Toʻplam muallifi haqida ma’lumot
Download 1.57 Mb.
|
NUTQ O\'STIRISH GULOROMGA
Kirish suhbati. Bu suhbat turidan bolalarni sayohatga olib borishdan oldin yokibolalarga
o‘qilgan badiiy asarlarni qayta hikoya qildirishdan oldin foydalaniladi. Masalan, 6 yoshli bolalar bilan „Pomidor o‘tqazdik" mavzusida suhbat o‘tkazishda (pomidor o‘tqaziladigan yerga olib borishdan avval) tarbiyachi bolalarni guruh xonasida tobplab, qisqacha kirish suhbati o‘tkazadi, kirish suhbati davomida bolalarga quyidagi savollarni beradi: — Bolalar, eslanglar-chi, biz sizlar bilan tuvakdagi pomidor ko‘chatlarini yerga jo‘yaklarga) qachon ekkan cdik? — Kimning ko‘chati qayerga ekilganligini tcz bilib olish uchun qanday belgi qo‘ygan edik? — Pomidor yaxshi hosil berishi uchun uni qanday parvarish qilish kerak? — Pomidorga suvni nimada quyish yaxshiroq — leykadami yokichelakdami? Bolalar javobidan so‘ng tarbiyachi ularni to‘ldirib, shunday dcydi: — To‘g‘ri, bolalar, biz uch kun oldin guruhimizning ycriga tuvakdagi pomidor ko‘chatlarini ekkan edik. Har kim o‘z ko‘chatini parvarish qilishi uchun har bir ko‘chat kimniki ckanligini bildiruvchi uzun cho‘pni tuvak yoniga (yerga) suqib, unga ismlarni yozib qo‘ygan edik. Mana bugun biz sizlar bilan yerga ckilgan pomidor ko‘chatlarimizni parvarish qilish uchun boramiz va u yerda kimning ko‘chati qanday ko‘karganini, unga qanday qilib suv berishni, qanday o‘g‘it solislini kuzatamiz. Mana, men pomidor ko‘chatlariga suv quyish uchun leyka-chalarni tayyorlab qo‘ydim. Leykachalardan quyilgan suv xuddi yomg‘irga o‘xshab tushadi. Bu ko‘chat ildizlarining atrofini yumshatishga, ildizning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Ho-zir hammangiz kiyimlaringizni kiyib olib, ikkitadan bo‘lib, qo‘l ushlashib, ekin maydonimizga borishga tayyorlanasiz. Bog‘cha dahlizida shovqin qilmasdan, boshqa guruhlarning mashg‘ulot o‘tishlariga xalaqit bermasdan, sekin-asta yuramiz. Sayohat yoki biror-bir narsani kuzatish davomida suhbat o‘tkazish. Bolalarni pomidor ko‘chati ckilgan yerga olib borib, pomidor ko‘chatining o‘sishini kuzatish va uni qanday parvarish qilish to‘g‘risidagi suhbatni tarbiyachi quyidagi savollar asosida davom ettiradi: —Bolalar, biz hozir qayerga keldik? —Kimning ko‘chati qayerga ekilganligini qanday bilib olasiz? —Pomidor ko‘chati yaxshi o‘sishi uchun nima qilish kerak? —Parvarish qilish nimalardan iborat? —Nima uchun o‘simlikka namlik (suv) kerak? —Suvni nimada quygan yaxshiroq? Nima uchun? (Bir bolaga leykachani beradi, u o‘z ko‘chatiga suv quyadi.) —Nima uchun ko‘chatga oziq beriladi? (Tarbiyachi ko‘chatga oldindan tayyorlab qo‘yilgan o‘g‘itni solib ko‘rsatadi va ustidan leyka bilan suv quyadi.) —Ko‘chatga nima uchun quyosh nun kerak? 1. Ta’limiy o`yinlar va ularning bolalar so`zlashuv nutqini o`stirishdagi ahamiyati. Tarbiyachi mashg‘uloldan so‘ng bolalarga o‘z ko‘chatlariga o‘g‘it va leykadan suv quyishni aytadi, o‘zi esa topshiriqni bolalar qanday bajarayotganlarini kuzatib boradi, zarur bo‘lsa, yordam beradi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling