Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда


Download 343.21 Kb.
bet16/24
Sana17.06.2023
Hajmi343.21 Kb.
#1538826
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
tormiz

24.Tormoz uskunalarini ta'mirlash? Texnik xizmat ko'rsatish va ta ’mirlashning rejali-ogohlanti rishining asosiy belgilanishi — torm oz uskunalarini ishlatishdagi mustahkamligi va buzilishsiz ishlashini t a ’minlashdan iboratdir. Bu esa yuqori sifatli ta’mirlashni bajarishda ilg'or texnologiyani qo'llash, mehnatni ilmiy tashkil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizasiyalash, ishlab chiqarish novatorlari tajribasini va harakatdagi tarkibni t a ’mirlash bo'yicha eng etakchi depo va zavodning tajribalarini qo'llash bilan amalga oshiriladi. Texnik hizmat ko'rsatish va t a ’mirlash ishlari muddati va hajmi tegishli hujjatlar bilan belgilanadi. Tormoz uskunalariga texnik hizmat ko'rsatish TO-1, TO-2, TO-3 da elektrovozlar, teplovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibni qabul qilishda, topshirishda va ko‘rikdan o ‘tkazishda bajariladi. Texnik xizmat ko‘rsatishda lokomotivlarning profdaktik ko‘rigi, topshirilishi, qabul qilinishi, motorvagonli harakatdagi tarkibning, teplovozlarning, elektrovozlarning tegishli texnik hizmatlarining tegishli turlari orasidagi ishlash qobiliyatiga kafillik beruvchi tormoz uskunalarini nazorat qilib turish, sinash, texnik holatining ko‘rigini amalga oshiradilar. Lokomotivlar va motorvagonli xarakatdagi tarkibning TO-1 texnik xizmatini lokonfotiv brigadasi amalga oshiradi. Poyezd elektrovozlari va teplovozlarining TO-2 texnik xizmatini slesar chilangarlar TXP (PTO) qoidasiga ko'ra, zarur uskunalar, asboblar, ish qurollari Va ehtiyot qismlari ham da kamaymaydigan texnologik zahira materiallari bilan jihozlangan berk xonalarda bajaradilar. Elektrovozlar, teplovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning TO -3 texnik xizmati va lokomotivlarning profilaktik ko‘rigini chilangarlar asosiy lokomotiv va motorvagonli depoda amalga oshiradi. 154Tormoz uskunalarining ta’mirini lokomotivlarni yuvjb, ko'tarishdagi va zavoddagi t a ’mirini, elektrovoz, teplovoz, motorvagonli harakatdagi tarkibning joriy va kapital ta’mirlanishida amalga oshiriladi. Elektrovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning joriy T R - 1, TR-2, TR -3 t a ’mirida va lokornotivlarning depodagi ta’miil turlarida tormoz uskunalarining taftishini, almashinuvini yoki b a ’zi qismlari va detallarini tiklashni, sinashni va tormoz uskunalari ta’mirlanishining tegishli turlari orasida. shuningdek, tormoz uskunalarining modernizatsiyasini bajarishda amalga oshiradilar. Elektrovozlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning KR-1. KR-2 kapital t a ’mirida va lokornotivlarning zavoddagi ta’mirida tormoz uskunalarini modernizatsiyalashtirish, resurslarni to'ia yoki to'laga yaqin boMgan tiklash uchun tormoz uskunalarining zararlanishdan chiqqan qism va detallari ni yangilariga almashti rishni amalga oshiradilar. Tormoz uskunalarining t a ’mirlanishini lokomotiv va motorva gonli depoda va lokomotiv ta’mirlash zavodlaridagi avtomat bo'lim larida (maydoniarida) havotaqsimlagichlardan tashqari amalga oshiriladi, chunki havotaqsimlagichlar vagon depolaridagi avto tormozlarning nazorat qilish punktlarida ta’rnirlanadi. Tormoz uskunalarining t a ’miriga deponing master-ustasi rahbarlik qiladi. Motorvagonli harakatdagi tarkibning, elektrovozlarning, teplovozlarni joriy ta’mirida tormoz uskunalari ro'yxatidagi ba’zilari yechib olinadi. Yuvish bilan bog'liq bo'lgan ta’mirlash ishlarida va lokornotivlarning profilaktik ko'rigida t a ’mirlash hajmi bo'yicha, ishlab chiqarish maydonida ta’mirlash bajarilgan uskunalar yechib, demontaj qilinadi. T a ’mirlash uchun yechib olingan tormoz uskunalarini iflos liklardan tozaiaydilar va yuvish mashinalarida yuvadilar. Uskunalar qismlarga ajratilgandan so'ng, ularning detallarini (rezinali mahsu lotlardan tashqari) kerosinda yuviladi, kanallari esa siqilgan havo bilan puflanadi. Tozalangan detallarni bosma-qog'oz bilan quritib artiladi, shundan so'ng avtotormoz uskunalarini t a ’mirlash bo'yicha master-usta yoki bo'lim (maydon) brigadiri t a ’mirning hajmi va uning xarakterini aniqlaydi. Tormoz uskunalarini t a ’mirlash bo'yicha chilangar, qoidaga ko'ra, quyidagi agregat va asboblami ta’mirlashga ixtisoslashtiriladi: k om pressor va bu g '-h av o li nasoslarni; m ash in a eh i krani va yordamchi tormoz uskunalari; to'g'irlagichlar, rele va tormozapparaturalari (ajratish kranlari, chiqarish klapanlari, yuqori bosim klapanlari va boshqalar); torm oz silindrlari, havoquvurlari va bug1 quvurlari; elektropnevmatik tormozlarning asboblari va apparatlari. Har bir chilangar tormoz uskunalarini ta’mirlashda bajari ladigan ish turiga qarab tegishli uskunalar, asboblar yig'indisi bilan ta’minlanadi. Chilangarning ish joyidagi devorda tormoz uskuna larining asbob va detallarini ta’mirlash bo'yicha texnologik xaritasi ilib qo'yiladi. Detallar va barcha asboblarning t a ’mirlanishini tugatgan chilangar o ‘zining ustasi yoki brigadiriga t a ’mirlash sifatini tek shirish va sinash uchun topshiradi.


  • Download 343.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling