Topografik kartalar, planlar va profillarda relyefni tasvirlash uchun joydagi xarakterli nuqtalarning dengiz sathidan balandliklari ma'lum bo'lishi kerak. Bu balandlikka absolyut balandlik deyiladi


Download 1.62 Mb.
bet9/18
Sana18.02.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1210609
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
DIKTATOR KURS ISHI 90

4.Mexanik nivelirlash.Nivelirlashning bu usulida mahsus avtomat-nivelir ishlatiladi. Bu asbob velosiped, mototsikl yoki avtomashinaga o’rnatilgan bo’ladi. Avtomat nivelir o’rnatilgan mashinada bosib o’tilgan yo’lning profili qog'ozda, avtomatik ravishda chizilib boradi. Bu usulda joyning profili boshqa usuldagiga nisbatan osonroq va tezroq tuziladi, lekin aniqligi juda kam bo’ladi. Shuning uchun mexanik nivelirlashdan katta aniqlik talab qilinmaydigan ishlarda, masalan, yo’l qurilishida va joyning relefini dastlabki o’rganishdagina foydalaniladi.[4]
5.Gidrostatik nivelirlash. Bu usulda joydagi nuqtalarning balandliklardagi farq o’zaro bog'liq ikkita idishdagi suyuqlik sathini kuzatish yo’li bilan aniqlanadi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformotsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo’lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo’llaniladi. Bu usul sodda bo’lib, undan yopiq, tor va qorong'i joylarda ham foydalanish mumkin.
6.Radio nivelirlash. Bu nivelirlash radioto’lqinning samolyotdan yerga, yerdan samolyotga etib borish vaqtiga qarab samolyotning qanday balandlikda uchayotganini bilish imkoniyatini beradi. Samolyotning uchayotgan balandligi radiometr degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radionivelirlash turli qidiruv ishlarida hamda turli masshtabda topografik kartalar tuzishda qo’llanilmoqda.
7.Stereofotogrammetrik nivelirlash. Bu usulda joyning samolyotdan turib olingan aerosuratlariga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxonada bajarilganligidan vaqt va mablag' ancha tejaladi.
Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qo’llanniladi.
1.3Nivelir reykalari va ularni tekshirish
Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar
Reyka- uzunligi 3-4m, kengligi 8-10 smva qalinligi 2-2.5 sm keladigan taxtachadir. Taxtacha uchun qattiq yog’och tanlanadi. Reyka boshidan oxirigacha oq rang moyli bo’yoq bilan bo’yaladi, ikkala uchiga tunuka qoqiladi. Reyka maxsus mashina yoki shablon yordamida chiziqlar tortib santimetrlarga bo’linadi.
Santimetrli bo’laklar bir santimetr oralatib qora yoki qizil rangga bo’yaladi. Reykadan sanoq olishni osonlashtirish maqsadida har bir detsimetr ikkita 5 sm li bo’laklarga ajratiladi.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling