Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat menejmenti
- Inson resurlarini boshqarish
Mahsulot sifatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
ishlab chiqarish vositalari sifati; xomashyo, materiallar sifati; ishlovchilarning malakasi, ish qobiliyati, uyushqoqliligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va ijodiy yondoshuvi; ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sana’ti. Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg‘urishni anglatadi. Shu nuo‘tai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarishgacha-konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hokazo. ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik; ishlab chiqarishdan keyingi bosqich- saqlash, sotish, tashish, xizmat ko‘rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o‘rnatish. Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat: kelayotgan xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo‘lgan kirish nazorati: ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat ehtiyot yoki joriy nazorat; tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo‘linadi. Sifatni nazorat qilish-mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir. “Xodim” iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi” ma’nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, meditsina xodimi, ilmiy xodim va h.k. Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud: inson resurslarini boshqarish xodimlarni boshqarish “Inson resurlarini boshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek sotsial rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi (8.2-jadval). Iboralarning turlicha ma’no kasb etishi faoliyat turlari va yo‘nalishi bilan bog‘liq. Chunonchi, “xodim” iborasi ko‘p hollarda kichik (100 kishidan kam band bo‘lgan) korxonalarga, “inson resurslari” iborasi esa 2,5 ming kishidan ortiq band bo‘lgan yirik korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi. Inson resurslarini boshqarishdagi faoliyat turlari
Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling