Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
Январь 2021 10-қисм
Тошкент BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI Atoniyazova Guljahon Abdujalilovna Sirdaryo viloyat Boyovut tumani 17-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +998999244383 Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limning maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini asosiy g‘oyalari ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kompetensiya, bilim, ko‘nikma, malaka. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi amal qiladi. Maktabga ilk qadam qo‘yga bolalar o‘z yosh xususiyatlari hamda tafakkur va ruhiy taraqqiyot darajalariga muvofiq keladigan ta’limiy faoliyatga kirishadilar. Bu davrda o‘qish, o‘rganishga asoslangan faoliyat yetakchi mavqega ega bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish hamda o‘rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishida, har bir o‘quv fani bo‘yicha bulgan bilimlarni egallash jarayonida ularning ongi, tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o‘z xarakteriga ko‘ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo‘lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini hamda dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qish, yozish va hisoblashga o‘rgatish, tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirish, ijodiy va mantiqiy fikrlash xislatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalari: • har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash; • har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlariga sharoit yaratish; • iqtidorli o‘quvchilarning intellektual potensiallarini muntazam oshirib borishlariga sharoit yaratish; • ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish; • jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Boshlang‘ich ta’limning samaradorligi o‘quvchilarda o‘ziga xos tarzda tarkib topgan ta’limiy faoliyatning keng qamrovli darajasiga bog‘liq. Bunday faoliyat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va zarur kompetensiyalarni egallash jarayonida o‘qituvchi rahbarligida shakllanadi va muntazam rivojlanib boradi. Bunday o‘quv faoliyati natijasida boshlang‘ich ta’limni bitirgan o‘quvchilar obyektiv olam jonli va jonsiz tabiatdan iborat ekanligi, insonlar esa muayyan jamiyatda yashab, faoliyat ko‘rsatishi, jamiyat a’zolari o‘zaro aloqadorlikda yashashi, jonli va jonsiz tabiatni hamda jamiyatni tavsiflay olishlari, tabiat va jamiyat haqidagi aniq yo‘naltirilgan tushuncha va tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim. Shu bilan bir qatorda, ular shaxsning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni va amalga oshiradigan faoliyatning ahamiyatini tushunib etishlari zarur. Chunki, o‘quvchilarga bu haqiqatni anglatmasdan turib, ularni shaxs sifatida shakllantirish, ijtimoiy turmushga moslashtirish mumkin emas. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni mustaqil O‘zbekiston davlatning ta’lim-tarbiya tizimida umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, amaldagi boshlang‘ich ta’lim fanli o‘qitishga asoslangan ta’lim jarayoni bo‘lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan hamda obyektiv olam haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishdan iborat. Ko‘rinib turibdiki, amaldagi boshlang‘ich ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun uni takomillashtirish va yangi yondashuvlar bilan boyitish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling