Toshkanov Umidjon Abdurashid o'g'li Biologiya-210 Mavzu: Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari. Reja 1


Download 74.18 Kb.
bet3/6
Sana09.02.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1181334
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari

Organoidlarning biogenezi. Organoidlarning biogenezi juda ham keng bo'lganligi uchun biz quyida uchta asosiy organoid, ya'ni xloroplastlar, mitoxondriyalar va membranalar biogeneziga old ayrim hollarni ko'rib chiqamiz.
Xloroplastlar biogenezi. Hujayra ontogenezida xloroplastlar plastidlardan, ya'ni meristemalar hujayralaridagi proplastidlardan hosil bo'ladi. Proplastidlarning ichki membranasi juda kuchsiz rivojlangan bo'ladi. Proplastidlardan xloroplastlarning rivojlanishi bir qator o'zgarishlar, xususan plastidlar membranalari tizimining differentsirovkasi (lamellalar va granlarning hosil bo'lishi) bilan boradi. Shuning bilan bir qatorda pigment laming sintezi va tashkillanishi, yorug'lik yig'uvchi kompleksning, FT-I, FT-II hamda boshqa komponentlarning sintezlanishi jarayonlari ro'y beradi.Xloroplastlar va plastidalar membranalari sistemasining qurilishi va qayta qurilishi doimiy ravishda membranalar tuzilishining yangilanishi ya'ni oqsillar va lipidlarning yemirilishi va membrana tarkibiga boshqa yangi komponentlarning kirib kelishi bilan boradi.
Xloroplastlarning biogenezi faqatgina yorug'likda ro'y beradi. Buni biz qorong'ulikda o'sgan o'simliklar maysalaridagi etioplastlarning o'zgarishida ham ko'rishimiz mumkin.
Mitoxondriyalarning biogenezi. O'z xususiy genetik tizimiga egaligi hamda mitoxondrial DNK molekulasining replikatsiyalanishi tufayli mitoxondriyalar mustaqil ko'payish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham hujayrada mitoxondriyalar o'zlaridan oldingi mitoxondriyalardan va ehtimol promitoxondriyalardan ko'payish xususiyatiga ega. Meristema hujayralarida tizimcha ko'rinishda ajralgan mitoxondriyalar kuzatiladi. Meristematik hujayralarning cho'zilish tufayli o'sishida mitoxondriyalarning soni 3-8 marotaba ko'payadi va ularning tuzilishi o'zgaradi. Mitoxondriyalar bolinganidan so'ng ularning o'sishi qo'shimcha qurilish orqali bo'ladi. Aytish lozimki, mitoxondriyalarning biogenezi hodisasi hozircha to'laligicha o'rganilmagan.
Mitoxondriyalar tarkibiga kiruvchi ko'pchilik oqsillar sitoplazmada sintezlanadi. Mitoxondriyalar tarkibiga kiruvchi jami oqsillarning 5-15% mitoxondrial polisomalarning mahsuloti hisoblanadi va ular faqatgina mitoxondriyalarning ichki membranalari tarkibiga kiradi. Mitoxondriyalarning oqsillar gidrofob polipeptidlardir va ularning fosfolipidlar ishtirokida o'z-o'zini yig'ishi ichki membrananing shakllanishi uchun zaruriy hisoblanadi.
Ma'lumki sitoplazmatik va mitoxondrial ribosomalarda mitoxondriyalarning biogenezida qatnashuvchi fnrmntlar kompleksining yig'ilishi ularning sinteziga nisbatan sekin ketadi. Shuning uchun ham hujayrada doimo ularning hosiladorlarining zahirasi mavjud.
Mitoxondriyalarning hayotiyligi hujayra yadrosi, sitoplazmasi va mitoxondriyalarning o'zining birgalikdagi faoliyati bilan belgilanadi. Mitoxondriyalarning yarim hayotiy davri turli organlar va to'qimalarda har xil, o'rtacha 5-10 kunga teng deb qaraladi. Ammo ichki membranaga nisbatan tashqi membrana tezroq yangilanadi.
O'simlik membranalariga xos polien yog' kislotalarining (linolat, linolenat, araxidonat) sintezi ham mana shu retikulumda ketadi. Shuningdek retikulum membranasidan vakuolalar, mikrotellar, sferosomalar ehtimol plastidlar va mitoxondriyalarning tashqi membranalari hosil bo'ladi. Retikulum yadro qobig'i bilan bevosita bog'langandir. Goldji apparatining membranalari tizimi orqali u plazmalemmaning sintezida qatnashadi.
Membranalarning bir-biriga o'tishi ya'ni membrananing bir holatidan boshqacha bir holatiga o'tishi «membranalar toki» deb nomlanadi. Hujayra
membrana komponentlarining o'zaro munosabatlari endomembranalar tizimi kontsepsiyasi sifatida qaralib o'rganilib keladi. Ushbu konsepsiya tufayli va membranalarning differensiyasi va «membranalar toki» hisobga olingan holda membranalarning vazifaviy doimiyligi tushuntiriladi.

Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling