Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

321
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni 
uchun taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolik-huquqiy munosabatlarini 
tartibga solish usuli avtonom va dispozitiv xususiyatga ega. Ya’ni, qonunda 
belgilangan qoidalar doirasida shartnomada huquqiy munosabat ishtirokchilarining 
muayyan xatti-harakat variantlarini mustahkamlash va ularga asoslanib ish 
yuritish huquqining mavjudligidir.
Oila huquqi huquq tarmog‘i sifatida mazmunan fuqarolik huquqiga 
yaqin turadi. Ushbu huquq tarmog‘i oila-nikoh munosabatlari sohasidagi mul-
kiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari nikoh 
tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi, 
shuningdek farzandlikka olish, vasiylik va xomiylikka oid munosabatlarni, oila 
a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlariga doir 
masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oila 
huquqining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘ining tartibga 
solish usuli taraflarning tengligiga asoslanadi va dispozitiv xususiyatga ega 
bo‘ladi.
Jinoyat huquqi yordamida davlat tomonidan qanday ijtimoiy xavfli xatti-
harakatning jinoyat deb hisoblanishi va uning uchun qanday jazo tayinlanishi 
belgilanadi. Jinoyat huquqi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan mutasaddi 
davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari 
va shartlarini, ularga nisbatan davlatning qoralov siyosati prinsiplarini, aniq 
jinoyatlar tarkibi va ularga tayinlanadigan jazolar tizimi hamda turlarini, ayb-
ning shakllarini, turlarini o‘z normalarida mustahkamlaydi.
Jinoyat huquqining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat kodeksidir. Bu huquq tarmog‘ining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir 
o‘tkazish usuli jamiyat uchun xavfli qilmish, harakat va harakatsizliklarni 
qat’iy man etish, davlat majburlovini amalga oshirishdan iboratdir.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling