Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqning  talqiniga oid


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqning 
talqiniga oid 
ta’limotlarning 
turli-tumanligi
3-§.


174
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
tuzumi sharoitida shakllanishiga qaramasdan, erkinlik g‘oyasi atrofida musho-
hada yuritgan.
U davrda erkinlik, tom ma’nodagi erkinlik bo‘lmay, jamiyatning tabaqalarga 
bo‘linishiga asoslangan erkinlik hisoblangan. Qadimgi Gretsiyada keyinchalik tari-
xiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi bilan insonlarning qullar va ozod kishilarga 
bo‘linishi tanqid qilinadi va rad etiladi. Erkinlik endi siyosiy-huquqiy emas, balki 
ruhiy hodisa sifatida talqin etiladi. Shu asosda tabiiy huquq va tabiat qonunlari 
bo‘yicha insonlarning tengligi va erkinligi e’lon qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, 
qadimgi grek mutafakkirlari o‘z davrlari uchun ham va bugungi kun uchun ham 
ilg‘or bo‘lgan yurisprudensiyaning yangi yo‘nalishiga asos solganlar.
O‘tmishdagi Rim huquqshunoslari davlat va huquq umumiy nazariyasi 
hamda tarmoq huquqiy fanlar (fuqarolik huquqi, davlat va ma’muriy huquq, 
jinoyat huquqi, xalqaro huquq) sohasida siyosiy-huquqiy muammolarning juda 
keng majmuasini ishlab chiqqanlar. Ular o‘z zamondoshlari bo‘lgan grek muta-
fakkirlaridan farq qilgan holda, o‘zlari yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 
ijtimoiy, tarixiy va siyosiy-huquqiy borliqni nazariy tavsiflab berdilar. Huquqiy 
adabiyotlarda to‘g‘ri ta’kidlab o‘tilganidek, Rim huquqshunoslari tevarak-
atrofdan ajralib qolgan «kabinet olimlari» bo‘lmay, ular ham nazariy, ham 
amaliy faoliyat ko‘rsatganlar. Ular xalq orasida bo‘lib, hayotiy muammolarni 
juda chuqur bilganlar. Huquqshunoslarning huquqiy munosabatlar tahlili ham-
da bergan xulosalari o‘zining chuqurligi, aniqligi, mantiqiyligi va ishonchga 
sazovorligi bilan ajralib turgan
1
.
Mashhur Rim huquqshunosi Ulpian huquqni – (yustitia) haq, haqiqat, 
ya’ni har kimga o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqni berishga qaratilgan doimiy va 
uzluksiz iroda sifatida tushuntiradi. Huquqiy adolatning umumiy tushuncha-
sidan, u quyidagi huquqiy qoidalarni keltirib chiqaradi: vijdonli (to‘g‘ri so‘z) 
bo‘lish, boshqa kishiga zarar yetkazmaslik, har kimga o‘ziga tegishli bo‘lganini 
berish. Shundan kelib chiqib, u yurisprudensiyani «ilohiy va insoniy ishlarni 
anglash, adolat va adolatsizlikni bilish» sifatida tavsiflaydi
2
.
Shunday qilib, Qadimgi Gretsiyada yurisprudensiyaning falsafiy, tarixiy, 
siyosiy negizlariga jiddiy e’tibor berilgan bo‘lsa, Rimda uning ilmiy-nazariy, 
amaliy-texnikaviy qirralariga alohida urg‘u berilgan. Kishilik jamiyati hamda 
uning ajralmas tarkibiy qismlari bo‘lgan huquq va davlatning keyingi rivoj-
lanishi, yurisprudensiyaning taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. G‘arbiy 
Yevropada bir necha asrlar hukm surgan diniy mutaassiblikning liberalizm 
g‘oyalari bilan almashishi bunga turtki bo‘lib xizmat qildi.

Qarang: Дигесты Юстиниана. Избранные фрагменты в переводе с примечаниями И.С. Претор-
ского. – М., 1984. – 12-bet.

O‘sha joyda, 23-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling