Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kodekslashtirish
329
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish kasb etadi. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish amaldagi huquq tizimiga qanchalik muvofiq kelsa, undan kutilayotgan natijalar shunchalik yuqori bo‘ladi. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi o‘rtasidagi munosabatni tadqiq etish davomida «qonunchilikning tizimliligi», «qonunchilikni tizimlashtirish», «qonun hujjatlarining sistematikasi» kabi tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik va farqli jihatlarning aniqlanishi dolzarb muammolardan biridir. Qonunchilikni tizimlashtirish, birinchi navbatda, inson va fuqarolarning qonunlardan unumli foydalanishiga imkon yaratadi. Shu jihatdan, normativ- huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishni mamlakat Konstitutsiyasidan kelib chiqib tashkil etishni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Masalan, fuqaroda bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishiga oid muammo kelib chiqdi, deylik. Fuqaro esa, bank va moliya huquqi sohasi bo‘yicha yetarli malakaga ega emas. U o‘zining huquqiy savodxonligi darajasidan kelib chiqib, huquqlarining buzilishiga oid tegishli huquqiy normani qidirib topa olmasligi mumkin. Shu bois, fikrimizcha, fuqarolarning huquqlari va burchlarini tartibga solishga qaratilgan normalar guruhini qonunchilik tizimida alohida bo‘lim sifatida ajratish maqsadga mu- vofiq. Chunki, fuqaroning o‘zi izlagan qonunni tez va oson topishiga erishish qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning eng asosiy maqsadidir. Yuridik adabiyotlarda tizimlashtirishning quyidagi ikki an’anaviy turi – kodekslashtirish va inkorporatsiya haqida so‘z yuritiladi. Kodekslashtirish – qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning eng yuqori shaklidir. Mazkur amal tufayli qonunchilik tarmog‘idan muhim huquqiy normalarni mantiqiy birlashtiruvchi kompleks hujjat (kodeks) vujudga keltirila- di. Kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatlar shunchaki, oddiygina to‘plab birlashtirilmaydi, balki huquqiy tizimning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib, tar- moqdagi barcha normativ material ichki mutanosib, bir butun va ilmiy tizim- lashtirilgan yagona va yaxlit hujjat ko‘rinishida bayon etiladi. Kodekslashtirish – amaldagi qonunchilik normalarini chuqur va har to- monlama qayta ishlash hamda zarur bo‘lsa, unga jiddiy o‘zgartishlar kiritish orqali yangi, kompleks, tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat yaratishdir. Kodekslashtirishning muhim xususiyati va inkorporatsiyadan farqi shundaki, u faqat qonunni ijod etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Shu jihatdan u huquq ijodkorligining bir turi hisoblanadi. Kodekslashtirishda normativ-huquqiy hujjatning mazmuni o‘zgaradi; ya’ni eskirgan huquqiy norma bekor qilinadi, yangisi yaratiladi; ko‘pchilik norma- lar qayta bayon qilinadi; normalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar, takrorlashlar hamda huquqdagi kamchiliklar bartaraf etiladi. Kodeks – muayyan huquq (qonunchilik) sohasidagi ustuvor normalarni ifoda etuvchi, mujassamlashtiruvchi qonundir. U katta miqdordagi turli xil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling