Тортув электор моторлар температурасини автоматик ростлаш


EHTda tortuv elektr motorining roli va unga ta’sir etuvchi faktorlar


Download 1.45 Mb.
bet3/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1623418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tayyor

2. EHTda tortuv elektr motorining roli va unga ta’sir etuvchi faktorlar.
Elektr xarakatlanuvchi tarkib va avtonom transport vositasiga elektr yuritma bilan o‘rnatiladigan elektr mashina tortuvchi elektr mashina deb ataladi.
Tortuv elektr motorlarning ishga yaroqliligi va ekspluatatsiya qilish sifati uning parametlariga va ekspluatatsiya qilish shartlariga mos xolda bog‘liq bo‘ladi. Ekspluatatsiya qilish shartlarini xarakterlovchi alohida kursatkichlari parametrik, determinatsion xarakterdagi yoki bexosdan yuzaga keluvchi ta’sirlar va bir teksda bo‘lmagan xolatlar bilan belgilanadi. Tortuv elektr motorlarining ishga yaroqliligini ta’minlash qiyin, chunki kup turdagi ta’sirlar va bir tekisda bo‘lmagan xolatlar bo‘lganligi uchun ularning chegaradan chiqishlari bo‘ladi.
Tortuvchi elektr yuritmalar o‘zining rivojlanishi davomida takomillashtirilib kelinmoqda, bunda tortuv elektr mashinasining parametri va xarakteristikalari sifat jixatidan yaxshilanmoqda.
TEMning ish sharoiti umum ishlattiladigan el.mashinalar ish sharoitidan tubdan farq qiladi.
TEM kuzovda ekipajning tagida yoki g‘ildirak stupetsasida o‘rnatiladi, shuning uchun ularga tashqi muhit ko‘p ta’sir qiladi.
Motorga sovutish xavosi bilan birga chang, suv, qishgi vaqtlarda esa qor ham tushadi. SHuning uchun TEMlari shunday xisoblanishi lozimki, ular faqatgina nominal rejimga ishlab qolmasdan balki, tok bo‘yicha o‘ta yuklanishda va yuqori aylanish chastotasi rejimlarida ham ishlashi lozim bo‘ladi. Bularning barchasi tortuv mashinalarining komutatsiyaga mustaxkamligiga yuqori talablar qo‘yadi. Tortuv mashinalari komutatsiyasi kontakt o‘tkazgichida kuchlanishning tezda tushishiga sabab bo‘ladi va uni olib ta’mirlash qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.


2.1. Tortuv elektr motorlarning ishlash xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
Tortuv elektr motorlarning ishga yaroqliligi va ekspluatatsiya qilish sifati uning parametlariga va ekspluatatsiya qilish shartlariga mos xolda bog‘liq bo‘ladi. Ekspluatatsiya qilish shartlarini xarakterlovchi alohida kursatkichlari parametrik, determinatsion xarakterdagi yoki bexosdan yuzaga keluvchi ta’sirlar va bir teksda bo‘lmagan xolatlar bilan belgilanadi. Tortuv elektr motorlarining ishga yaroqliligini ta’minlash qiyin, chunki kup turdagi ta’sirlar va bir tekisda bo‘lmagan xolatlar bo‘lganligi uchun ularning chegaradan chiqishlari bo‘ladi.
Tortuv elektr mashinalariga ichki va tashqi dinamik kuchlar ta’sir kursatadi. Elektr mashinalarining ba’zi qismlariga ta’sir etuvchi ichki dinamik kuchlar konstruktiv kursatkichlarga nisbatan xisoblangandan texnologik va ekspluatatsiya qilishda, farq qilganligidan yuzaga keladi:
-kollektor ishchi yuzasidagi uzgarishlar,
-yakorning balansirovkasi tug‘ri bo‘lmasa,
- tortuv uzatgichning va motorni osish detallarning buzuqligi.
Eng qatta tashki dinamik kuchlar poezd harakatlanganda EHTning harakatlanuvchi qismi va relslar orasida o‘zaro ta’siridan yuzaga keladi. Bu impuls kuchlarning Ru qiymati asosan mumkin bo‘lgan dinamik tezlanish ag bilan harakterlanadi:

Bunda
m,G-dinamik tezlanish ta’sirida bo‘lgan qisimning massasi va og‘irligi
-dinamik tezlanishning nisbiy qyimati; =ag/g (bu erda g –jisminingerkin tushish tezlanishi).
Tayanch-o‘qli osilgan tortuv elektr motorlari uchun tajriba ma’lumotlariga asosan uta yukori harakat tezligida ga teng bo‘ladi. Ramaga osilgan motorlar uchun ga teng. Kuzovda joylashtirilgan mashinalar uchun ga teng.
YAkor qisimlari uchun eng yuqori tezlanish (bu erda M-tortuv uzatgichning uzatishlar nisbati)
Dinamik tezlanish mashinaning ba’zi qisimlarining mustahkamligiga ta’sir qilmasdan ,tok qabul qilish jarayoniga ham ta’sir qiladi.
Tortuv motorlari yo‘lga nisbatan yaqin joylashgan bo‘ladi, shuning uchun poezd harakatlanish vaqtida havo oqimi bilan birga iflosliklarning qirishini oldini olish choralari kurilish zarur. Tortuv motorlarini shamallatish uchun 100-150 m3/min. miqdordagi havo oqimi zarur bo‘ladi. Motorning shamollatish tizimiga kiradigan havo tarkibida chang, hamda tormoz tizimi kolodkalarini emirilishiga olib keladigan metall qisimlari bo‘ladi. Havodagi changning tarkibi 14-30 mg/m3 gacha etadi. Qorli izg‘irinda motorga qiradigan havo tarkibida 20-25g/m3 gacha qor bulishi mumkin. Bu iflosliklardan tuliq xolos bo‘lishining imkoniyati yo‘q.
Qisman bo‘ladigan uta ifloslanish shetka va kollektorning uta emirilishiga olib keladi,chunki tortuv motorlarida shetkani ko‘proq siqishga tug‘ri keladi. Ifloslanish mashinaning barcha qisimlari izolyasiyasi xolatini va uning shamollatish shartini buzadi. Agar ichki shamollatish kanallari ifloslansa uning yuzasidan issiqlik tarqalishini 3 marta kamaytiradi. Ish jarayonida tortuv motorlari ish rejimlarining o‘zgarishi ta’sirida uning zanjirida tok 0,25In dan 2 In gacha o‘zgaradi. Tokning maksimal qiymati Imax=KuyuIn bo‘ladi, bunda Kuyu –o‘ta yuklanish koefitsienti, ko‘pincha ga teng bo‘ladi. Tokning tebranishi, quvvat isrofini E yana ham qatta tebranishiga olib keladi
dan gacha,
bu erda r-chulg‘amlar qarshiligi.
Bu esa chulg‘amlar izolyasiyasining qizish tempiraturasini ancha o‘zgarishiga olib keladi, bu uning ishlash vaqtini kamaytiradi. Tortuv motorinimng ishlash davomida ko‘pgina utish jarayoni yuzaga keladi, buning yuzaga kelishiga tizimga kiruvchi kinetik AK va elektromagnit AU energiya yig‘uvchilari sezilarli ta’sir qiladi
va
Bunda m,V-mos holda tizim elementlarining massasi va tezligi
L,I –mos holda elementlarning induktivligi va zanjirdagi tok.
Utkinchi jarayon davomida energiya yig‘uvchining ta’siri qancha kuchli bo‘lsa, m va L larning qiymati hamda , larning o‘zgarish intensivligi shuncha qatta bo‘ladi. Tortish rejimida agar qisqa tutash bo‘lganda rekuperativ tormoz rejimida ga teng bo‘ladi. Bu xolda kommutatsiya o‘ta yuklanishini yuzaga keltiruvchi induktiv E.YU.K. hosil bo‘lishi mumkin.

Bunda -tortuv motorning nominal kuchlanishi.
Bunday og‘ir turg‘un bo‘lmagan jarayonlar qisimlari kuchlanishning qayta tiklanishi, boksalanishi va boshqalarda yuqori konstruktiv zaxira bo‘lishi talab etiladi. Tortuv elektr motorlarini tayyorlashda va ekspluatatsiya qilishda ularning xarakteristikalari mos tushmasligi mumkin bo‘lgan holdir. GOST2582-81 standarti kupincha quzg‘atish tokining uta keskin pasayishida tezlik xarakteristikasining sezilarli og‘ishiga ruxsat etiladi. Misol uchun 1.1-rasmda Tl-2K motorning shunday xarakteristika-lari keltirilgan. Motorning xaqiqiy xarakteristikalari shtrixlangan qism bilan chegaralangan. Xarakteristakaning yana ham katta mos kelmasligi g‘ildirak –motorli blokni g‘ildirak diametri farq qilganda ekspluatatsiya qilinsa yuzaga keladi.
Agar motorning xarakteristikalari bir hil bo‘lmasa,unda birinchi va ikkinchi motor I1va I2 toklarning qatta farqi yuzaga keladi, ,bunda
Motor toklarining farqi chulg‘amlardagi isroflarda namayon bo‘ladi:

Bunda Ii va ri –mos holda chulg‘amning toki va qarshiligi.
Ikki motor quvvatining elektr isroflari farqi


1-Rasm. Tortuv elektr motorlar tezlik xarakteristikasining ruxsat etilgan chegaraviy grafigi.

Quvvat isrofining mos kelmasligining 2 martadan yuqori bo‘lishi toklarning ham mos kelmasligiga olib keladi. Bu bazi mashinalar chulg‘amlarining o‘ta qizishiga olib keladi va ular izolyasiyasining chidamligini pasaytiradi. Tortuv elektr mashinalarining kurib chiqilgan ta’sirlardan va bir teksda bulmaslikdan tashqari, tashqi muhit temperaturasi va kuchlanishning bir teksda bo‘lmasligi, sovutish havosining bir teksda taqsimlanmasligi va boshqalar ham ta’sir qiladi. Tortuv elektr motorlari lokomotivlarning yuqori tortish va energetik xususiyatlarini ta’minlovchi xarakteristikaga ega bo‘lishi lozim. Ularning mustahkamligiga ham o‘ta yuqori talab qo‘yiladi. Poezdlarning xavfsiz xarakatini ta’minlash shartiga kura tortuv elektr motorlarini osish qurinmalari buzilganda yo‘lga tushib qolmasligi lozim bo‘ladi. Bu xolatning yuzaga kelmasligi uchun tortuv motorlari konstruksiyasiga saqlovchi kronshteyn urnatish kuzda tutilgan.


Tortuv mashinalari ta’mirlashga layokatli bo‘lishi lozim. Tortuv elektr mashinalarini ekspluatatsiya qilishda ularning energetik kursatkichlariga va asosan foydali ish koefitsientiga (FIK) yuqori talablar qo‘yiladi. Ekspluatatsiya qilishning bu talablari mashinalar solishtirma kursatkichlarini kamaytirish xaqidagi talablarga teskari bo‘lishi mumkin massasi mu va har xil materialar sarflangan (mis, izolyasiya va boshqalar) quvvat birligiga nisbatan .
Ixtiyoriy materialning quvvat birligiga nisbatan sarfi

Bu erda -i-chi motorga tug‘ri keladigan material massasi
CHulg‘amning massasini kamaytirish uchun utkazgichning kundalang kesimi yuzasini kamaytirish lozim bo‘ladi

Bunda -k-chi utkazgichdagi tok, -k-chi utkazgichdagi tokning zichligi
Biroq bu utkazgichlardagi tok zichligining oshishiga olib keladi, shu bilan birga quvvat isrofining oshishiga ham olib keladi

Bunday karama –qarshiliklarni hal qilishda masalan utkazgichning kundalang kesimi yuzasini tanlashda texnik-iqtisodiy hisoblashlarni bajarish kerak bo‘ladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling