Qonunchilik tizimining vertikal (pog‘onama-pog‘ona, iyerarxik)
tuzilishi davlat hokimiyati organlarining vakolatiga ko‘ra pog‘onama-pog‘ona
joylashuvini va normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchiga ko‘ra joylashu-
vini aks ettiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimi markazida Konstitutsiya tu-
radi, undan so‘ng konstitutsiyaviy qonunlar, joriy qonunlar, Prezident farmon-
lari, hukumat qarorlari, vazirlik va davlat qo‘mitalarining normativ hujjatlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ hujjatlari joylashadi. Sanab
o‘tilgan hujjatlarning mana shu joylashuvi ularning yuridik kuchini ham aks
ettiradi. Barcha normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda eng oliy yuridik
kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiyaga mos bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, birorta
ham qonun yoki normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalari-
ga zid kelishi mumkin emas.
Qonunchilik tizimining kompleks tuzilmalari huquqiy tartibga
solish obyektining xususiyati va davlat boshqaruvining mazmunidan kelib
chiqib shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimi o‘z ichki mantig‘iga ko‘ra,
quyidagi qonunchilik tuzilmalarini qamrab oladi.
Birinchisi – qonunchilik
sohalari bo‘lib, muayyan huquq sohasining predmeti hisoblangan ijtimoiy mu-
nosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat. Buning ma’nosi
shuki, qonunchilik tizimining ichki tuzilishi huquqiy tartibga solish obyekt-
lari, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga ko‘ra tasniflanishidan kelib
chiqadi. Masalan, inson va davlat (uning ijroiya hokimiyat organlari
timsolida) o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish haqida so‘z yurit-
ganda, ma’muriy huquq qoidalari (normalari) amal qiladi, mulkiy munosabat-
larni tartibga solish haqida so‘z yuritganimizda esa, fuqarolik huquqi sohasiga
oid normalar amal qiladi va hokazo.
Ikkinchisi – qonunchilik sohasi ichidagi
yirik tuzilma, sohaviy ijtimoiy munosabatlarning muayyan turlarini tartibga
soluvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |