Toshkanov Umidjon Abdurashid o'g'li Biologiya-210 Mavzu: Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari. Reja 1
Download 74.18 Kb.
|
Mitoxondriyalarning biokimyoviy xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayralarning chozilishi.
Mitotik sikl. Bo'linishdan so'ng qiz hujayralarining o'sishi sitoplazma komponentlarining sintezlanishi tufayli sodir bo'ladi. Hayvon hujayralari ham xuddi shu taxlitda o'sadi. Odatda qiz hujayralar ona hujayra o'lchamlariga yetadi va yangidan bo'linish boshlanadi.
Bo'linish jarayoni (mitoz\ sitoplazmatik o'sish davri va bo'linishga tayyorgarlik (interfazd) jarayonlari birgalikda hujayraning mitotic siklini tashkil qiladi. Biokimyoviy jarayonlarning ketishiga qarab mitotik sikl to'rtta qismga bo'lib qaraladi, ya'ni mitoz-M, sintez oldi davri-Gi (inglizcha gar-interval), sintetik davr-S va sintezdan keyingi davr-G2. Mitotik siklning Gi davri, tashqi muhit omillarining ta'siriga anchagina sezgir bo'ladi. Mana shu vaqt davomida DNK sintezi uchun sharoit yaratiladi, ya'ni DNK molekulasi tarkibiga kiruvchi va sintezlanishi uchun kerakli nukleotidlar, kofaktorlar va zarur fermentlar sintezianadi. Shuningdek hujayra oqsillarining bir qismi va qisman RNK sintezianadi. Mitotik siklning sintetik davri maxsus yadro oqsillari -gistonlarning biosintezi va DNK sintezi bilan xarakterlanadi. DNK molekulasining sintezi uning miqdorining ikki baravar ortishi bilan tuxtaydi. Mitotik siklning G2 davrida esa hujayraning umumiy oqsillari va RNK molekulasining sintezi davom etadi. Oldingi davrlardagiga nisbatan tubulin oqsilining sintezi keskin ortib ketadi. Mitoz davri mobaynida va metafazaning oxirigacha RNK va oqsillarning sintezi davom etadi. O'simliklardagi mitotik siklning bosqichlari gormonlar tomonidan nazorat qilinadi, Masalan Gr va G2-davrlarning o'tishi xususan RNK va oqsillar sintezini hamda nafas olish jarayonining jadal bo'lishligi uchun auksin gormoni zarur. Sitokinin hujayralarning bo'linishga o'tishi uchun xizmat qiladi. Shuni ham takidlab o'tish zarurki, bo'linuvchi hujayralarda bir qancha organoidlar, xususan GA, mitoxondriyalar, plastidalar tizimining tiklanishi kuzatiladi. Hujayralarning chozilishi. Bo'linuvchi hujayralar o'lchamining kattalashishi sitoplazma tarkibining sintezlanishi tufayli ro'y beradi. Sitoplazma tarkibining sintezlanishi esa azotli birikmalar va boshqa oziq elementlarining hujayraga kirishi tufayli ro'y beradi. Download 74.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling