Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда


Download 343.21 Kb.
bet14/24
Sana17.06.2023
Hajmi343.21 Kb.
#1538826
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
tormiz

To‘la ishlatib ko‘rish uchun yuk poezdlaridagi tormoz magistralida bosimni 0,06 - 0,07 MPa (temperatura - 30° S - 0,08 -0,09 MPa), yo‘lovchi poezdlarida temperatura qanday bo‘lishidan qat’iy nazar - 0,05 - 0,06 MPa kamaytiriladi. Berilgan kattalikka tenglashtirshp rezervuaridagi bosim pasaytirilgandan so‘ng, mashi­nachi krani ushlagichini iste’mol bilan perekrisha holatiga o‘rnatiladi.
Tormoz silindri shtokining chiqqanligi va asboblar harakatlanishini tekshirishda, tarkibdagi barcha vagonlar tormozlangan bo‘lishi kerak. Tormozlash bosqichidagi yuk vagonining shtoki chiqqanligi kompozitsiyali kolodkalarda 80 mm va cho‘yanli kolodkalarda 100 mm dan oshmasligi kerak.
Avtotormozning qo‘iib yuborilishi mashinachi krani ushlagichining poezdli (II) holatida amalga opshriladi. Mashinachi krani ushlagichini I holatida tormozlarni yuk tarkibida o‘qlar soni 350 dan oshiq yoki og‘irligi 6 ming tonnadan ko‘p bo‘lsa, qo‘iib yuboriladi.
Yo‘lda harakatlanganda avtotormozlarni to‘la ishlatib ko‘rilishi lokomotivdan bajariladi: lokomotivlar almashtirilgandan so‘ng; TXP mavjud bo‘lgan stansiyalarning birida lokomotiv brigadasining almashinuvidan keyin, lokomotivni harakatlanishi ishlatib ko‘rishgacha bo‘lgan vaqtda 600 km dan oshgan bo‘lsa.
Qiskartirilgan ishlatib ko‘rish avtotormozlarda quyidagilardan so‘ng bajariladi:
- ishlatib ko‘rish statsionar uskunada bajarilganda, lokomotiv
tarkibga jipslashtirilganda;
- lokomotiv brigadasi almashgandan keyin, agar lokomotiv poezddan ajratilmasa. Bunday hollarda qabul qiluvchi brigada poezd tormoz tarmog‘i zichligini tekshirishi va VU - 45 ko‘rinishidagi ma’lumotnomaga natijalarni yozib qo‘yishi shart;
- poezd tarkibidagi yengchalarning xar qanday ajratilishida, harakatdagi tarkibni yengchalarini birlashtirilishi natijasida, shuningdek tarkibdagi so‘nggi kran to‘silgandan so‘ng;
- elektropoezd boshqaruv kabinasi almashgandan keyin.
Yuk poezdlarida avtotormozlarni boshqaruvi peregonlarda ikkinchi lokomotiv mashinachisiga topshirilsa yoki nosozlik tufayli 20 min turilgandan keyin boshqaruv kabinasi almashtirilsa, bosh rezervuardagi bosimning pasayishi 0,55 MPa dan kamaysa avtotormozlarning quyidagi tekshiruvlari amalga oshiriladi: bosh rezer­vuardagi bosimni pasayishi bo‘yicha tormoz tarmog‘idagi zichlik tekshiriladi (VU - 45 ma’lumotnomasida yozilganidan 20 % ko‘p bo‘lmagan farqi bo‘lishi kerak); qo‘yib yuborish va tormoz magistralidagi bosimning kamayishi tormozlash bosqichida 0,06 - 0,07 MPa ga bajarilishi kerak; mashinachi yordamchisi birinchi besh vagonda tormozlarning harakatini tekshiradi. Bunday hollarda yo‘lovchi po­ezdlarida avtotormozlarning qisqartirilgan ishlatib ko‘rilishi bajariladi.
Tormozlarni to‘la ishlatib ko‘rilgandan so‘ng, kuzatuvchi yetakchi lokomotiv mashinachisiga poezdning tormozlar bilan ta’minlanganligi va ularning harakati to‘g‘irlangan to‘g‘risidagi VU - 45 ko‘rinishidagi ma’lumotnomasini toshpiradi.
Avtotormozlarning qisqartirilgan ishlatib ko‘rish to‘g‘risidagi belgilar, VU -45 ko‘rinishidagi ma’lumotnomasiga poezdda tarkib o‘zgarganda yoki tormozlar o‘chirib qo‘yilganda kiritiladi. Ma’lumotnoma topshirganda tormoz tarmog‘idagi zichlik haqidagi belgilarni kuzatuvchi, boshqa hollarda esa - mashinachi qiladi. EPT ning ko‘rigi, galdagi ta’miri va to‘la ishlatib ko‘rilishi poezdlarning aylanma va tashkil qilish punktlarida maxalliy instrukiiyalar va o‘rnatilgan texnologik jarayonlarga tegishli ravishda bajariladi. Oraliq stansiyalarda EPTning qisqartilgan ishlatib ko‘rilishi faqat lokomotiv almashtirilganda bajariladi, boshqa hollarda esa tormozlar holati nazorat sistemasiga ko‘ra baholanadi.
Tarkibning EPT ni ishlatib ko‘rishni SPA - 11 statsionar pultida yoki P - EPT qo‘zg‘aluvchan asboblarida bajariladi. Bu uskunalar, shuningdek, EPT ning asosiy nosozliklarini aniqlash imkonini ham beradi - simlarning uzilishi, yo‘nalishdagi qarshilikning oshganligi, qisqa tutashuv.
Kuzatuvchilar tormozning qo‘yib yuborishini barcha vagonlarda tekshiradilar.
Ishlatib ko‘rish tugatilgandan so‘ng, tarkib vagonlaridagi EPT elektr iste’moli o‘chiriladi.



  1. Download 343.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling