16.№305-000elektrohavotaqsimlagichi ning vazifasi va tuzilishi? Shartli №305-000 elektrohavotaqsimlagichi vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish Shartli №305-000 elektrohavotaqsimlagichi shartli №292-001 havotaqsimlagich bilan birga elektr pnevmatik tormozlar bilan jihozlangan harakat tarkibida qo‘llanadi (7.1-rasm). Uning vazifasi boshqa havotaqsimlagichlar kabi ishlashda, biroq farqi u elektr pnevmatik tormozdagina (ya’ni elektrlashtirilgan temir yo‘llardagina) ishlatilishi mumkin. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Elektr havo taqsimlagichning bir necha modifikatsiyasi qo‘llaniladi: - shartli №305-000 – lokomotiv tortuvli va ikki simli elektropnevmatik tormoz sxemasiga ega bo‘lgan yo‘lovchi tashish poezdlarida; - shartli №305-001 – to‘rt simli sxemaga ega bo‘lgan motorovagonli poezdlarda; - shartli №305-002 - rekuperativ-reostatli tormozga ega bo‘lgan elektr poezdlarda; 7.1-rasm. Shartli №305-000 elektr havotaqsimlagich tuzilishi: 1 - yarmo; 2,5 – vintlar; 3 - qopqoq; 4 – to‘g‘rilash klapani (diod); 6 - karkas; 7 - o‘zak; 8 - g‘altak; 9- metalli diafragma; 10- elekt qismi korpusi; 11,22- yakorlar; 12,16- qisqichlar; 13 - rezinali diafragma; 14 – pnevmatik rele korpusi; 15 - atmosferali (chiqarib yuborish) klapani; 17 - iste’mol klapani; 18,25,30 - prokladkalar; manjeta; 20 – pastki qopqoq (sokol); 21 - prujina; 23 - elektrik kontaktlar; 24 – kontaktli kolodka; 26 - ishchi kamera (RK); 27,3 – qayta ulash klapanini qopqog‘i;28,29 - zichlatgichlar; 32 - qayta ulash klapani; 33 - flanets; 34 - shpilka. - shartli №305-000 elektr havotaqsimlagich to‘rtta uzeldan iborat: ishchi kamerasi, elektr magnit ventillari bo‘lgan (perekrishalar va tormoz) elektr qismi, pnevmatik rele va uzib-ulash klapani. Shartli №305-000 elektr havotaqsimlagich konstruksiyasi va ishining batafsil bayonini [1 – 8] ishlardan topishingiz mumkin. 7.2 Shartli №305-000 elektrohavotaqsimlagichi xossalarini o‘rganish SHartli №305-000 elektr havotaqsimlagich elektr pnevmatik tormozlarning barcha ijobiy xossalarini ta’minlab beradi: tezda ishlab ketishi; tormozlanishning boshqariluvchanligi va bir tekisligi; tormoz kuchini rostlash imkoniyati; tormozlarni avtomat tarzda boshqarish va poezdni berilgan tezlikdan minimal chetlashish bilan harakatlantirishga ko‘proq moslashganlik. Biroq, ushbu elektr havotaqsimlagichning nuqsonlari ham mavjud: tormoz silindrlarida chegaraviy bosimning cheklanmaganligi; tormoz berishda har ikkala ventilni qo‘zg‘atish zarurligi; elektr usulida boshqarishda va elektr ta’minoti to‘xtatilganida tormozning o‘z-o‘zidan qo‘yib yuborilishi, bu esa elektr pnevmatik tormozlarni pnevmatik tormozga avtomat tarzda almashtiradigan qo‘shimcha moslamalar qo‘llanishini talab etadi.
17.Tormozni tizimlarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |