Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
176
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi falsafasi»dan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy borliqni bilishga yordam beruvchi fan – sotsiologiyadan ajratilishi hamda ulardan farqlanishi kerak. Har bir fan, jumladan yurisprudensiya ham, qandaydir ezgu istak, qadr-qiymat nuqtayi nazaridan emas, balki o‘z holicha tavsiflanishi lozim. Shu asosda G. Kelzen yurisprudensiya fani predmetini quyidagilardan iborat deb biladi: qonunchilik normalari, ularning tarkibiy qismlari va o‘zaro munosabat- lari, huquqiy tartibot, uning tuzilishi. Huquqqa legistik yondashuv tarafdorlari, o‘z nuqtayi nazarlaridan kelib chiqib, har qanday qonunni, jumladan adolatsiz qonunni ham huquqiy deb hisoblaydilar. Shuning uchun ularning talqiniga ko‘ra, despotik, totalitar, av- toritar davlatlar ham huquqiy ko‘rinishga ega va demak ular ham «huquqiy tartibot» va «huquqiy davlat»dir. Shundan kelib chiqib, legistik yondashuv tom ma’nodagi «huquqiy davlat» g‘oyasini inkor etadi. G. Kelzenning ta’kidlashicha, bunday davlat yolg‘on tabiiy huquqiy tasavvurlardan kelib chiqadi. Ko‘rsatib o‘tilgan salbiy jihatlariga qaramay, huquqqa legistik yondashuv qonun, qo- nunchilikni takomillashtirish, qonunchilik talablarini hayotga joriy etish mexanizmini yaratishda, ularning ichki mutanosibligiga erishish, jamiyatda huquqiy-tartibotni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega. O‘z navbatida huquqni yuridik tushunish ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi. Ulardan biri, tabiiy huquq nazariyasi bo‘lsa, ikkinchisi, aka- demik V.S. Nersesyans ilgari surgan huquqni libertar-yuridik (erkinlik) tushunishdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har ikkala yondashuvning negizlari antik davrlarga borib taqaladi. Qadimgi Gretsiya va Rimda sofistlar, Suqrot, Aflotun, Arastu, Sitseron, rim yuristlari, o‘rta asrlarda G. Grotsiy, B. Spinoza, T. Gobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye, XX asrda R. Shtammler, G. Radbrux kabi mutafakkirlar tabiiy huquq nazariyasi- ning mustaqil konsepsiya darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Mazkur yondashuvga ko‘ra, huquq tabiiy huquq hamda ilohiy, pozitiv, siyo- siy kabi huquqlarga bo‘linadi. Bunda e’tiborli jihati shundaki, tabiiy huquq nazariyasi asoschilari tabiiy huquq va pozitiv huquqni (insonlar yaratgan) bir-bi- riga qarama-qarshi qo‘yadilar. Ularning fikricha, tabiiy huquq abadiy, o‘zgarmas, azaldan mavjud. Insonlar ularni anglash orqali o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari lozim. Pozitiv huquqni esa, adashishga moyil bo‘lgan, his-tuyg‘uga beriluvchan insonlar yaratadi va u sun’iydir. Shuning uchun tabiiy huquq pozitiv huquqdan ustun turadi hamda pozitiv huquq tabiiy huquqqa moslashishi lozim. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari: – ijobiy huquq, ya’ni davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda insonga tug‘ilishidanoq tegishli bo‘ladigan oliy, haqiqiy, «tabiiy» huquq mavjud. Har qanday qonun ham huquqiy bo‘lmasligi mumkin; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling