Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet99/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

Ehtiyojlar ro‘yxati



¹

Shaxs uchun

¹

Jamiyat uchun

1.

Asosiy ehtiyojlar


  • oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga

  • dam olish va sog‘liqga

1.

Asosiy ehtiyojlar:

  • mehnatga

  • xavfsizlikka

  • qo‘shimcha mahsulotga

  • boshqarishga

2.

Sotsial ehtiyojlar


  • ijodiy mehnatga

  • oila va muhabbatga

  • bilim va axborotga

  • toat ibodatga, jasoratga

  • zurriyotni davom ettirishga

  • tartib va barqarorlikka

  • bo‘sh vaqt va dam olishga

  • o‘zlikni anglashga

2.

Sotsial ehtiyojlar


  • barqarorlikka

  • ishonchga

  • mustaqil taraqqiyotga

3.

Rag‘bat va talablar


  • moddiy

  • sotsial

  • estetik

3.

Rag‘bat va talablar


  • zamonaviy ishlab chiqarishga

  • ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga

  • rahm shavqatga

Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:

  • ”X”(iks) va “U”(igrek) nazariyasi

  • kutish nazariyasi

  • boisiy(gigienik) tozalanish nazariyasi

  • adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi

  • ehtiyojlar ustunligi nazariyasi.

Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlari va qiziqishlari orqali ularning mehnatlarini motivlashtirish g‘oyasi yotadi. Buni quyidagi sxemadan ko‘rish mumkin.
1-rahbar bo‘ysinuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta’sir ko‘rsatadi (bu erda qarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi).
2-bo‘ysinuvchilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta’sir o‘tkaziladi (bu erda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini ko‘zlaydi)
3-boshqarish o‘zaro ta’sir ostida amalga oshiriladi. Bu erda qarorning bajarilishiga har ikkala tomon manfaatdor.
4-ta’sir qilish faqat bo‘ysinuvchilarning ehtiyoji va qiziqishiga asoslanadi.
1,2 va 4 yondoshuvlar rahbar bilan bo‘ysinuvchilar o‘rtasida qarshi harakatga olib keladi. Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim bo‘ysinuvchilar ehtiyojlari o‘rtasida no muvofiqlikning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli rahbar motivlashtirishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim.
Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi ham rahbarlardan boshqarishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar vositasida, ya’ni 3-yondoshuv orqali amalga oshirishni talab qiladi. Chunki boshqa (1,2 va 4) yondoshuvlar qarshi harakat bo‘lib, xodimlar va jamoa bilan rahbariyat o‘rtasida ixtiloflarga olib kelishi mumkin.


2. Motivlashtirish nazariyalari, X(iks) vaU(igrik) nazariyasi, kutish nazariyasi, tozalanish nazariyasi, adolatlilik nazariyasi.


Amerikalik ruhshunos Abraxam Iaslou XX asrning 40-yillarida o‘zining ehtiyojlar ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar o‘z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayanadilar dedi.
Birinchi o‘rindagi ehtiyojlar - bu bazis ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson eng avvalo ana shu bazis ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydi. bazis ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga blgan ehtiyoj qondirilgan, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.
Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik, tartib, himoyaga bo‘lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji iearxiyaning uchunchi bo‘g‘iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi.
¥urmatga bo‘lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil qiladi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‘lgan ehtiyoj, ya’ni mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqiyat, diqqat-e’tibor. O‘zligini isbotlash ehtiyoji, ya’ni Maslou ierarxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo‘lsa shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o‘sishida o‘z aksini topadi.
A.Maslou, odamlar- bu qonmagan ehtiyojlarini qondirishga intiluvi “ochko‘z maxluq” lardir, degan edi.
Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi. Xo‘sh, bu ehtiyojlarni qondirish uchun rahbar qanday usul va yondoshuvlarni qo‘llashi kerak. Shularning ayrimlarini quyidagi jadvalda keltiramiz.



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling