Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqning psixologik nazariyasi.
180
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Amalda sotsiologik yondashuv tadqiqotchilar va qonun chiqaruvchi idora uchun yaxshi samara berishi mumkin. Huquqni bilish, foydali va samarali qonunni ishlab chiqish uchun amaldagi qonunchilikni mukammal o‘rganish zarur. Hayotga tatbiq etilgan yozma huquq normalarini o‘rganish ularni ta- komillashtirishning eng ma’qul yo‘lidir. Hayotga tatbiq etilgan huquq-ijtimoiy munosabatlarni qonun bilan tartibga solishdagi nuqson va kamchiliklarni aniqlash manbayidir. Huquqning psixologik nazariyasi. Huquqqa yondashuvda ayrim olim- lar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongni ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois, huquqning psixologik nazariyasi kelib chiqdi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da’vogar bo‘lsa-da, aslida huquqiy realizm g‘oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog‘liqlikda yashab kelmoqda. Mazkur nazariya o‘tgan asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib, Petra- jitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaning Yevropadagi namoyan- dalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari: 1) inson psixikasi (ruhiyati) – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat, davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil; 2) huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas, psixologik qonuniyatlar – huquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter), ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (im- perativ norma) majmui orqali kiritiladi, deb hisoblanadi; 3) barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga – ijobiy (davlat tomonidan o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquqiy his-tuyg‘ularga bo‘linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak. Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari: birinchidan, huquqni tushunishda iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan birga psixologik jarayonlarga ham alohida e’tiborni qaratadi. Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologik tuzilishini inobatga olmay turib, qonunlar chiqarish mumkin emasligini anglata- di; ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimida, huquqiy tartibga solishda huquqiy ongning o‘rni va ahamiyatini oshiradi; uchinchidan, inson huquqlarining man- bayini qonunlardan emas, inson ruhiyatidan qidiradi. Ushbu yondashuvning salbiy jihatlari: psixologik omillarga haddan ziyod katta e’tibor berib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarga e’tiborni susaytiradi; intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqni davlatdan ajratadi, huquqiylik, huquqqa xiloflik, qonuniylik va g‘ayriqonuniylik o‘rtasidagi farqni, mezonni yo‘qotadi. Ma’lumki, sobiq Sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuv subyektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi. Biroq, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling