Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда
Harakat tarkibida havoni yo‘qotilishini stansiya sharoitida tekshirish?
Download 343.21 Kb.
|
tormiz
10.Harakat tarkibida havoni yo‘qotilishini stansiya sharoitida tekshirish? Stansiyadan jo‘natiluvchi barcha poyezdlar infratuzilma egalari tomonidan tasdiqlangan, poyezdlarni tormozlar bilan ta’minlash normalariga tegishli bo‘lgan kafolatli siqilish ta’minlanishi kerak. Tormoz kolodkalarining siqilishi hisobi vagonlar, lokomotivlar, motor-vagonli harakat tarkibi va tenderlar uchun tegishli jadvallarda ko‘rsatiladi. Yo‘lovchi vagonlaridagi o‘qqa kompozitsion tormoz kolokalari siqilishining hisobli kuchlari cho‘yanli kolodkaga nisbatan qabul qilinadi. Agar ba’zi vagonlarning tormozlari yo‘lda ishdan chiqsa, istisno tariqasida poyezd oraliq stansiyadan vagonlarning texnik xizmati punkti bo‘lgan, mashinistga tezlikning cheklanganligi toʻgʻrisida ogohlantirish berilgan birinchi stansiyagacha, normalarda belgilangan tormoz siqilishiga nisbatan kamroq ko‘rsatkich bilan yetkazilishi kerak. Bunday poyezdlarni jo‘natish va yo‘lida davom ettirish tartibi temir yo‘l rahbariyati bo‘limining rahbari tomonidan o‘rnatiladi. Poyezdlar tarkibidagi yuk vagonlari, pochtali va bagajli vagonlarning haqiqiy og‘irligi poyezd hujjatlari, lokomotivning hisobiy og‘irligi va tormoz o‘qlarining soni bo‘yicha tegishli jadvallardan olinadi Barcha yo‘lovchi vagonlarining og‘irliklari kuzoviga yoki vagonlarning shvellerlariga bogʻliq holda, yo‘lovchilar, qo‘l yuki va anjomlarini vazni esa quyidagi belgilar bo‘yicha aniqlanadi: СВ (спальный вагон) va yumshoq 20 ta o‘rindiqli joylar uchun – 2,0 s, boshqa vagonlar uchun – 3,0 s; o‘tirish joylari bo‘lgan kupeli vagonlar uchun – 4,0 s, kupesiz plaskartli vagonlar uchun – 6,0 s, kupesiz plaskartsiz vagonlar uchun – 9,0 s, tezkor viloyatlararo vagonlar va yo‘lovchi poyezdlari uchun – 7,0 s, vagon-restoranlar uchun – 6,0 s. Yuk, yuk-yo‘lovchi va pochta-bagajli poyezdlar avtotormozlarining nosozliklari holatida, ya’ni masofani o‘tish (peregon) joyida ushlab turishda, poyezdlar tegishli normalarda ko‘rsatilgan tartibda qo‘l tormoziga va tormoz boshmoqlariga ega bo‘lishi kerak. Yo‘lda poyezdning barcha avtotormozlari ishdan chiqqan bo‘lsa, ular toʻliq tuzatilganidan soʻng yo‘lda davom etish mumkin. Aks holda poyezd yordamchi lokomotiv yordamida infratuzilma egasi o‘rnatgan tartibda peregondan chiqariladi. Yuk poyezdlarida lokomotivning ikkinchi mashinistiga boshqaruv topshirilgandan keyin yoki bosh lokomotiv kabinasidan boshqarish imkoniyati bo‘lmaganda, poyezd to‘xtaganida kabinalarni peregonda almashtirilgandan keyin, bosh rezervuardagi bosim 5,5 kgs/sm2 dan kamayib ketganda, bir yoki bir nechta peregondan o‘tish uchun yuk poyezdi boshiga qo‘shimcha lokomotiv ulanganda va ushbu lokomotiv ajratilgandan keyin, shuningdek 30 daqiqadan ko‘proq to‘xtab qolganda (ba’zi hollarda) avtotormozlarning quyidagi tekshiruvlari amalga oshiriladi.
Download 343.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling