Тортув электор моторлар температурасини автоматик ростлаш


HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI


Download 1.45 Mb.
bet7/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1623418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Tayyor

HAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI

ELEKTR YORITISH QURILMALARINI HISOBLASH.
4.1. Elektr yoritish qoidalari va me’yorlari.
YOritish qurilmasi mumkin qadar kam elektr energiyasi va pul mablag‘ini sarflab talab qilingan ko‘rish sharoitlarini ta’minlashi lozim.
«Talab qilingan ko‘rish sharoitlari» ifodasi ayrim tushintirish kiritishni talab qiladi. Xaqiqatdan ham, ko‘rish sharoiti nima bilan tasniflanadi va ular qanday me’yorlanadi? Ko‘rish sharoiti ravshanlikning ko‘rish maydonidagi rejasi va taqsimlanishi bilan aniqlanadi, chunki yuqorida ko‘rsatilgandek bizning ko‘rish organlarimiz ravshanlikni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qiladi. Amaliy sharoitlarda ravshanlikni hisoblash va o‘lchash juda ko‘p qiyinchiliklar bilan bog‘liq. SHuning uchun ish yuzasidagi yoritilganlik darajasini me’yorlashda uning qaytarish koeffitsenti hisobga olinadi. Bizning kundalik tajribamiz shuni ko‘rsatadiki, biror ishning o‘zini har xil darajadagi yoritilganliklarda bajarish mumkin.
Izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yuqori chegaradagi yoritilganlik pastkisiga nisbati 106 tartibda bo‘lishi mumkin. Ammo bunda ko‘rish organlarining ishlash sharoitlari bir xilda qolmaydi. Masalan, 0,1 lk yoritilganlikda ham o‘qish mumkin, ammo bu ko‘zni charchatib unga tuzatib bo‘lmaydigan zarar keltiradi. YOritilganlikni ko‘tarsak, masalan 50 lk dan boshlab o‘qishdagi tolish tez kamayadi va ruhsat etilgan chegaraga keladi. Bunday darajadagi yoritilganlik gigienik minimum deb qabul qilingan. Har qanday ishlab chiqarish operatsiyasini bajarish uchun eng qulay yoritilganlikni topish mumkin, bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning arzon tan narxini ta’minlaydi.
YOritilganlikni ko‘tarishni davom ettirsak ko‘rish qulayligiga, ya’ni har qanday operatsiyani bajarishga etadigan yoritilganlikka erishish mumkin. Ko‘rish qulayligini ta’minlashga kerak bo‘ladigan yoritilganlik ishlatilayotgan yorug‘lik manbalari nurlanishining spektral tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan yoritilganlik me’yorlari hamma korxona va uyushmalar uchun majburiy hisoblanadi. YOritilganlik me’yorining qiymati bir qancha faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ulardan asosiylariga qo‘yidagilar kiradi:
1) ko‘rilayotgan detal ish yuzasining qaytarish koeffitsenti. Qaytarish koeffitsenti qancha kata bo‘lsa, uning yorqinligi shuncha katta bo‘ladi va boshqa teng sharoitlarda ish yuzasiga kam yoritilganlik kerak bo‘ladi:
2) ko‘rilayotgan detalning eng kichik burchak o‘lchami (detal kichik o‘lchamining undan ko‘zgacha bo‘lgan masofaga nisbati);
3) fon va detal orasidagi tiniqlik;
4) ko‘rish kuchlanganligini nisbiy davomiyligi;
5) yuzalarning ko‘rish maydonida atrof foni ravshanligidan katta farq qiladigan ravshanlik bo‘lishi;
6) ish jarayoniga jarohatlanish xavfi darajasi.
YOritilganlikni tanlashda asosiy me’yoriy xujjat sifatida «Qurilish me’yorlari va qoidalari» [«Stroitelnыe normы i pravila» (SNiP)] misol bo‘ladi.
Loyixachilar va ekspluatatsiya qiluvchilar ishini engillashtirish uchun yoritilganlikning soha me’yorlari hizmat qiladi, ular xalq xo‘jaligining u yoki bu sohasiga xos bo‘lgan spetsefik ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan holda umumiy me’yorlar asosida tuzilgan. Soha me’yorlari aniq va keng tushunchali ko‘rsatmalardan iborat bo‘lib loyixalash amaliyotida qabul qilingan bir xil echimlar bilan ta’minlaydi.
YOritilganlik sifati faqat yoritilganlik darajasi bilan aniqlanmaydi, u quyidagi asosiy sharoitlar yig‘indisidan iborat:

  1. ish yuzasi bo‘ylab yoritilganlikni bir tekisda taqsimlash;

  2. ish yuzasida soyalarning bo‘lmasligi;

  3. vaqt ichida yoritilganlikning doimiyligi;

  4. ko‘rish maydonida qamashtiruvchi yorqinliklarni bo‘lmasligi;

  5. nurlanishning spektral tarkibi.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling