday vazifalarni
qo‘yadi?
4. Maktabga tayyorlov guruhida asar o‘qib berilgach, bolalar bilan nimalar haqida
suhbat o‘tkazish mumkin?

MAVZU № 28 Mashg`ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish.
Reja:
1. MTTda mashg`ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish
2. Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati
Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va cstetik tarbiya berishda, nutqini har
taraflama rivojlantirishda va boyitishda katta ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat bayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg‘ularini va o‘zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. Bu namunalar o‘zining ta'siri jihatidan xilma-xildir: hikoya orqali bolalar so‘zlarning aniqligini, ma'nodorligini anglab oladilar; she'rlardan esa ularning musiqaviyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar, xalq ertaklari bolalarga tilning ifodaliligini, mazmundorligini ochib beradi, nutqning xilma-xilligini, hazil-mutoyibaga boyligini bolalarning ko‘z oldida namoyon qiladi.
Badiiy adabiyot bolalarga kishilarning hayoli va mchnatlari ishlari va qahramonliklari,
bolalikdagi cng qiziqarli voqealar, ularning o‘yinlari, mehnatlari haqida hikoya qilib beradi. Badiiy adabiyot bolalarga hayotni tushuntiradi va shu orqali bola hayotiy tajribasining ortib borishiga ta'sir etadi. Badiiy adabiyot kishilarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg‘ularini, xaraktcrlarini ochib berishi bilan bolalarni hayajonlanishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o‘rgatadi. Badiiy asarning eng yaxshi namunalari bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga: yaxshi — yomon, haq — nohaq, rost — yolg‘on va h.k. so‘zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog‘chasining tarbiyachisi oldida turgan vazifalar
Bolalar bog‘chasi tarbiyachisining oldida bar bir badiiy asarni san'at asari sifatida bolalar
ongiga yetkazish, uning mazmunini ochib berish, badiiy asarda qatnashuvchi personajlarga nisbatan emotsional munosabatda bo‘lish, muallifning lirik kechinmalarini his etishga, ya'ni asarda qatnashuvchi qahramonlarga nisbatan o‘z munosabatlarini ifodalashga o‘rgatish kabi murakkab vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachining o‘zi, bolalarni badiiy asar bilan tanishtirishdan awal, uni his etishi va tushunishi, mazmunini tahlil eta olishi zarur. Shuningdek, pedagog o‘qish va hikoya qilib berish texnikasini, ya'ni aniq diksiyani, ifodali o‘qish vositalarini (mantiqiy urg‘uni to‘g‘ri qo‘ya olish, pauza, ovoz toni va tempi) egallagan bo‘lishi kerak.
Badiiy asarning har bir janrini ifodali tarzda bolalarga yetkaza olingandagina, uning g‘oyaviy mazmunini to‘g‘ri idrok ettira olish mumkin. Bolalarda badiiy asarni idrok etish qobiliyati o‘zo‘zidan vujudga kelmaydi, uni bolaning ilk yoshidan boshlab rivojlantirish va tarbiyalash kerak, shundagina bola keyinchalik badiiy asarlarni diqqat bilan tinglashga, badiiy nutqqa e'tibor berishga o‘rganadi. Bolalar ongiga badiiy asarlarning axloqiy, cstetik mohiyatini yetkazish — bu murakkab vazifa hisoblanadi.
Pedagogik rahbarlikning bir maqsadga qaratilishi bolalar tomonidan badiiy asarlarning
estetik jihatlarini va ularning mazmunini, badiiy ifoda vositalarini idrok etish imkonini yaratadi. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi” katta guruh bolalarida badiiy- adabiy asarlarning mazmunini idrok etishda ifodali vositalarning ayrim xususiyatlarini aniqlay olishga o‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi. Katta guruh bolalari badiiy asarlar mazmunining ayrim xususiyatlarini, mazmunining ifodaliligini chuqurroq tushunib olish qobiliyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar adabiy asar janrlarini farqlay oladilar. Ular poeziya bilan prozani bir-biridan yengil ajrata oladilar. Tarbiyachi mashg‘ulotni muqaddima suhbatidan, asar mazmuniga taalluqli rasmni ko‘rsatib, u haqida suhbat o‘tkazish, bolalarning shaxsiy tajribalariga tayanib suhbat o‘tkazish bilan boshlashi mumkin. Ertakni o‘qib bergandan so‘ng, u tahlil qilinadi. Tahlilni shunday o‘tkazish kerakki, bolalar asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tushunib olsinlar.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling