Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi


Download 2.21 Mb.
bet155/192
Sana15.11.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1777432
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   192
Bog'liq
13.Ўқув материаллари

kommunikatsiyalarni tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida, ayirboshlashdan avval yuz beruvchi, ayirboshlash bilan bir paytda yuz beruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini tashkil qilish.

Shunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli sotuvchilar bi­lan xaridorlar o‘rtasida ayirboshlash va kommunikatsiyani tashkil qilishdan iborat. Mazkur ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’iy nazar marketingning vazifa va funktsiyalariga alohida e’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta’rif tijorat faoliyati-ga ham, notijorat faoliyatiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.


Tovar va xizmatlar ayirboshlashini tashkil qilish, sotish jarayonining funktsiyasi bo‘lib, uning vazifasi tovarlarni ishlab chiqarish holatidan iste’mol uchun tayyor holatgacha harakatlantirishdan iboratdir.
Tovarlarning shu terzda iste’mol holatiga o‘tishi quyidagi uch xil foydalilik turini vujudga keltiradi va shu tariqa tovarga sotish bosqichida katta qo‘shilgan qiymat beradi:
- Holat foydaliligi. Tovarlarni iste’mol holatiga o‘tkazuvchi barcha moddiy o‘zgarishlar majmuasi: bu o‘rash, saralash va boshqa jarayonlardir.

  • Makon foydaliligi. Tashish, geografik taqsimlash va boshqa shunga o‘xshash tovarlarni foydalanish, o‘zgartirish yoki iste’mol joylarida iste’molchilar tasarrafiga taqdim qilishni ta’minlovchi makondagi o‘zgarishlar.

  • Davriy foydalilik. Iste’molchi tanlangan vaqtda tovarlarning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jamlanish kabi davriy o‘zgarishlar.

Aynan mana shu funktsiyalar talab va taklif o‘rtasidagi real mutanosiblikni ta’minlashga imkon beradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan sotish jarayoni vazifalari tarixda, asosan, xar-idlar bo‘yicha agentlar, ulgurji savdogarlar, chakana sotuvchilar va sanoat savdosi xodimlari kabi mustaqil vositachilar tomonidan, ya’ni sotish sektori deb nomlanuvchi toifa tomonidan amalga oshirib kelingan. Sotish jarayonining ba’zi funktsiyalari ishlab chiqarish to­monidan (bevosita marketing), iste’mol tomonidan (iste’mol-chilarning birlashuvi) va sotish jarayoni tomonidan (supermarket-lar, do‘konlar tarmog‘i va boshqalar) birlashtirilishi mumkin.
So‘ngra ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining turli bos-qichlarida ishtirok etuvchi mustaqil firmalami birlashtiruvchi ver-tikal marketing tizimlari ishlab chiqildi. Bu ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtirish, operatsion xarajatlarda iqtisodga erishish va shu yo‘l bilan ularning bozorga ko‘rsatadigan ta’sirini oshirish maqsadida amalga oshirildi. Bunga chakana sotuvchilar-ning ko‘ngilli birlashmalari va franshiza tashkilotlari misol bo‘la oladi. Ko‘plab sektorlarda marketing tizimlari g‘oyatda tarqoq bo‘lgan an’anaviy sotuv kanallarining o‘rnini egallamoqda, Ular sotuv sektoridagi eng katta siljish bo‘lib, sotuvning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi raqobatning keskinlashuviga sabab bo‘ladi hamda uning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Sotish tufayli qo‘shilgan qiymat sotuv ustama narxi yordamida o‘lchanadi, bu narx ishlab chiqaruvchiga birinchi xari­dor to‘lagan narx bilan pirovard iste’molchi yoki tovardan foy-dalanuvchi to‘lagan narx o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Shuning uchun sotishdagi ustama narx yoki bir necha vositachi qo‘ygan, masalan, ulgurji va chakana savdodagi sotuvchilar qo‘ygan narx-larni o‘z ichiga olishi mumkin. Shunday qilib, sotishdagi ustama narx vositachilar amalga oshiradigan funktsiyalar bajarilishining o‘rnini qoplaydi. Sotish xarajatlari bozorning barcha sektorlarida xaridor tomonidan to‘planadigan narxning katta qismini tashkil qiladi. Masalan, iste’mol tovarlari sektorlarida sotish jarayonida hal qilinadigan barcha vazifalarni o‘z ichiga olgan ayirboshlash narxi chakana narxning 40 % ini tashkil qiladi, deb hisoblanadi.



Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling