Tormozni qisqa tekshirish va texnologik tekshiruv? Қуйидаги вазиятларда
Tormozlash asbob va uskunalariga nimalar kiradi?
Download 343.21 Kb.
|
tormiz
Tormozlash asbob va uskunalariga nimalar kiradi?
20.Tormozlarni sinab ko‘rish usullari? Tormoz uskunalarini tayyorgarligi va xizmati sistemasi poezdlarning kafillik maydonlarida to‘xtashsiz yo‘nalishini ta’minlaydi. Avtotormoz uskunalarining galdagi ta’mirini TXP (texnik xizmat punkta) xillariga bo‘lish stansiyalarida kelish va jo‘nash parkida maxsus kuzatuvchilar va chilangarlar brigadasi ko‘pguruxlilik usulida bajaradilar; guruxlar soni tarkib uzunligi va tez-tez xarakatlanishiga ko‘ra aniqlanadi. Poezdning kelish parkidagi ko‘rigi davomiyligi 15 min o‘rnatilgan. Jo‘nash parkida ishchilar guruhi soni tarkibni ishloviga o‘rnatilgan umumiy vaqtdan kelib chiqqan holda va bir o‘qqa normalari bo‘yicha aniqlanadi: 80 o‘qqacha bo‘lgan tarkiblarda 1 min/o‘q va katta uzunlikdagi tarkiblarda 0,75 min/o‘q. Kelish parkida poezd dum qismida ishlovchi guruh ko‘rikni yurib, chegarali ustundan boshlaydi, bosh qismini ko‘rayotgan guruh esa, poezd to‘xtagandan so‘ng, tormozlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni mashinachidan olgandan keyin boshlaydi. Lokomotiv ajratilgandan, to‘xtatilgandan va tarkib to‘silgandan keyin ko‘rik bajariladi: yemirilgan va noto‘g‘ri o‘rnatilgan tormoz kolodkalari (kompozitsiyali o‘rniga cho‘yanli va aksincha), buzilgan havotaqsimlagichlar, triangellar, saqlovchi uskunalar, tormoz silindrlarining shtokini chiqqanligining oshganligi va boshqalar, vagonga bo‘r bilan belgilanuvchi nosozliklar (bu belgilarga ko‘ra tormoz uskunalarini ta’mirini jo‘natish parkida, tormozlarni zaryadkalash va ishlatib ko‘rishga qadar bajaradilar). Bir vaqtning o‘zida chilangarlar chiqarish klapanlari yordamida tormozni qo‘yib yuboradilar va tarkibni manevrli harakatlarga tayyorlaydilar. Jo‘natish parkida yemirilgan tormoz kolodkalarini, buzilgan havotaqsimlagichlarni, avtorejimlarni, ulash quvurchalarini, bashmoqlarni almashtiradilar, richakli uzatishlarni to‘g‘irlaydilar, yetishmagan namunaviy shplintlarni va shaybalarni vagon yukni tushirish punktiga qadar normal yurishini inobatga olib, o‘rnatadilar. Jo‘natish parkidagi tarkibni ko‘rigi va ta’miri vaqti tormozlarni tekshirish uchun ketadigan 10 min bilan birgalikda 30 min dan oshmasligi kerak. Poezd tarkibiga vagonda quyidagi nosozliklardan bittasi ham uchrasa ulash taqiqlanadi: nosoz havotaqsimlagich, avtorejim, so‘nggi yoki ajratish kranlari, tormoz silindrlari, g‘amlama rezervuarlar; zararlangan havoo‘tkazgichlari (yoriqlar, qirilganlik, uzilishlar yoki birlashish yengchalarining qatlamlanishi, quvurli o‘tkazgichlardagi pachoqlanish yoki singanlik, zichligi eshitish orqali aniqlanadigan ularning birlashmasini bo‘shab qolganligi); nosoz triangellar, osmalar, richaklar, tortgichlar, avtoto‘g‘irlagichlar, bashmoqlarda "zavarni" hosil bo‘lishi, richakli uzatish detallarida yoriqlar va singanlikning mavjudligi, cho‘yanli kolodkada singanlik, kompozitsiyali kolodka karkasida singanlik yoki yoriqning mavjudligi; saqlovchi uskunalarning nosozligi yoki umuman yo‘qligi; detallar birlashganligining bo‘shab qolishi, namunaga to‘g‘ri kelmaydigan shplintlarning yoki boshqa detallarning o‘rnatilishi. Yengchalar birlashtirilgandan va magistralga siqilgan havo uzatilgandan so‘ng, chilangarlar kelish parkida kuzatuvchilar tomonidan belgilangan nosozliklarni va havo chiqib ketishini yo‘qotadilar. Vagonni yuklashga tegishli ravishda va poezd yo‘nalishi marshruti bo‘yicha yo‘l ko‘rinishiga qarab, havotaqsimlagichni ma’lum bosqichda ishlatadilar. Kuzatuvchilar tormozlarni joylashuvini va yoqilishini, bajarilgan ta’mirning sifatini tekshiradilar, zarurat tug‘ilib qolsa, chilangarlarga yordam beradilar. Avtotormozlarni ishlatib ko‘rishning ikki turi o‘rnatilgan: to‘la - bunda poezd tormoz tarmog‘ining zichligi poezd tarkibidagi har bir vagonning tormozi ishi tekshiriladi va tormoz kolodkalarining siqilishi hisoblanadi; va qisqartirilgan - bunda so‘nggi vagon tormozi harakatiga ko‘ra tormoz magistralining o‘tkazuvchanligi tekshiriladi. Tormozlar ta’mirlanishi tugagandan keyin ularni to‘la ishlatib ko‘rish statsionar uskuna tomonidan amalga oshiriladi. Download 343.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling