Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

178
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
huquqiy davlat kabilarni kiritish mumkindir. Aynan shuning uchun ham tabiiy 
huquq nazariyasi har bir tarixiy davr uchun jozibali bo‘lib kelgan va shunday 
bo‘lib qolaveradi.
Huquqni yuridik tushunishning libertar-yuridik shakli mazmun-mo-
hiyatini erkinlik tashkil etadi. Erkinlik insoniyatning ming yillik taraqqiyoti, 
siyosiy-huquqiy nazariyalar va amaliyoti natijasida shakllangandir. Erkinlik 
qadimgi grek siyosiy-huquqiy ta’limotlarida shakllantirilib, yangi davr Yevro-
pasida ham huquqni falsafiy tushunishda markaziy o‘rinni egallab kelgan va 
bu davom etmoqda. Bunda F. Volter, Sh. Monteskye, J. Lokk, I. Kant, G. Gegel,
Shelling, Fixte kabi buyuk mutafakkirlar ilgari surgan g‘oyalar katta ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega. Rossiyalik olim S.S. Alekseevning haqli ravishda 
ta’kidlab o‘tganidek, aynan I. Kantning g‘oyalari erkinlikni falsafiy tushuntirish 
uchun asos bo‘lib xizmat qilgan
1
.
Akademik V.S. Nersesyans yurisprudensiya va huquqqa yondashuvning 
yuridik shakli doirasida huquq hamda davlatning libertar-yuridik tushunchasi-
dan kelib chiqadi. U huquqni erkin shaxslarning rasman tengligi, ya’ni inson 
erkinligining zaruriy va umumiy shakli sifatida talqin etadi. Huquqning maz-
kur umumiy tushunchasi orqali yurisprudensiyani libertar-yuridik konsepsiya-
sining yagona predmeti doirasida uning har ikkala obyekti – ham erkinlikning 
normativ shakli sifatida pozitiv huquq (umumiy qoidalarning hukmronligi 
o‘rnatilganda), ham mazkur erkinlikning tashkiliy, institutsional, hokimiyat 
shaklidagi davlat qamrab olinadi.
Huquqqa «sotsiologik» yondashuv XIX asrning ikkinchi yarmida 
«erkin huquq» maktabi doirasida shakllangan. Yevropada bunday yondashuvning 
namoyandalari Е. Erlix, F. Jeni, S.A. Muromsev va boshqalardir. Bu yo‘nalish 
huquq normalari ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob bermay qolgan sharoitda 
vujudga keldi va rivojlandi. Huquqqa sotsiologik yondashuvda, asosiy urg‘u 
huquq nima, degan savolga javob topishga emas, balki huquq harakatiga 
qaratiladi. Unga ko‘ra, huquqni normalardan emas, balki hayotning o‘zidan 
izlash lozim. Yozilgan qonunlar bo‘sh tovush, to‘ldirilishi lozim bo‘lgan idishga 
o‘xshatiladi. Qonunni sudyalar, amaldorlar huquq bilan to‘ldiradilar. 
Avstriya huquqshunosi Е. Erlix «erkin huquq» ta’limotini yaratib, 
sotsiologik yurisprudensiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Huquq asoslari-
ni jamiyatdan, uni tashkil etgan oila, savdo uyushmalari, jamoa va davlat kabi 
uyushma va ittifoqlardan izlash lozim. Huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi 
va mohiyatini tushunish uchun, eng avvalo, ijtimoiy uyushmalarda mavjud 
bo‘lgan tartibotni o‘rganish kerak. Huquqni tushunishdagi boshqa yondashuv-

Qarang: Алексеев С.С. Право: азбука – теория – философия: Опыт комплексного исследования. 
– М., 1999. – 447-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling