Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/149
Sana20.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1787355
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARNI INTEGRATSIYALASHDAGI 
MUVAFFAQIYATLAR
Ashurova Ruxsora Xursandqulovna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rgnailadigan 
ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Tel: 998933150015 Email:ashurruxsora@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarni integratsiyalashdagi 
muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuritilgan hamda itegratsion tarzda darslarni tashkil etish bo‘yicha 
fikrlar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar juda faol bo‘ladi.Ularni fikrini jamlash va tinchlantirib 
turish,o‘tiladigan mavzular mohiyatini tasavvurida shakllantirish qiyin kechadi. Huddi shunday 
jarayonlarda mavzuni tushuntirishda o‘qituvchilarimiz biroz qiyinchilikka duch kelishadi. Shunday 
jarayon asosan o‘qish yoki odobnoma,tabiat fanlari yani ko‘proq og‘zaki tushuntirishlardan 
iborat fanlar sirasiga kiradi. Bunday vaziyatlarda aksariyat o‘quvchilar sinfdagi faolligiga qarab 
muloqotchanlari darsga e’tiborli bo‘lishadi.Lekin shu sinfdagi fikrini to‘laligicha bayon eta 
olmaydigan, uyatchan va xayolparast o‘quvchilar biroz qiynaladi.Huddi shunday jarayonlarda 
darslarni integratsiyalash juda qo‘l keladi.
Darslarni integratsiyalash – bu ish reja asosida mazmunan bir-biriga mos mavzularni 
birlashtirishdir.Masalan 2-sinf misolida oladigan bo‘lsak o‘qish fanidan “Kuz fasli”mavzusi 
bilan tasviriy san’atdagi “Kuz keldi » mavzusida rasm ishlash mavzusini, o‘qish fanidan “ 
Qish»mavzusiga’ tasviriy san’atdagi « Qish manzarasi»mavzusida rasm ishlash mavzularini 
integrasiyalashtirib dars o‘tishni yo‘lga qo‘ysak o‘quvchilar bir paytda ham eshitadi ,ham chizadi 
va tasavvur qiladi.Oquvchila’rdagi juda ko‘p qirralarni kashf etgan bo‘lamiz.Bunday bir-biriga 
mos mavzularni ko‘plab keltirishimiz mumkin.
Olimlar kishi o‘ylab yozayotganda miyaning bir necha qismi faollashishi va shu paytda fikrni 
jamlash qobilyati kamida uch barobar ortishini takidlaydi.Surat chizayotganda o‘quvchining asabi 
tinchlanib,fikrlash salohiyati to‘liq ishga tushadi.
Pedagoglarning farzandingizni bolalikdan rasm chizishga qiziqtiring,deya takidlashi bejiz 
emas.Balki bola buyuk musavvir bo‘la olmas .Muhimi eshitgan mavzularni to‘laligicha tasavvur 
qilib,uning intellectual qobilyati rivojlanib boraveradi.
Har birimiz o‘quvchilarimizni behad yaxshi ko‘ramiz ,ularni qobilyatli bo‘lib ulg‘ayishi 
uchun yelib-yuguramiz.Faqat o‘quvchining intelektual salohiyatini rivojlantirish masalasiga 
kelganda negadir aksariyat ustozlarimiz biroz e’tiborni susaytiramiz.Vaholanki shu boshlang‘ich 
sinflardayoq o‘quvchilardagi ko‘pgina qobilyatlarni rivojlantirish imkoniyatini boy beramiz.
Qolaversa, qalbida san’atning biror turiga mehr uyg‘ongan o‘g‘il-qizlar tabiatan hushchaqchaq 
bo‘ladi.Bola o‘z fikr hayollarini qog‘ozga tushirar ekan,o‘zi sezmagan holda fe’l-atvorin va 
psihofiziologik holati haqida ham xabar beradi.Shu bois psixologlarimiz rasmlardagi rang va 
tasvirni tahlil qilish orqali turli izohlarni keltirishadi.
Darslarni integratsiyalash o‘quvchilarda kuzatuvchanlik qobilyatini ,o‘tilgan mavzudagi 
jarayon va qahramonlar qanday ko‘rinishdaligi va ular bilan yaqindan tanishish imkoniyatini 
beradi.O‘quvchilar biror manzarani tasvirlash chog‘ida ko‘z o‘ngida go‘zallik olamini yaratishga 
,o‘zini qurshab turgan hamma narsani chiroyli tasvirlashga intiladi.Bu esa ularni iqtidori 
shakllanishi va tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalangan internet saytlar: 
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi 
2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish , referat va yozma ishlar qidirish tizimi 
3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi 


28

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling