Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
175
VIII bob. Huquqning mohiyati Akademik V.S. Nersesyans ta’kidlab o‘tganidek, huquqiy ta’limotlar va yurisprudensiya tarixi ikki shakldagi huquqni tushunish va huquqqa bo‘lgan yondashuvlarning kurashidan iborat. Huquqni bunday tushunish va yondashuvni shartli ravishda yuridik (jus – huquq so‘zidan olingan, huquq va qonunni farqlashdan kelib chiqadigan) hamda legistik (Lex – qonun so‘zidan olin- gan, huquq va qonunni aynanlashtirishdan kelib chiqadigan) shakllarga bo‘lish mumkin. Bunda ularning har ikkisi yoki birining u yoki bu xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan ko‘plab oraliq shakllarning mavjudligi istisno etilmaydi 1 . Tilga olingan ikki shakldagi huquqni tushunishda ikki xildagi: huquqiy va legistik yurisprudensiya konsepsiyalari mos keladi. Bular: birinchisi, huquq va qonunni (pozitiv huquqni) bir-biridan farqlashga hamda huquqni yuridik tushunishga asoslanuvchi yurisprudensiya, bu tegishli tarzda davlatning yuridik tushunchasini ham o‘zida qamrab oladi; ikkinchisi, huquq va qonunni (pozitiv huquqni) aynanlashtiruvchi va qonunni legistik tushunishga, o‘zida davlatning legistik tushunchasini ham qamrab olishga asoslanuvchi yuris- prudensiyadir. Huquqqa legistik yondashuv yuridik pozitivizm, normativizm kabi ko‘rinishlarga ega. Ushbu yondashuvni ingliz muta-fakkirlari T. Gobbs, J. Ostin, Germaniyada R. Iering, G. Kelzen, Rossiyada G.F. Shershenevich va boshqalar asoslab bergan. Nomlari kayd etib o‘tilgan mutafakkirlar turli tarixiy davrlarda yashab o‘tgan bo‘lishlariga qaramay, ular ilgari surayotgan quyidagi holatlar ularni o‘zaro yaqinlashtiradi: a) huquq – davlat hokimiyatining mahsuli, hukm- dorning buyrug‘i, talabi va h.k.; b) davlat huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan; v) davlat hokimiyati huquq ostida emas, balki undan ustun turadi; g) vujudga kelish nuqtayi nazaridan davlat birlamchi, huquq esa ikkilamchidir va h.k. Huquqqa legistik yondashuv huquqni o‘rganishda ham o‘ziga xos tarzda yo‘l tutadi. U huquqni falsafiy talqinlardan, his-tuyg‘u, orzu-istaklar va boshqa- lardan xoli tarzda tadqiq etish lozimligini uqtiradi. Jumladan, nemis huquqshu- nosi R. Iering davlat va huquq hodisalarini bilish metodologiyasida tavsiflash, tasnif va faktlar talqiniga alohida e’tibor qaratib, huquqiy hodisalarni tarixiy, tuzilish hamda funksional jihatdan ko‘rib chiqish lozimligini uqtiradi. Yuridik pozitivizmning bir shakli hisoblangan normativizmga asos solgan avstriyalik huquqshunos G. Kelzen esa, «sof huquq nazariyasi»ni shakllantirish maqsadida, pozitiv huquqni barcha unga xos bo‘lmagan hodisalardan toza- lash lozim deb hisoblaydi. Buning uchun ilmiy bilish predmetining chegarasi aniq belgilab qo‘yilishi lozim. Uning fikricha, maxsus va o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan huquq (ya’ni yurisprudensiya deb ataluvchi fan), bir tomondan, «adolat 1 Qarang: Нерсесянц В. С. Из истории правовых учений: два типа правопонимания //Политические и правовые учения: проблемы исследования и преподавания. – М., 1978; Шу муаллиф. Право и закон. – М., 1983. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling