28.Avtorejim vazifasi, turlari, qo‘llanilish joylarini ayting.? Shartli №265-A avtorejimning vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan tanishish Vazifasi. Avtorejim tormoz silindridagi havo bosimini vagon yuklamasiga bog‘liq ravishda avtomat ravishda rostlab, kolodkalarning tormozlash uchun bosilishi koeffitsientini eng kichik chetlashishlar bilan berilgan darajada saqlab turadi; avtorejim tufayli havo taqsimlagichlar ishi rejimlarini qo‘lda o‘zgartirish zaruratining oldi olinib, tormozlanish samaradorligini oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Tuzilishi va ishlash prinsipi. Avtorejim uchta asosiy qism: dempferli qism, pnevmatik rele va kronshteyndan iborat (8.1-rasm). Dempferli qism ikki silindrsimon yuqori va quyi yuzalarga ega bo‘lgan korpusda yig‘ilgan. Yuqori bo‘shliqda ichi bo‘sh shtokli dempferli porshen joylashgan. Korpusning quyi silindrsimon qismida vilka va polzun bor. Pnevmatik rele korpusida ikki bo‘shliq mavjud. Quyi bo‘shliqda zichlovchi rezina manjeta va prujinali porshen joylashgan. Yuqori bo‘shliqda esa manjetli va egarli porshen mavjud. Avtorejim siqilgan havoning havo taqsimlagichdan tormoz silindriga o‘tish yo‘lida o‘rnatiladi (8.2-rasm). Tormoz berishda havo taqsimlagichdan keladigan siqilgan havo porshenning o‘ng tomonidagi bo‘shliqqa va undan keyin tormoz silindriga borib tushadi. Tormoz silindridagi bosim qiymati suxar holati, ya’ni richag elkalari nisbatini o‘zgartirish bilan belgilanadi. Shartli №265-A avtorejim xossalarini o‘rganish Harakat tarkibida avtorejimlarni qo‘llanilishi uning tormozli samaraborligini oshiradi, poezdlardagi bo‘ylama dinamik kuchlarning darajasini pasaytiradi, havotaqsimlagichning yuklanganligiga bog‘liq holda qayta ulash jarayonlari kerak bo‘lgan inson mehnatini bartaraf etadi hamda noto‘g‘ri ulashdan hosil bo‘lgan g‘ildiraklarning tiqilib qolish xolatlarini oldini oladi. 8.3 Shartli №265-A avtorejimning sinovi Zaryadlash bosimi 0,65 MPa (6,5 kgs/sm2) 1. Sinovga tayyorgarlik ko‘rish. Avtorejimning quyidagi parametrlari nazorat qilinsin: - halqa "V" ariqchasi (vitochkasi) avtorejim korpusidan vilka yuzasidagi chiqib turishi kamida 3 mm ga teng bo‘lishi shart. - avtorejim tirgagi va yuklanish rejimlarini o‘zgartirish mexanizmi tayanchi o‘rtasidagi "A" zazori 1 mm ga teng bo‘lishi kerak; - tirgakli gayka vilka uchidan 10mm dan katta bo‘lmagan qiymatga buralib olinishi mumkin. 2. Bosim datchigi rezervuaridagi siqilgan havo 0,3 MPa (3 kgs/sm 2) avtorejimini tekshirish. Yuksiz rejim. Sinalayotgan asbobga siqilgan havo uzatilsin. Tormoz silindridagi bosim 1 s dan katta bo‘lmagan vaqt davomida 1,13+0,005 MPa (1,3+0,05 kgs/sm2) ga teng bo‘lishi kerak. Tormoz silindridan 1 mm diametrli drossel tirqishidan havoning chiqib ketishi sun’iy ravishda hosil qilinsin. Tormoz rezervuaridagi bosimning tushishi cherez 1 daq dan so‘ng 0,03 MPa (0,3 kgs/sm2) 3 s dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Yuk ortilgan rejim. Dempferli qism porsheni 24 mm ga ko‘tarilsin va kamida 45 s tutib turilsin, shundan so‘ng sinalayotgan asbobga siqilgan havo uzatilsin. Tormoz rezervuaridagi havo bosimi 0,3+0,005 MPa (3,0+ 0,05kgs/sm2) bo‘lishi shart. Qo‘yib yuborish bajarilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |