To`raqo`rg`on tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 52


Fanning maqsad va vazifalari


Download 427.5 Kb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi427.5 Kb.
#1250001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MO\'M O\'UM

Fanning maqsad va vazifalari

Oliy matematika fani tabiiy matematik fanlar majmuasiga taalluqli bo’lib, talabalar uni I, II, III semestrlarda o’rganishadi. “Oliy matematika” fanining bosh muhim vazifasi, talabalarga “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Matematik programmalashtirish”, “Moliya matematikasi”, “Mikro va makroiqtisodiyot”, “Moliyaviy tahlil” shunga o’xshash qator iqtisodiy fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishi uchun zarur bo’ladigan tayanch bilimlarni beradi.

    1. Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajalari

Talabalar oliy matematika fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:
- matritsalar ustida amallarni hisoblay olishi, determinantning qiymatini uning ta’rifi va xossalariga ko’ra (jumladan Laplas teoremasidan foydalanib) hisoblashlari, matritsa rangi va teskari matritsalarni turli usullar bilan topa olishi;
- chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini tadqiq etishi va ularni turli usullar bilan yechimlarini topishi;
- chiziqli va Yevklid fazolarning ta’rifini aniq bilishi, vektorlarning chiziqli bog’liqligi va chiziqli erkliligini, vektorlar sistemasining rangini, fazoning bazisi va o’lchovini, fazo ostilarni bilishi;
- chiziqli va Yevklid fazolarda chiziqli operatorlarning boshlang’ich nazariyasini aniq bilishi;
- kvadratik formalar nazariyasini aniq bilishi;
- to’g’ri chiziq va tekislikning turli tenglamalarini bilishi, ular orasidagi burchaklarni hisoblay olishi, ularning parallellik va perpendikulyarlik shartlarini bilishi, nuqtadan to’g’ri chiziq va tekislikkacha masofani hisoblay olishi;
- ikkinchi tartibli egri chiziqlarni, ularning tenglamalari bo’yicha tahlil etishi va tasniflashi;
- differensiallash va integrallash formulalarini chalkashtirmasdan to’g’ri ishlata bilishi;
- elementar hisoblashda yaxshi tajribaga ega bo’lishni, qiyinchiliksiz berilgan funksiya uchun Teylor formulasini yozishi;
- integrallarni hisoblashda, qatorni yaqinlashishga tekshirishda zarur usullarni osonlikcha topa bilishi;
- differensial va integral hisobning tatbiqlarini bilishi;
- eng sodda differensial tenglamalarni yecha bilishi.

Download 427.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling