Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда
Avtotormoz texnikasining vazifasi nimadan iborat?
Download 343.21 Kb.
|
tormiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.Tormozlar nosozligi haqida malumotlar
8.Avtotormoz texnikasining vazifasi nimadan iborat?harakat teziigining oshishi va poyezd og'iriigining oshishi bilan tobora o sib bormoqda. Hozirda yo'lovchi poyezdlarining maksimal tezligi ba'y.i y o ‘nalish!arda140— 160 km/soat, Moskva—Sankt-Peterburg yo'nalishlarida esa 200 km/soatgacha, yuk va refrijerator vagonlarida esa 100-140 km /soatyetm oqda, Shuningdek, yuk poyezdlari og'irligi ham oshib bormoqda.Avtotormoz texnikasi harakatining uzluksizligini murakkab meteorologik sharoitda hamda katta yuk kuchlanganligi sharoitida ta ’minlash uchun avtotormoz nazorat punktlarida ishchilar, shuningdek, lokomotiv deposida ham doimo yuqori mustahkam likni ta’minlash orqali tormoz uskunalarini ta’mirlash texnologiya sini doimo takomillashtirish bilan bog'liq ko‘p ishlar bajarmoqda. Zamonaviy ishlatish sharoitlarida va yaqin kelajakda tormoz sistemalari turli qismlarga xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish, uni masofadan turib avtomashinist orqali boshqarish uchun uskuna va boshqa uskunalarning qo'llanilishi alohida e ’tiborga loyiq bo'lmoqda. Bunday masalalarni yechishda yutuqqa erishish uchun avto tormoz texnikasini ishlatish va yaratishga bog'lik bo'lgan tormoz qurilishi zavodining muhandis-texnik xodimlari, vagon va loko motiv xo'jahgining tarmoqli ко rxon atari, shuningdek, ilmiy xodim lari orasidagi ijodiy hamkoriikni har tomonlama kengaytirish va mustahkarnlash lozim. Shuningdek, chet el mamlakatlari tajriba larini har tomonlama va tanqidiy o'rganish hamda tormoz tizim larining kelajakda yanada takomillashgan ko‘rinishlarini yaratish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini clniqur olib borish talab etiladi.
9.Tormozlar nosozligi haqida ma'lumotlar? Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning rejali - ogoxlantirishini asosiy belgilanishi - tormoz uskunalarining ishlatishdagi mustaxkamligi va buzilishsiz ishlashini ta’minlashdan iboratdir. Bu esa yuqori sifatli ta’mirlashni bajarishda ilg‘or texnologiyani qo‘llash, mexnatni ilmiy tashkil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash, ishlab chiqarish novatorlari tajribasini va harakatdagi tarkibni ta’mirlash bo‘yicha eng zo‘r depo va zavodning tajribalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari muddati va xajmi tegishli xujjatlar bilan belgilanadi. Tormoz uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish TO - 1, TO - 2, TO - 3 da elektrovozlar, teplovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibni qabul qilishda, topshirishda va ko‘rikdan o‘tkazishda bajariladi. Texnik xizmat ko‘rsatishda parovozlarning profilaktik ko‘rigi, topshirilishi, qabul qilinishi, motorvagonli harakatdagi tarkibning, teplovozlarning, elektrovozlarning tegishli texnik xizmatlarining tegishli turlari orasidagi ishlash qobiliyatiga kafillik beruvchi tormoz uskunalarini to‘g‘irlab turish, sinash, holatining ko‘rigini amalga oshiradilar. Lokomotivlar va motorvagonli harakatdagi tarkibining TO - 1 texnik xizmatini lokomotiv brigadasi amalga oshiradi. Poezd elektrovozlari va teplovozlarining TO - 2 texnik xizmatini slesar - chilangarlar TXP (PTO) da, qoidasiga ko‘ra, zarur uskunalar, asboblar, ish qurollari va extiyot qismlari hamda kamaymaydigan texnologik g‘amlama materiallari bilan jihozlangan berk xonalarda bajaradilar. Elektrovozlar, teplovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning TO - 3 texnik xizmati va parovozlarning profilaktik ko‘rigini chilangarlar asosiy lokomotiv va motorvagonli depoda amalga oshiradilar. Tormoz uskunalarining ta’mirini parovozlarning yuvishdagi, ko‘tarishdagi va zavoddagi ta’mirini, elektrovoz, teplovoz, motorvagonli harakatdagi tarkibning galdagi va kapital ta’mirlanishida amalga oshiriladi. Eletrovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning galdagi TR-1,TR-2, TR-3 ta’mirida va parovozlarning depodagi ta’miri turlarida tormoz uskunalarining taftishini, almashinuvini yoki ba’zi qismlarini va detallarini tiklashni, sinashni va tormoz uskunalarini ta’mirlashning tegishli turlari orasida amalga oshiradilar, shuningdek tormoz uskunalarini modernizatsiyasini amalga oshiradilar. Elektrovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning KR - 1, KR - 2 kapital ta’mirida va parovozlarning zavoddagi ta’mirida tormoz uskunalarini modernizatsiyalashtirish, resurslarni to‘la yoki to‘laga yaqin bo‘lgan tiklash uchun tormoz uskunalarini zararlanganlarini, yemirilgan qism va detallarini yangilariga almashtirishni amalga oshiradilar. Tormoz uskunalarining ta’mirlanishini lokomotiv va motorvagonli depoda va lokomotiv ta’mirlash zavodlaridagi avtomatli bo‘limlarida (maydonlarida) havotaqsimlagichlardan tashqari amalga oshiriladi, chunki havotaqsimlagichlarni vagon depolaridagi avtotormozlarning nazorat qilish punktlarida ta’mirlanadilar. Tormoz uskunalarining ta’miriga depo master-ustasi rahbarlik qiladi. Motorvagonli harakatdagi tarkibni, elektrovozlarni, teplovozlarni galdagi ta’mirida tormoz uskunalarining ro‘yxatdagi ba’zilari yechib olinadi. Yuvish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlarida va parovozlarning profilaktik ko‘rigida ta’mirlash xajmi ishlab chiqarish maydonida bajarilgan asboblar yechib, demontaj qilinadi. Ta’mirlash uchun yechib olingan tormoz uskunalarini iflosliklardan tozalaydilar va yuvish mashinalarida yuvadilar. Asboblarni qismlarga ajratilgandan so‘ng, ularning detallarini rezinali mahsulotlardan tashqari, kerosinda yuviladi, kanallarini esa siqilgan havo bilan puflanadi. Tozalangan detallarni bosma-qog‘oz bilan quritib artiladi, shundan so‘ng avtotormoz uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha master-usta yoki bo‘lim (maydon) brigadiri ta’mirning hajmi va uning xarakterini aniqlaydi. Tormoz uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha chilangar, qoidaga ko‘ra, quyidagi agregat va asboblarni ta’mirlashga ixtisoslashtiriladi: kompressor va bug‘-havoli nasoslarni; mashinachi krani va yordamchi tormozlar; to‘g‘irlagichlar, rele va tormoz apparaturalari (ajratish kranlari, chiqarish klapanlari, yuqori bosim klapanlari va boshqalar); tormoz silindrlari, havoquvurlari va bug‘quvurlari; elektropnevmatik tormozlarni asboblari va apparatlari. Har bir chilangar tormoz uskunalarini ta’mirlaщda bajariladigan ish turiga ko‘ra tegishli uskunalar, asboblar yig‘indisi bilan taminlanadi. Chilangarning ish joyida tormoz uskunalarining asbob va detallarini ta’mirlash bo‘yicha texnologik xaritasi ilib qo‘yiladi. Detallar va barcha asboblarni ta’mirlanishni tugatgan chilangar so‘ng, o‘zining ustasi yoki brigadiriga ta’mirlashni sifatini tekshirish va sinash uchun topshiradi. Download 343.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling