Topshiriq. №92. Maqsad; “So’z labirinti” metodikasi yordamida tafakkur jarayonlarini labil-rigidligini aniqlash
Download 467.5 Kb.
|
Lab mash
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQ. № 96. L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov metodikasi. VIGOTSKIY-SAXAROV
Natijalarni qayta ishlash:
1. Har bir sinaluvchi topshiriqlardan nechtasi ratsional va noratsional yo’l bilan yechganligini o’zi aytishi lozim. 1-5 topshiriqlar shartiga ko’ra, ular bitta yechim bilan hal etiladi va yechimlar ratsionaldir. 6-10 topshiriqlar uchun ratsional yechim esa arifmetik amallardan kam foydalanib yechiladi. 2. Eksperiment va nazorat guruhidan nechta sinaluvchilardan individual tartibda noratsional usuldan foydalanganligi aniqlanadi. TOPSHIRIQ. № 96. L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov metodikasi. VIGOTSKIY-SAXAROV metodikasi 1. Ushbu metod yordamida tafakkur aniqrog’i tushunchalarni mustaqil ravishda shakllantirish qobiliyati o’rganiladi. Ammo vazifani bajarayotgan bemorni kuzatish jarayonida uning emotsional realstillari, xukmlarini effektiv tarzda tashkillanishini buzilishi (deorganizatsiya)ga moyilligi aniqlanadi. 2. Tajribani o’tkazish uchun turli ko’rinishdagi yog’och figuralar to’plami (xar xil shakl va rangda)kerak bo’ladi. Bu figuralarga so’zlar yozilgan bo’ladi: ”bin”, ”stev”, ”gur”, ”lag”. Bufigura psixatriya institutining eksprimental katopsixologiya labaratoriyasi yani boshqa psixologik labartoriyalarda qo’llanilgan metodikalardan nusxa sifatida olingan bo’lishi shart. Metodika murakkab xisoblanib undan o’rta maxsus yoki oliy ma’lumotli bemorlarni tashxis qilishida foydalanish maqsadga muvofiq. 3. Bemor oldiga xamma figuralar betartib yozish bilan pastga qarab teriladi, yozuvlari bemorga ko’rinmasligi kerak. Bemor oldiga stolga bir chiziqchalik bo’sh joy qoladi. Eksprement o’tkazuvchi tushuntiradi: “Bu figuralar xar xil, lekin ular orasidagi bir turdagilari bor. Men sizga bittasini olib ko’rsataman (eksprement o’tkazuvchi ko’k rangli uchburchakni olib oldiga qo’yadi) ko’dingizmi?, bu uchburchakda “stev” yozuvu bor. Bu so’z xech qanday ma’noni anglatmaydi. Bu figuralarni bir sortini nomi xolos. Siz yani “stev” nomli figralarni topib ularni birinchi figura yoniga terishingiz kerak. Bu qiyin masala, chunki bir qarashda “stev” nomli figuralarni topish qiyin. Oldin taxmin qilasiz, xatolarni muxokama etasiz, fikrlaysiz va to’g’ri yechimni topa olasiz. Ishni bunday olib boramiz:-shakllarni teskari qilib ko’rish mumkin emas, chunki u yerda yozuvlar bor. Faqat men o’zim teskari qilishim mumkin. Siz bir tahmin qilib ko’rib sizningcha “stev” deb nomlanishi mumkin bo’lgan shaklni oldinga surasiz. Agar bemor figuralarni indamay tanlasa eksprement olib boruvchi unga “ nima uchun u bu figurani “stev” sortiga tegishli deb o’ylaydi?” degan savolni beradi va bemor so’zlarini yozib olib tanlangan figuralarni rasmini chizib qo’yadi. Ko’pincha bemor avval ikkilanib taxmin qiladi, mas. ”balki xamma ko’k ranglilaridir?”, “balki xamma uchburchaklardir?” deydi. U tanlashi uchun rag’batga muxtoj. Bunday xolatda ekspriment olib boruvchi “qilib ko’ring, urunib ko’ring” deydi va sinaluvchini faraziga ko’ra kerakli belgili figuralar oldinga surilishini kuzatadi va tekshiradi. Agar bemor ochiq figurani oldinga faqat bitta figurani tanlab qo’ysa (ko’pincha bu sariqrangli “stev” nomli uchburchak bo’ladi) ekspriment olib boruvchi “bunday figuralar bir nechta 5 6 ta bo’lishi kerakligini bitta bilan kifoyalanmaslikni aytadi. Bemor figuralarni tanlab bo’lgandan so’ng ekspriment olib boruvchi ulardan bittasini oladi (u “gur” yani “lak” bo’lishi mumkun), qolganlarini olmasdan joyiga qo’yadi. Bunda eskpriment olib boruvchi bemorga bu figura ham ko’k rangli (agar u ko’k ranglisini olgan bo’lsa), lekin “stev” emas yoki u ham uchburchak shaklida (agar u uchburchak shaklini olgan bo’lsa), lekin “stev” emas boshqa nom bilan nomlangan deydi. “Natijaga qaytib qo’yilganlar ichida “stev”lar bo’lishi mumkun, biz buni bilmaymiz” deydi ekspriment olib boruvchi. Bunday hol takrorlanadi har safar bemorni urinishidan so’ng. 4. Sog’lom odamlar odatda birinchi va ikkinchi urinishlarni oson qiladilar-shakli rangi bo’yicha keyin esa figuralarni xaqiqiy farqi topguncha -kattaligi bo’yicha bir muncha qiynaladilar. Bu belgini topishda qiyinchiligi shundaki kattaligi xuddi ikkita belgi asosida tuzilganday (asosi va balandligini kattaligi bo’yicha). Rangi va shakli bo’yicha oson belgilar kerakli belgi emasligi aniqlangandan so’ng ko’pchilik bemorlar o’zini yo’qotib qo’yadi va ularda fikrlashning aforektiv buzilishi kuzatiladi:ular intelektual imkoniyati qodir bo’lishi mumkin bo’lgan darajalaridan sustroq, pastroq darajadagi taxminlar, fikrlar bildira boshlaydilar. Mas. , tasniflash belgilashini topishdan ko’ra ular bu figuralardan xar xil konstreditsiyalar qurishni boshlaydilar. (qo’ziqorinchalar) va ularni bir birlariga yopishtiradilar va x. k. o. Bunday muvoffaqqiyat ko’proq ekspriment olib boruvchi maxoratiga og’liq bo’ladi. U bemorga me’yorida yordam berib, bemorni kuzatib, unga berayotgan malumotlardan foydalana olishligini tekshiradi. Agar bemor mantiqiy fikrlab uning to’rt urinishida vazifani bajarsa bu bemorni murakkab abstraksiya va mantiqiy fikrlash, xulosalash qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi. Ba’zida VGOTSKIY-SAXAROV metodikasini bemor tomonidan muvoffaqqiyatli yechish boshqa amaliyotlar bo’yicha bemorga aqli zaif deb qo’yilayotgan tashxis rad etiladi va bu xolatni boshqa sabablari aniqlanadi. Shunga xam e’tibor berish kerakki, eksprimentda bemor bergan xulosalarnigina emas, balki u qanday belgilarni tanlaganligini xam inobatga olishlari lozim. Yu. F.Polyakov ma’lumotlariga ko’ra bemorlar ko’pincha figuralarnikam uchraydigan belgilar, zaif belgilar bo’yicha guruxlashga urunadilar. Masalan: shizofrenik bemorlar “stev“ guruhiga tegishli figuralarni tovush o’tkazuvchanligi bo’yicha, yoki ularni tishlab ko’rib qattiqligi bo’yicha guruxlashga urinadilar. L.S.Vilotskiy fikriga shizofreniyaga chalinganlar abstrakt bog’lanishlarni topa olmasliklari, o’rniga ular vereltli bog’lanishlarni qo’yishadi degan fikrga bazi mualliflar qo’shilmaydilar. Saxarov metodi yordamida ko’plab ruxiy kasalliklarni tafakkuri o’rganilgan. Download 467.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling