Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


xo‘jalik protsessual huquqi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

xo‘jalik protsessual huquqi bo‘lib, u iqtisodiy 
sudlar tomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‘jalik sub-
yektlari va ular bilan fuqarolar hamda tadbirkorlar o‘rtasida vujudga keladigan 
xo‘jalik nizolarini ko‘rib, hal etadi. Uning asosiy manbayi – Xo‘jalik protses-
sual kodeksidir.
Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston huquq tizimida xo‘jalik huquqi, 
ekologiya huquqi, budjet huquqi, soliq huquqi, savdo va tadbirkorlik huquqi 
kabilar ham shakllanmoqda. Mamlakatimizdagi asosiy huquq tarmoqlari shu-
lardan iborat.
Xalqaro huquq – xalqaro, eng avvalo, davlatlararo munosabatlarni tar-
tibga soladi. Shu sababli u bironta ham davlatning milliy huquq tizimiga kir-
maydi. Xalqaro huquqda uning subyektlarining jamoaviy irodasi mustahkam-
langan va mujassamlashgan. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, 
konvensiyalar, deklaratsiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlari 
ushbu huquqning normativ asosini tashkil etadi. Bu hujjatlarda xalqaro muno-
sabatlarni tartibga soluvchi norma va prinsiplarning yaxlit, mukammal tizimi 
o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular xalqaro huquq subyektlari hisoblanmish davlat-
larning, xalqaro tashkilotlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. 
Hozirgi zamon xalqaro huquqi ommaviy va xususiy xalqaro huquqqa bo‘linadi. 
Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari o‘rtasidagi 
mulkiy va boshqa nomulkiy munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yuris-
diksiyasini, yashab turgan davlat qonunchiligini qo‘llash tartibi va shartlariga 
doir munosabatlarni tartibga soladi.
Davlatlar, xalqlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqning 
subyektlari hisoblanadi.


323
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
Mamlakatda amal qiluvchi huquq 
tizimi to‘g‘risidagi bilimlarimiz batafsil bo‘lishi 
uchun «qonunchilik tizimi» tushunchasini 
ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. «Huquq tizimi» va «qonunchilik tizimi» 
tushunchalari o‘zaro bog‘liq, lekin bir-biridan farq qiladigan ilmiy kategoriya-
lardir. Ular huquqning ikki jihatini aks ettiradi va uning mohiyatini chuqur-
roq anglab yetishga ko‘maklashadi. «Huquq tizimi» va «qonunchilik tizimi»
tushunchalari mazmun bilan shaklning o‘zaro nisbati tarzida maydonga chiqa-
di. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, huquq tizimi huquqning mohiyatini, 
mazmunini ifodalasa, qonunchilik tizimi huquqning bayon etilish shaklini ifo-
da qiladi. Har qanday voqea, hodisa va predmetning ma’no-mohiyati, ijtimoiy 
vazifasi va funksiyasini uning shakli o‘zida mujassam etadi. Ya’ni, shakl hodisa 
va predmet mazmunining mavjudligini ta’minlash vositasidir. Shunga ko‘ra, 
«qonunchilik» huquqning mavjudligini, «qonunchilik tizimi» esa huquq tizimi 
mavjudligini ta’minlaydi. Huquqiy normalar qonunchilik hujjatlarida mustah-
kamlanadi, rasmiylashtiriladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, huquq tizimi huquqning ichki tuzilishi, 
ichki tarkibiy qurilishi bo‘lib, uning mazmuni o‘zi tartibga soladigan ijtimoiy 
munosabatlar xususiyati bilan belgilanadi. Qonunchilik tizimi huquq tizimining 
tashqi shakli sifatida huquq manbalari tuzilishini, normativ-huquqiy hujjatlar 
yig‘indisini (uyushmasini) aks ettiradi. Huquq, huquqiy normalar qonunchilik-
dan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, amal qila olmaydi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling