Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Jinoyat-ijroiya huquqi mahkumlarning huquqiy holati, jazolar va 
boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar 
tizimi, ularning faoliyatini tekshirish va nazorat etish, jazo turlarini ijro etish 
tartibiga doir normalarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur huquq tarmog‘ining usuli – tarbiyalash va rag‘batlantirish 
jarayonlarini hokimiyat va bo‘ysunish usuli bilan ko‘shib olib borishga 
asoslangan. Asosiy huquq normalari O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-
ijroiya kodeksida jamlangan.
Jinoyat-protsessual huquqi – protsessual huquq tarmoqlaridan biri 
bo‘lib, u jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, ularni sudda ko‘rish bo‘yicha sud, prokura-
tura va surishtiruv hamda dastlabki tergov organlarining faoliyatini, shaklla-
rini tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Jinoyat-protsessual huquqi 
21–18-8


322
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
jinoyat jarayonining ishtirokchilari bo‘lmish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, 
sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya tomoni vakilla-
rining protsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatini 
belgilaydi. Huquq tarmog‘ining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respub-
likasining Jinoyat-protsessual kodeksidir. Bu huquq tarmog‘i ijtimoiy munosa-
batlarni tartibga solishda ham imperativ, ham taraflar tengligiga asoslangan 
usullardan foydalanadi.
Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, yer va moliyaviy 
sohalarda vujudga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish yuzasidan sud faoliyatini 
tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqi sud jarayoni ishtirokchilarining 
huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari hamda ushbu huquq tarmog‘i 
normalari bilan belgilangan boshqa masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi ushbu huquq tarmog‘ining 
asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqiga juda yaqin 
turadigan huquq tarmog‘i – 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling