To`raqo`rg`on tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 52


O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Download 427.5 Kb.
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi427.5 Kb.
#1250001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MO\'M O\'UM

1.3. O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Mazkur fan o’quv rejasidagi “Iqtisodiy matematika”, “Amaliy matematika”, “Moliya matematikasi” va “Statistika” kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Fanni o’rganishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kurslarida olingan nazariy va amaliy bilimlar zarur bo’lsa, o’z navbatida bu fandan olingan bilimlar “Moliya“, “Bank ishi”, “Hisob va audit”, “Moliyaviy tahlil” va boshqa ko’plab iqtisodiy fanlarning umumiy nazariyasini chuqur o’zlashtirishda asosiy vosita vazifasini o’taydi.

    1. Fanni oʻqitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Oʻquv jarayoni bilan bogʻliq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar oʻqish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan va multimediya vositalaridan hamda keys-stadilardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, oʻylantiradigan muammolarni ular oldiga qoʻyish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Oliy matematika” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim - bu ta’lim oʻz mohiyatiga koʻra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini toʻlaqonli rivojlanishlarini koʻzda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bogʻliq oʻqish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv - ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini oʻzida mujassam etmogʻi lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha boʻgʻinlarini oʻzaro bogʻlanganligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yoʻnaltirilgan yondoshuv - shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, oʻquv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yoʻnaltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv - bu yondoshuv oʻquv munosabatlarini yaratish zaruriyatini, ya’ni ta’lim jarayoni sub’ektlarining psixologik jihatdan birligi va oʻzaro hamkorligini bildiradi. Uning natijasida shaxsning oʻz-oʻzini faollashtirishi va oʻz-oʻzini koʻrsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish - demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim - ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qaramaqarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qoʻllashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qoʻllash - oʻquv jarayoniga yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etishni anglatadi. “Oliy matematika” fanini oʻqitish jarayonida “Excel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular boʻyicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmogʻidagi rasmiy iqtisodiy koʻrsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi.
Oʻqitish usullari va texnikasi - ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, aqliy hujum, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
Oʻqitishni tashkil etish shakllari - dialog, polilog, muloqot hamkorlik va oʻzaro oʻrganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
Oʻqitish vositalari - oʻqitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekt) bilan bir qatorda – grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari - tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita oʻzaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari - kuzatish, blits-soʻrov, oraliq, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida oʻqitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari - oʻquv mashgʻuloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta koʻrinishidagi oʻquv mashgʻulotlarini rejalashtirish, qoʻyilgan maqsadga erishishda oʻqituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashgʻulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash - oʻquv mashgʻuloti jayonida ham butun kurs davomida ham oʻqitish natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlarini baholash.
Internet serverlariga joylashtirilgan rasmiy iqtisodiy koʻrsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch soʻz va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi.
“Oliy matematika” kursini oʻqitish modul tizimi asosida amalga oshiriladi va quyidagi modullardan iborat.

Download 427.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling