Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Normativ-huquqiy
hujjatning tili va uslubi 6-§. 332 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ro‘yxatini tuzish fursati yetdi. Bu yuridik atamalarning rivojlanish yo‘llari to‘g‘risida ma’lum xulosalar chiqarish, yuridik amaliyotda atamalarni qo‘llash muammolarini, huquqiy atamalarni takomillashtirish, standartlashtirish va bir xil holga keltirish yo‘llarini tadqiq etish imkonini beradi. Normativ hujjat grammatik qoidalarga qat’iy rioya etgan holda sof adabiy tilda yozilishi lozim. Kelgusida anglashilmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun umumiy qabul qilingan adabiy til shakllaridan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Til muttasil rivojlanib boruvchi hodisa bo‘lgani bois, so‘zlarning ma’nosi o‘zgarishi mumkin. Shu bois so‘zlar va atamalarni normativ hujjat qabul qilin- gan paytdagi ma’nosida qo‘llashni nazarda tutadigan qoidaga qat’iy rioya etish lozim. Mahalliy shevaga mansub so‘zlar va jumlalarni yoki eskirgan (arxaik) so‘zlarni qo‘llash mumkin emas. Chunki, normativ hujjat ijtimoiy munosabat- larni tartibga solish, hokimiyatning inson xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish vosi- tasi hisoblanadi. U badiiy asardan farqli o‘laroq, odamlarning his-tuyg‘ulari va tasavvuriga emas, balki irodasi va aql-idrokiga murojaat etadi. Normativ huj- jatda ifodalangan huquq normasi huquq subyektlari amal qilishi shart bo‘lgan ma’lum xulq-atvor qoidalarini belgilaydi va ayni paytda, mazkur qoidalar buzilgan taqdirda ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Bu holatlar huquq tilining o‘ziga xos jihatlarini belgilab beradi. Matnni mumkin qadar aniq, lo‘nda va to‘liq bayon etishga katta e’tibor berish mana shunday jihatlardan biridir. Normativ hujjatda jumlalar va iboralar- ni sun’iy tarzda juda qisqa ifodalash amaliyotda noaniqliklar va anglashil- movchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, tushuntirishlar berish, qo‘shimchalar qilish va boshqa hujjatlar qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Sodda va tushunarli bayon etishga intilish normativ qoidalar mazmunining aniqligi va to‘liqligiga putur yetkazmasligi, jo‘nlikka va binobarin, ta’riflarning mujmal- ligiga olib kelmasligi lozim. Ayrim normativ hujjatlar juda murakkab muno- sabatlarni tartibga soladi va bu tegishli normalarni bayon etish uslubida o‘z aksini topadi. Normativ hujjatlar tilini huda-behudaga murakkablashtirmaslik kerak. Ammo, ayni vaqtda, u ommabop risolani ham eslatmasligi lozim. Huj- jatda moddalar miqdorini sun’iy tarzda kamaytirish mumkin emas, chunki bu holda moddalar bayoni (matni) asossiz ravishda uzunlashib va kattalashib ketadi. Huquqshunoslikda ishlab chiqilgan va odatdagi nutqda uchramaydigan maxsus atamalar normativ hujjatlarda keng qo‘llaniladi, umumiy muomalada keng tarqalgan aksariyat atamalar nisbatan tor va maxsus mazmun kasb etadi. Huquqiy ko‘rsatmalarning aniqligini oshirish uchun bir xil atama va iboralarni inkor etmaslik, balki ularni keng qo‘llash o‘rinlidir. Ayni bir tushunchani ifoda- lash uchun sinonimlardan foydalanishda ham juda ehtiyot bo‘lish kerak. Zero, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling