Toshkanov Umidjon Abdurashid o'g'li Biologiya-210 Mavzu: Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari. Reja 1


Download 74.18 Kb.
bet4/6
Sana09.02.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1181334
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari

Membranalar biogenezi. Hujayralardagi membranalar biogenezi donador ER membranasi bilan genetik bog'langan deb qaraladi. Haqiqatdan ham ER hujayra membranasining oqsillari va lipidlari sintezlanuvchi asosiy organoiddir. Endoplazmatik retikulum membranalarida glitserolipidlar, mitoxondriyalar fosfolipidlari (xloroplastlar va mitoxondriyalar membranalarining shakllanishining asosiy omili), sterollar biosintezi, barcha to'yingan yog' kislotalarining sintezi, to'yingan yog' kislotalarining to'yinmagan yog' kislotalariga aylanishi oxirgi bosqichlari jarayonlari joylashgandir.
O simlik hujayrasi ontogenezining fazalari
Yuqorida keltirilgan hujayra tuzilmalarining biogenezining ko'p bosqichli jarayonini quyidagi sxema orqali ifoda qilish mumkin:
DNK RNK oqsillar molekulalardan kattaroq faol oqsil molekulalarining o'z-o'zini yig'ishi funksional faol metabolik sikllar, hujayra organoidlari. Ammo, shuni ham inobatga olish kerakki, DNK molekulasining ekspressiyalanuvchi genlari doimo o'zgarib turadi va shuning asosida hujayra o'zining bir qancha rivojlanish bosqichlarini o'tadi. Ona hujayraning bo'linib qiz hujayralari hosil qilish davridan boshlab to qiz hujayralarning bo'linishi yoki o'lishi davrigacha bo'lgan vaqt hujayraning hayotiy davri yoki uning ontogenezi deyiladi.
Hujayraning bo'linishi. Mitoz. Mitoz bu hujayraning shunday bo'linishiki, bunda xromosomalarning soni ikki baravar ko'payadi va har bir qiz hujayrasida xromosomalarning soni ona hujayra xromosomalaridagiga teng bo'ladi.
Mitozning birinchi fazasi profaza deyiladi. Bu bosqichda hujayraning qayta qurilishi ro'y beradi. Bunda bir qancha tuzilmalar yemiriladi va bo'linish fazasi bilan bog'liq bir qancha yangi tuzilmalar vujudga keladi.
Sitoplazmadagi organoidlar yadrodan surilib sitoplazmaning atrofiga to'plana boshlaydi. Yadroning hajmi kattalashadi. Xromatinlar xromosomalarning ma’lum bir qismiga (kinetoxorlarga) aylanadi. Ushbu tuzilmaning har biri ikkitadan qiz xromatidlarni tutadi. Yadrocha sekin asta dissotsiyalanadi. Yadro qobig'i erib ketadi va duk tuzilishi hosil bo'ladi.
O'simlik hujayrasida hayvon hujayrasidan farqli o'laroq sentriollar (dukni tashkillovchi) yo'q. Sentriollarning vazifasini hujayra turli tomonlarida yig'iluvchi ER membranalari bajaradi. Duk (vereten) tuzilma elementlari ham u bilan bog'liqdir. Shuningdek duk tuzilmalarining tashkil topishida sitoplazmada avvaldan mavjud bo'lgan va yangidan sintezlanuvchi mikronaychalar (MH) ham foydalanilishi mumkin.

Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling