Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

177
VIII bob.
 Huquqning 
mohiyati
– huquq va axloq aynanlashtiriladi, (mazkur nazariya namoyandalari-
ning fikriga ko‘ra) adolat, haqiqat, ozodlik, erkinlik, tenglik kabi axloqiy 
tushunchalar huquqning o‘zagini tashkil etadi va huquq ijodkorligi hamda 
huquqni qo‘llash jarayonini belgilab beradi;
– inson huquqlarining manbayi qonunlarda emas, balki insonning tabia-
tida bo‘lib, unga tug‘ilishdan (yoxud xudoning amri bilan) ega bo‘lish mumkin.
Huquqni tushunishning tabiiy huquq nazariyasi quyidagi ijobiy jihatlarga 
ega:
– 
birinchidan, nazariyalar orasida eng ilg‘ori bo‘lib, yangi erkin demokra-
tik davlat tuzumi yaratilishiga asos bo‘ldi;
– 
ikkinchidan, qonunlar huquqiy bo‘lmasligi mumkin, agar qonunlar 
insonning tabiiy huquqlariga zid kelsa, ularni inkor qilsa, adolat, haqiqat, erkin-
lik, tenglik me’yorlari buziladi;
– 
uchinchidan, inson huquqlarining manbayi tabiat yoxud Alloh deb tan 
olinadi. Shu bois davlat tuzilmalari va mansabdorlar tomonidan zo‘ravonlik 
qilishning, suiiste’molliklarning oldini olish imkoni yaratiladi.
Huquqni bunday tushunish ham muayyan salbiy jihatlarga ega bo‘lishi 
mumkin. Xususan:
1. Huquqni mavhum axloqiy qadriyat sifatida tushunish uning shakliy-
yuridik xususiyatlarini susaytiradi, qonuniy va qonunga xilof harakatlar me-
zonini har xil odamda har xil bo‘ladigan erkinlik, adolat, haqiqat to‘g‘risidagi 
tasavvurlarga qarab belgilashda qiyinchiliklarga olib keladi.
2. Huquqni bunday tushunish obyektiv huquq bilangina emas, balki, 
huquqiy ong bilan ham ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy ong esa, turli xil 
odamlarda turlicha bo‘ladi.
Huquqni bunday tushunishga O‘zbekistonda ham alohida e’tibor 
berilmoqda. O‘zbekiston davlatining qonunlari ham insonning tabiiy huquqla-
rini adolat, haqiqat, erkinlik, mustaqillik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda 
belgilamoqda.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy 
kabi ajdodlarimiz ham huquqni tabiat yoxud Alloh tomonidan insonlarga beril-
gan imkoniyatlar majmui deb tushunganlar. An’anaviy hamda «yangilangan» 
tabiiy huquq nazariyasi, o‘zining mazmun jihatidan aniq shakllantirilmagan-
ligi, tushunchalarning noaniqligi, ko‘p o‘rinlarda axloq va huquq aralashib 
ketganligi va umumiy ahamiyatga ega emasligi bilan ajralib turadi. Shunga 
qaramay, tabiiy huquq yondashuvining ilg‘or va ijobiy jihatlariga, insonlar- 
ning tengligi va erkinligi g‘oyasi, adolat va uni ta’minlash masalasi, insonlar-
ning ajralmas huquqlari, huquqning hukmronligi, hokimiyatning cheklanganli-
gi, davlat va fuqarolarning o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘langanligi, 
12–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling