Тортув электор моторлар температурасини автоматик ростлаш
Download 1.45 Mb.
|
Tayyor
4.2. YOritish turi va tizimi.
Ish yoritish yoritishning asosiy turi hisoblanadi. U berilgan xonada normal ko‘rish sharoitini yaratishga mo‘ljallangan. Ish yoritishi, asosan yoritgichlarning umumiy yoritishi yoki umumiy va maxalliy yoritishlar yordamida bajariladi. Elektr qurilmalari tuzilishi tasnifiga binoan qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish xonalarining ko‘pchiligi elektr toki ta’sirining yuqori va o‘ta xavfli kategoriyali xonalariga kiradi. SHuning uchun ko‘chma yoritishni loyixalashda xavfsizlikni ta’minlashga juda katta e’tibor berish kerak. Ish yoritishi o‘chgan mahallda ishni davom ettirish yoki odamlarni evakuatsiya qilish uchun avariya yoritishi ishlatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida yoritishdagi qisqa tanafus texnologik siklning buzilishiga va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, ya’ni avariya, ishlayotgan odamlarning jarohatlanishiga, katta material yo‘qotishlariga va x. k. SHuning uchun avariya yoritishini talabga qarab ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ish joylarida ishni davom ettirilishi uchun kerak bo‘ladigan avariya yoritishini qiymati normal sharoitda o‘rnatilgan yoritilganlikning eng kamida 5% ta’minlashi kerak. Bunday hollarda ish yoritishida ishlayotgan yoritgichlarning bir qismini elektr ta’minotining rezerv manbaiga ulash bilan amalga oshiriladi. Avariya yoritishni elektr energiyasining bog‘liq bo‘lmagan ichki manbaiga (akkumulyator batareyasi va x.k.) ulash bilan to‘liq ishonchli ishlash sharoiti ta’minlanadi. CHo‘g‘lanma lampalar avariya yoritishi uchun eng qulay yorug‘lik manbai hisoblanadi. Lyuminessent lampalar ham ishlatish mumkin, agar rezerv ta’minot o‘zgaruvchan tok tarmog‘i bo‘lsa, undagi kuchlanish esa avariyadan keyingi rejimda 0,9 Un qiymatni tashkil etsa, xonadagi havo harorati 100 S dan kam bo‘lmasa. Evakuatsiya uchun avariyaviy yoritishni ishlayotganlar soni 50 kishidan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish xonalariga va bir vaqtning o‘zida 100 kishidan ortiq odam bo‘lgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xonalarda o‘rnatiladi. Xona eshiklarida yorug‘lik ko‘rsatkichlari qo‘yiladi. Bolalar bog‘chalarida, beshdan ortiq qavatli yashash uylarida ham evakuatsiya qilish uchun avariya yoritilishi ishlatiladi. Odamlarni evakuatsiya qilish uchun o‘rnatilgan avariya yoritilishining yoritilganligi zinapoya bosqichlari va asosiy yuriladigan yo‘lning polida 0,5 lk dan bo‘lmasligi va tashqi qurilmalarda 0,2 lk bo‘lishi kerak. Avariya yoritish yoritgichlariga xizmat ko‘rsatishda qo‘laylik bo‘lishi uchun ular ish yoritish yoritgichlaridan ajralib turishi kerak. YOritishning umumiy, maxalliy va aralash tizimlari mavjud. Umumiy yoritish hamma yoritilayotgan maydonda ularning ish yuzasini hisobga olgan holda, kerakli ko‘rish sharoitini yaratishga mo‘ljallangan. U bir tekis yoki lokallashtirilgan bo‘ladi. Umumiy bir tekis yoritish xonaning hamma maydonida berilgan darajadagi yoritilganlikni bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi va odatda bir xil balandlikda joylashgan, turi va quvvati bir xil bo‘lgan yoritgichlardan hosil qilinadi. Umumiy lokallashtirilgan yoritish yoritilayotgan maydonning har xil qismida bir biriga teng bo‘lmagan yoritilganlikni yaratadi. Har bir yoritgich yoki gurux yoritgichlarining turi, joylashishi va quvvati shaxsan ish joyining xususiyatlari va o‘rnatilishiga qarab tanlanadi. Umumiy lokallashtirilgan yoritish tizimi bir tekis yoritishga nisbatan yorug‘lik oqimining kerakli yo‘nalishini ta’minlaydi, ishchining o‘zidan yoki uskunadan tushayotgan soyani yo‘qotib ish yuzasini yaxshiroq yoritadi. Bunda qurilmaning iste’mol quvvati, umumiy bir tekis yoritishnikidan kamroq bo‘ladi. Maxalliy yoritish faqat ish yuzalarida kerakli yoritilganlik darajasini ta’minlashga hizmat qiladi. Mahalliy yoritish yoritgichlari (statsionar yoki ko‘chma) odatda ish yuzasining yaqinida o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida faqat mahalliy yoritishni qo‘llash ta’qiqlanadi. Uni albatta xonaning umumiy yoritishi bilan qo‘shib ishlatilish kerak. Aralash yoritish ish yuzasi atrofida umumiy va mahalliy yoritish bilan birgalikda talab qilingan yoritilganlikni hosil qiladi, qolgan maydon faqat umumiy yoritish bilan yoritiladi. Aralash yoritish uchun o‘rnatilgan me’yor, bitta umumiy yoritishga qaraganda kam quvvat talab qiladi. Aralash yoritish tizimining kamchiligiga, umumiy yoritish tizimiga nisbatan, ko‘proq kapital harajatlar qilinishi kiradi. Umumiy yoritish tizimini ishlatilishi: a) nisbatan sifatiga katta talab qo‘yilmaydigan ishlar bajariladigan xonalarda; b) ish yuzalari katta zichlikda joylashgan yoki ish butun maydonni egallagan xonalarda; v) jamoaga mo‘ljallangan o‘quv, idora va boshqa xonalarda. Aralash yoritish tizimlarini qo‘llashning dastlabki shartlari: a) yoritilganlikka talab yuqori darajada bo‘lganda; b) ish joylarining zichmas va to‘planib joylashish hollarida; v) yorug‘lik oqimi yo‘nalishga aniq yoki o‘zgaruvchan talab qilinganda; g) umumiy yoritishning ish yuzalariga uskunalarning soya solishi natijasida yaxshi etib bormagan hollarda. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling